• Yuqori yorug‘lik o‘ tkazuvchanlik; Plyonka ustida kam chang saklanishi; Uzoq muddat iщlatilishi;
  • Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




    Download 16,04 Mb.
    bet33/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Ultrabinafsha nurlarini (UV) o‘tkazadigan stabillashgan plyonka. Plyonkaning bu turi tuproqni mulchalashda xam zararsizlantirishda (dezinfeksiya) foydalanib, kuchli yorug‘lik radiatsiyasiga chidamli. Plyonka 25-30 mikron (0,025- 0,03) ulchamda bo‘ladi.

    Sabzavotchilikda asosan polietilen plyonkadan foydalaniladi. Polietilen plyonkasi etilen gazidan ajratib olinadigan maxsulotdir. Ishlab chiqarish da polietilenni kichik bosimda tayyorlangani xamda katta bosimda olinadigani tayyorlanadi. Kichik bosimdagi polietilen 4-5atm da, katta bosimdagisi 1000atm da olinadi. Kichik bosimda olingan polietilen pishikligi, issiqga chidamligi bilan ajratib turadi. Birok tashqi muxit xaroratini 2 barovarga oshishi plyonka issiqligini 2 martaga kamaytiradi. Yuqori bosimda olingan polietilen yorug‘lik utkazuvchanligi sovukka chidamligi bo‘yicha usto‘n bo‘lib ikki kavat keng enlik bobinalarga o‘ralgan xolda ishlab chiqariladi.
    Himoyalangan joy inshoatlarini ustini qoplashda oyna, polimer materiallar xamda stekloplastdan foydalaniladi. Ushbu inshoatlarda arzonrok sabzavotlar yetishtiriladi xamda ularni turlarini ko‘paytirishda polimer materiallarning axamiyati kattadir. Plyonkalar esa oynaga nisbatan yengil, egiluvchan bo‘lib, o‘simlik uchun kerakli ultrabinafsha nurlarini kup utkazadi, shuningdek 0,1 mm qalinlikdaigi plyonka, oyna ogirligi (2,5mm) – 35 marotabaga yengildir.
    Ishlatiladigan plyonkalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    • Yuqori yorug‘lik o‘tkazuvchanlik;

    • Plyonka ustida kam chang saklanishi;

    • Uzoq muddat iщlatilishi;

    • Ishlatish muddat tugagandan so‘ng atmosfera sharoitida oson parchalanishi.

    Kupgina davlatlarning ilmiy tekshirish markazlarida plyonkalarning yangi turlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar davom ettirilib, olingan yangi poliamid, polivinilxlorid shuningdek stabillashgan va armaturali polietilen plyonkalari issiqxona xujaliklarida ishlatilmokda.
    Stabillashgan polietilen plyonkasi ultrabinafsha nurlarini yaxshi utkazib, uzayishdagi pishikligi stabillashmagan plyonkanikiga qaraganda 2-3 marta yuqoridir. Ushbu plyonkaning 0,2 mm kalinligidagi issiqxonalarda mu’tadil iklim sharoiti 2-3 davrda foydalanishi mumkin. Plyonkalarni ishlatish muddati ularni qanday turdagi polietilendan olinganligiga bog‘liq. Polietilenning 152-08 va 102-08 turdagisiga issiqxonalarda 3-4 davrda, 158-08 va 108-08 turdagisida olingan plyonka 2 davrda ishlatiladi.
    Sabzavotchilikda armaturali plyonka xam ishlatib kelinmokda. Uning kalinligi 0,3 mm, eni 200 sm dir. Issiqxonalarda ularning ishlatish muddatlari 3 yilga muljallanadi. Bu plyonka ultrabinafsha nurlarini 55 % ni, infrakizil nurlarni 60 % ni utkazadi. Plyonka bir yil ishlatilgandan so‘ng uning yorug‘lik utkazuvchanligi 6-8 foizga, 1,5 yoil tuxtovsiz ishlatish 10-12 foizga kamaytiradi. Plyonka 60 daraja sovukka chidamlidir.
    Armaturali plyonka mexanik juda pishik bo‘lib lekin juda kalindir. Ularni asosan yil davomida foydalaniladigan kattik shamol esadigan tumanlarda foydalanish tavsiya etiladi.
    Antistatik gidrofil plyonka - FAR ning 90 foizini, infrakizil nurlarning 40 foizini utkazib, 60 daraja sovukka bardosh beradi.
    Ushbu plyonka mavsumiy qishqi issiqxonalarni qoplashda qo‘llaniladi. Polivenil xlorid plyonkasi issiqxonalarda 2 yil mobaynida ishlatilishi mumkin. Ular bilan yil davomida foydalaniladigan issiqxonalarni koplpsh tavsiya etiladi. Bu plyonka FAR ni 85 foizini, ultrbinafsha nurlarini80 foizini, infrakizil nurlarini 25 foizini utkazadi. Bir yildan so‘ng utkazuvchanlik FAR – 7-10 foizga ikki yildan so‘ng 12-15 foizga kamayadi.
    Plyonkani kalinligi 0,15 mm eni 1200 mm bo‘lib, yil buyi foydalaniladigan issiqxonalarni koplash uchun tavsiya etiladi. Polivenil xloridning armaturaligi 2200 mm kenglikda ishlab chikilib tabiiy yorug‘lik o‘simliklarni yetishtirish uchun yetarli bo‘lgan tumanlarda foydalanish maqsadga muofikdir.


    Download 16,04 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

    Download 16,04 Mb.