Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




Download 16,04 Mb.
bet28/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Mineral paxta. Mineral paxta 80 yillarda Daniyada paydo bo‘lgan. Birinchi marta undan daniya «Grodaniya AG» firmasi foydalanaboshladi. Uni xarakatlari tufayli mineral plitalar sinovdan o‘tkazildi va buto‘n Yevropada mineral paxtani substrat sifatida qabul qilaboshladilar. U oson namlanadi va quriydi, hamda ildiz atrofida havo va suvni maqbul nisbatini ta’minlaydi.
Plitalarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajribalar muvaffaqiyatli ortib borgan sari ularni ishlab chiqarish takomillashib borgan. Boshida vertikal tolali plitalar paydo bo‘ldi, so‘ng ancha tejamkor, havo va suv nisbati sal kamroq zichligi pastroq, ammo foydalanish davri ancha qisqaroq bo‘lgan plitalar chiqarilabosh-landi. Yaqinda ayrim ekinlar talabini qondirish uchun turli zichlikdagi, buyurtma orqali plita chuqurligida suvni tarqalishiga, uni oqib va to‘yinishiga imkon beruvchi plitalar paydo bo‘ldi.
Mineral paxtani, yana toshli paxta deb ham ataydilar, uni bazaltli tog‘ jinslaridan yoki o‘nga o‘xshash diabazlardan ishlab chiqaradilar. Maydalangan tog‘ jinslari koks bilan aralashtirib 1600S haroratda erish nuqtasigacha qizdir-iladi. So‘ng erigan materialga oz-ozdan oxaktoshlar, fenol asosida tayyorlangan namlashtiruvchi agent, plitalarni ishlab chiqarish uchun tolalarni birga birlashtiruvchi organik polimer qo‘shib tolalar qilinadi.
Minerallashgan paxta plitalar uzluksiz ekin eqilganda o‘ziga xos struktura-ni 4 yil davomida va har bir yangi ekin oldidan bug‘ bilan sterilizatsiya qilinib bir yillik ekinlar uchun takroran foydalanilganda 3 yil davomida saqlab turadi. Pastroq zichlangan plitalar qisqaroq foydalanish davriga ega, lekin ularni ham sterilizatsiya qilib doyimo foydalanish, agar ularni sifati yaxshi bo‘lsa, kamida yana bir marotaba foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda turli xususiyatlarga ega bo‘lgan, sotuv markalari turlicha mini plitalardan foydalaniladi.
«Grodan» mineral paxtani chiqaruvchi Qradaniya AG Daniya kompaniyasi suv va oziq moddalarni ayrim olingan to‘shaklarni turli joylarida va turli to‘shak-larni issiqxonalarda ham bir me’yorda taqsimlanishini ta’minlaydigan Qrotop Master va Qrotop Expert mineral substratlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Koreliyada (Rossiya) «Gravilen» mineral paxtasi chiqarilmoqda.
Mineral paxtani asosiy avzalligi – uni tozaligi va sug‘orish jadalligini tegishli ravishda sozlash va ildiz joylashgan muhitda havo va suv nisbatini ta’-minlab berish qobiliyatidadir.
Ekin va substrat issiqxona tubidan (polidan) har doyim to‘la ajralgan bo‘lishi kerak. Uni odatda tuproq yuziga polietilen choyshablarni, gazlama, tarnovlarni joylash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mineral plitalar yer yuzidan (polidan) yuqorida tarnovlarda yoki so‘kchalarda (stelajlarda) o‘rnatilgan bo‘li-shiga qaramasdan, substratga qandaydir ildizni kasallantiruvchi mikroorganizm-larni tushishini oldini olish uchun yer yuzini (polni) qoplash zarurdir.
Mineral paxtani muhim xususiyati uni strukturada suv va havo o‘rtasidagi muvozanatni sozlab ushlab turish qobilyatidir. Mineral paxtali ekin (o‘simlik) hech qachon na qurib qolishdan, na ko‘llanib ketishidan, na kislorod ochligidan qiynalmaydi. Minerallashtirilgan plita hajmida tola faqat 5% ni, g‘ovakli muhit esa 95% ni tashqil qiladi. To‘la namlanib to‘yintirilgan plita tarkibida 65% ga yaqin suv va 30% ga yaqin havo tashqil topgan, ya’ni 10 litrli, uzunligi 1 m bo‘lgan plitada 6 l dan ortiq suv mavjud.
Mineral paxta torfga qaraganda quyidagi avzalliklarga ega:

  • yuqori g‘ovaklilikka va havo hamda suv nisbatlarini yaxshi saqlab turish qobiliyatiga;

  • kimyoviy inert;

  • strukturali barqaror va o‘zgarmas sifatiga;

  • uni par va kimyoviy usullarda strelizatsiya qilish hamda takroran bir necha aylanishlarda foydalanish mumkin.

Agar mineral paxtali ekin namlanganda u 15% kam bo‘lmagan suvni o‘zida saqlasa, bunda u hech qachon suvni yetishmovchiligidan yoki oshib ketishidan qiynal-maydi. Agar plita asosida suvni bemalol oqib ketish imkoni bo‘lsa, ekin hech qachon chanqab qolishdan qiynalmaydi, Chunki sug‘orishlar orasida yetarli tannafus bo‘l-ganda, paxta yana 30% yaqin havoni to‘playdi.
Suvda yuqori miqdorda tuzlarni bo‘lishi tuproqli ekinlar uchun yaroqsizdir, mineral paxtali ekinlar uchun esa halokatlidir. Sifatsiz suv mineral paxtada yetishtirishni boshqarishni qiyinlashtiradi.
Mineral paxta buto‘nlay inert, shu bois ekinlar uchun oziq eritmalarni to‘liq tushishini doimo ta’minlash zaruriyati mavjud. Ekinlar uchun bir qancha eritmalar mavjud, buning uchun kompyuter orqali boshqariladigan aralashma tayyorlaydigan bir bakdan boshlab, to aralashma tayyorlaydigan bir necha bakli qurilmalar bor.
O‘simliklar alohida kichik hajmli plitalarda 2-3 dan yetishtiriladi. Shu bois har bir sug‘orishda, har bir plitaga bir xil hajmda oziq eritma berilishi muhimdir. Me’yorlab sug‘orish va sug‘orish tizimidan to‘g‘ri foydalanish mineral pahtada yetishtirishning asosiy omili hisoblanadi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

Download 16,04 Mb.