• Kimyo sanoati. Rasm-9 Yengil sanoat.
  • Yengil sanoat korxonalrining faoliyat ko’rsatish jarayoni Rasm-10 Oziq-ovqat sanoati.
  • Oziq-ovqat sanoati Rasm-11 Qishloq xojaligi.
  • Mamlakat qishloq xo’jaligining dexqonchilik va chorvachiligi Rasm-12
  • Germaniiya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti tuzulmasi Chizma-1
  • Xizmat ko’rsatish GFR sanoati va qishloq xo’jaligi kartasi Rasm-12
  • Germaniyaning 16 tayeriga umumiy tavsif BERLIN.
  • Poytaxti
  • SHIMOLIY REYN – VESTFALIYA
  • «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi




    Download 2,73 Mb.
    bet4/62
    Sana25.03.2017
    Hajmi2,73 Mb.
    #2407
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62

    Havo transporti.

    Rasm-8
    Kimyo sanoati.Shimoliy Reyn-Vestfaliyayеri Germaniya kimyo sanoatining bosh rayoni hisoblanadi. (jami kimyo sanoati mahsulotining 40 foizi to'g'ri keladi). Mamlakatda kimyo sanoatining Leverkuzen (Vauyer konserni), Kyoln, Dormagen, Frankfurt-Mayn (Hoechst konserni), Lyudvigsxafen (BASF) kabi yirik markazlari shakllangan.Sharqiyyеrlarda esa (Germaniya birlashuvidan keyin) kimyo sanoati chuqur iqtisodiy krizis holatiga tushib qoldi. Asosan buyеrda kimyoviy o’g’itlar, dori-darmonlar, plastmassa buyumlari va suniy kauchuk ishlab chiqaradi.
    Plastik materiallar yoki plastmassalar - sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz shaklini oʻzgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatiga ega.
    [18]

    Kimyo sanoati.

    Rasm-9
    Yengil sanoat.Asosan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Yengil sanoat Germaniyada oxirgi yillarda o‘sish surati pasaygan bo‘lsada yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroz tufayli ishlab turgan korxonalarga xom-ashyoyеtkazib berish pasaydi. Natijada bu korxonalarda, ya’ni qadimgi to‘qimachilik markazlari va Rur atrofidagi rayonlarda (“Bergeshis Land”, Krefeld, Myunsterland) va janubda (shimoliy sharqiy Bavariya, Augsburg) ishlab chiqarish ko‘rsatkichi pasaydi.[18]

    Yengil sanoatning asosiy markazlari mamlakatning g‘arbida joylashgan shaharlar hisoblanadi. Rur sanoat rayoni, Germaniyaning janubi va sharqi, Berlin.



    Yengil sanoat korxonalrining faoliyat ko’rsatish jarayoni

    Rasm-10
    Oziq-ovqat sanoati.Turli ichimliklar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari sut va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish ham mavjud.

    Oziq-ovqat sanoati Germaniyada asosiy tarmoqlaridan biri hisblanadi. Oziq-ovqat sanoati, Germaniyaning yirik besh tarmoqlari avtomobilsozlik, elektrenergetika, mashinasozlik, kimyo sanoati qatoridan o‘rin olgan. 2012 yil oziq-ovqat sanoati aylanmasi 150 mlrdyеvroni tashkil etgan. Mamlakatda 5900 ta korxona va unda 544000 kishi ishlab turibdi. Oziq ovqat sanoati korxonalari uchun kichik va o‘rta biznes korxonalari xarakterlidir. Bu korxonalarda ya’ni 75 foizida 100 kishidan iborat ishchilar faoliyat olib boradi. Oziq ovqat sanoatida go‘shtni qayta ishlash, sutni qayta ishlash, qandolat va non va non mahsulotlari va alkogol ichimliklari ishlab chiqarish tarmoqlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari sabzovot mahsulotlarini qayta ishlash, mineral suv va salqin ichimliklar ishlab chiqarish tarmoqlari asosiy o‘rindadir.

    2012 yil oziq ovqat sanoati aylanmasining o‘sish ko‘rsatkichi 1.2 foizni tashkil etdi. Bu eksport hisobiga amalga oshirildi. Mahsulotinng katta qismi 84 foizi umumyevropa bozorlariga, 16 foizi Yevropa ittifoqidan tashqariga, asosan Rossiya, AQSh, Shveysariyaga eksport qilinadi.[17]

    Germaniya oziq ovqat maxsulotlari xorijda besh jihatiga asosan muvofiqiyatga erishgan- yuqori sifati, mahsulotning xavsizligi, qulay narxdaligi, ishonchliligi va ta’m sifati. “Made in Germany” oziq ovqat sifat ko‘rsatkichi, qaysiki butun dunyoga mashxurdir. 

    Oziq ovqat tarmoqlari, vino ishlab chiqrarish, pivo ishlab chiqarish va boshqalar asoan mamlakat qishloq xo‘jaligidayеtkazib beriladigan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Germaniyada to‘rt mingdan ziyod pivoning turli sortlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan pivoning uchdan bir qismi eksport qilinadi. Vino ishlab chiqarish Reynda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mozelya va reyn uzumlaridan tayyorlangan vinolar xorijiy mamlakatlarda mashxurdir. Mozelyani shu sababli “vino yo‘li” deb atashadi.[18]
    Oziq-ovqat sanoati

    Rasm-11
    Qishloq xo'jaligi.Germaniya qishloq xo'jaligida o'z hududining 50 foizidan foydalanadi. Biroq ushbu tarmoqning mamlakat yalpi ichki mahsulotlar hissasida faqat 1 foizni tashkil etadi. (mahsulot qiymati bo'yicha)mamlakat qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotning 60 foizini chorvachilik sohasi beradi.

    Chorvachilik - qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Ch. mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.)
    Mamlakat chorvachiligining еtakchi sohalari yirik qoramolchilik va cho'chqachilik sohalari hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 60 foizini mana shu chorvachilik beradi.

    Germaniyada qishloq xoʻjaligiga yaroqli 36 mln. gayеr bor. U moʻl-koʻl yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariyеtkazib beradi. Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari: bugʻdoyarpaqand lavlagikartoshka, shuningdek uzummevasabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol goʻshti, choʻchqa goʻshti, tovuq goʻshti va sut еtishtiriladi.[12]



    Mamlakat qishloq xo’jaligining dexqonchilik va chorvachiligi

    Rasm-12
    Hududining qariyb uchdan bir qismi (10,7 mln.ga) oʻrmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30—40 mln. kub metr yogʻoch tayyorlanadi, bu hajm ichki ehtiyojning uchdan ikki qismini ko’paydi. Olmoniya yogʻoch eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya oroli atroflarida baliq ovlanadi.
    Grenlandiya - Shim. Muz okeani va Atlantika okeani oraligʻidagi orol, Shim. Amerikaning shim.-sharqida. G.- dunyodagi eng katta orol. Mayd. 2166,1 ming km2. Daniyaga karashli. Aholisi 56 ming kishi (1998), shu jumladan 44,4 ming kishi grenlandiyalik inuitlar (90% aholi jan.-gʻarbiy sohilda yashaydi)
    Germaniyada ekin maydonlar mamlakat maydonining 35 foizini tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi ekin maydonlariga nisbatanyеm-xashak ekin maydonlar katta maydonlarni egallaydi. Shunga qaramay mamlakatdayеm-xashak ekinlar katta miqdorda chetdan import qilinadi.Donli ekinlar mamlakat g'arbiyyеrlarida haydaladiganyеrlarning 5/3 qismini, sharqda esa 3/2 qismini egallaydi.[5]

    Qishloq xo'jaligida bug'doy asosiy oziq-ovqat ekini hisoblanadi, lekin Germaniya javdar, suli, arpa еtishtirishda Yevropada alohida ajralib turadi.

    Pivo ishlab chiqarish uchun arpaning bir qancha sortlariyеtishtiriladi. Germaniya o'zini donli oziq-ovqat ekinlari bilan to'la ta'minlaydi.[17]

    Bovariyada katta maydonlarda xmel еtishtiriladi. Bundan tashqari mamlakatda kartoshkachilik va qand lavlagiyеtishtirish muhim o'rin tutadi. Reyn daryosi va uning irmoqlari bo'ylab (mamlakatning g'arbiy rayonlarida) uzumchilik va bog'dorchilik yo'lga qo'yilgan.

    Irmoq - katta daryoga quyiladigan daryo, soy, jilgʻa. Odatda, I. oʻzi quyiladigan daryodan kamsuv, shuningdek, vodiysi boshqa tomonga yoʻnalgan boʻladi. Koʻl va b. ichki suv havzalariga quy-iladigan daryolar ham baʼzan I.



    Germaniiya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti tuzulmasi

    Chizma-1

    Qishloq xo’jaligi

    Sanoati

    Xizmat ko’rsatish

    GFR sanoati va qishloq xo’jaligi kartasi

    Rasm-12

    2.2. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASINING MINTAQALARARO FARQI

    Germaniya federativ tuzilishga ega mamlakat bo`lib, u 16 ta teng huquqli hududiy birliklardan tashkil topgan – ularyеr deb ataladi. Buyеrlarni yirik 3 guruhga ajratish mumkin

    Ular quyidagilar:

    1. Shimoliy guruh

    2.Janubiy guruh

    3.Sharqiy guruh

    Bu 3 ta yirik guruh 16 ta federalyеrlikdan iborat. Ular quyidagilar:










    1. Bavariya

    2. Badеn-vyurtеmbеrg

    3. Bеrlin

    4. Brandеnburg

    5. Brеmеn

    6. Gamburg

    7. Gеssеn

    8. Mеklеnburg

    9. Quyi saksoniya

    10. Shimoliy rеyn-vеstfaliya

    11. Rеynland-pfalts

    12. Saar

    13. Saksoniya

    14. Saksoniya-angalt

    15. Shlеzvig-Golshtеyn

    16. Tyuringiya

    Ular bir biridan xo‘jalikning maxsuslashtirilganligi, sanoatning yangi va eski tarmoqlarining bog’liqligi(bu esa bugun rayonlarning raqobatdoshligi va rivojlanish dinamikasini aniqlashning muxim faktoridir), ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni kompleksi bo‘yicha ajralib turadi.[18]

    GFRning shimoli ichki juda turlidir.Bu guruhga- Gamburg, Brеmеn, Shlеzvig-Golshtеyn, Quyi saksoniya, Shimoliy rеyn-vеstfaliya shaharlari kiradi.

    Buyеrda ko‘mir-metallurgiyali Rur joylashgan. Unda yangi tarmoqlar sust rivojlangan, eskisi tarmoqlar esa inqiroz holatda. Gamburg shahrida “dengiz” tarmog‘i 80 foizni tashkil etadi. Ular barchasi kemasozlikkonyukturasiga bog‘liq, u esa anchadan beri inqirozli, chunki Yaponiya va Janubiy Koreya dunyo kemasozligidayеtakchi monopollikka ega.

    Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國, tɛː.han.min.ɡuk̚), tinglang (yordam·maʼlumot)) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh.



    GRF ning janubi, yangi tarmoqlarning mujaasamligidir.Bu guruhga -Bavariya,Badеn-vyurtеmbеrg , Gеssеn, Rеynland-pfalts, Saar

    Mamlakatntng bosh konsernlarining ishlab chiqarish bazasi va shtab kvartiralari shu guruhda joylashgan. Shtutgartda “Daymler-Kraysler” , “Simens”, BMV”, BASF, Bavariyada-VPK va boshqa kompaniyalar mavjud.

    Tumanning yirikilmiy-tadqiqot va o‘quv bazasi ham muhimdir. Janubda universitetlarlarning ko‘p soni joylashgan.

    Va nixoyat Janubning siyosiy omillarining ustunligi ham o‘zgarib bormoqda. Aholining ko‘pchiligi XDS va XSSga ovoz berishadi. Bunda Federal hukumat ham janubga kattayordam ko‘rsatadi.[15]



    GFRning sharqi (“yangiyеrlar”)-tarixdagi noyob eksperiment-sotsialistik xo‘jalikni kapitalistik mamlakat tomonidan qamrab olishi,barcha tashqi aloqalarning keskin qayta yo’naltirildi. YaIM hajmi bo‘yicha “yangiyеrlar” bir necha marta “Eskiyеrlarga”dan qolib ketishi.Bu guruhga- Mеklеnburg, Bеrlin, Brandеnburg, Saksoniya, Tyuringiya, Saksoniya-angalt.

    Poytaxtni sekin asta Bonndan Berliga ko‘chirish-sharqiy rayonlarning xo‘jaligini qayta tashkil etishda yangi impuls tuzish vazifasini bajaradi.

    “Eskiyеrlarning” Shimoli- bu “shahar-yer” Gamburg va Bremen, Shlezvig-Goshteyn, Quyi Saksoniya va Shimoliy Reyn-Vestfaliya.

    Geografik jihatdan butun Shimol-bu Shimoliy-Germaniya pastekisligi, qishloq xo‘jaligining muhim rayoniuchun yaxshi baza. “Bug‘doy poyasi” Shlezvig-Golshteyndan Keln “buxtasigacha” cho‘zilgan.Gamburgdan sharqroqda Lyuneburg quruqligijoylashgan.



    Germaniyaning 16 tayeriga umumiy tavsif

    BERLIN.










    Poytaxti: Berlin

    Maydoni:887,70

    Aholisi: 3292

    Aholi zichligi:3709

    1948 yilgi blokada va 1961 yilgi devorning qurilishi Berlinni bo`lingan shaharga aylantirdi. II jahon urushidan keyin Berlin shahri ikkiga ajralgan Yevropa ta`sirida qoldi. 1989 yil 9 noyabrda Berlin devori quladi. 1990 yil 3 oktyabrdan Berlin bir butunlikka ega bo`di. U bugun sanoat, maishiy xizmat, ko`rgazmalar va konferensiyalar markazi bo`lgan shahar-davlatdir. U Germaniyaning poytaxti.[18]



    BAVARIYA.











    Poytaxti: Myunxen

    Maydoni:70553 kv. km

    Aholisi: 12397

    Aholi zichligi:175,73

    Tarixiy makon bo`lib, unda tili, an`analari va hayotga munosabatlari bilan bir-biriga mutlaqo o`xshamaydigan uchta yirik aholi guruhlari yashaydi. Hududning janubi va sharqida tub bavariyaliklar; shimol va shimoli-sharqda frankonchilar; janubi-g`arbda bavar shvablari istiqomat qiladi. Bu xilma-xillik nafaqat poytaxt Myunxen, balki hududning barcha rayonlarida boqiy madaniy hayotning shakllanishiga olib kelgan. Bavariya sobiq qishloq xo`jaligi hududi bo`lib, bugun u Germaniyaning turistik ro`yhatida 1- o`rinda turadi. Bugungi Bavariyaning Myunhen va Nyurenberg-Erlangen-Fyurt rayonlari sanoat hududlari hisoblanadi. Bavariyaning maydoni Germaniyaning eng kattayеrlaridan biri. [18]



    BADEN-WYURTEMBERG.










    Poytaxti:Shtutgart

    Maydoni: 35751 kv. km

    Aholisi: 10486

    Aholizichligi:293,32

    Baden-Vyurtemberg1952 yil 25-maydaVyurtemberg –Gogentsolleron, Vyurtemberg – BadenvaBaden bir butun ma`muriy birlik sifatida tashkil topdi. U maydonining kattaligi bo`yicha GFRda 3-o`rinda turadi. Baden-Vyurtemberg yuksak texnologiyalari, avtomobil sanoati vino ishlab chaqarish bilan mashxur. Baden-Vyurtemberg madaniyat markazi ham bo`lib, unda ko`plab ta`lim maskanlari joylashgan va uning poytaxti Shtutgart o`zining baleti bilan dunyoga tanilgan. Shu bilan birga Baden-Vyurtemberg turistikhudud hamdir. Mineral manbalarga boy sog`lomlashtirish maskanlari, go`zal shaharlari bilan Baden-Vyurtemberg GFRning tayanch nuqtalaridan biri hisoblanadi. [18]



    BRANDENBURG.










    Poytaxti:Potsdam

    Maydoni: 29483kv. km

    Aholisi:2455

    Aholizichligi:83,29

    Brandenburg sobiq Prussiyaning yuragi hisoblangan. Shimoliy Germaniya hududida joylashgan Brandenburg qora tuproq, qumloqyеr va asosan o`rmonlardan tashkil topgan. Uning nufuzli shaharlari: poytaxti Potsdam, Oder bo`yida Frankfurt, Brandenburg, Kotbus. Hududdagi arxitektura yodgorliklari va turki madaniy tadbirlar turistlarni o`ziga jalb qiladi. Shpevald va ko`l landshtaflari taniqli bo`lib, dam olish joylari sifatida foydalaniladi. Brandenburg iqtisodiyoti bir tomondan an`anaviy ko`mir qazib olish, po`lat quyush va kimyo sanoati bo`lsa, ikkinchi tomondan buyеrda qog`oz va nashr sanoati, hamda zamonaviy tez o`sib borayo`tgan tarmoqlar: kommunikatsion texnologiya va ekologik toza texnologiyalar sektorlaridan tashkil topgan.

    Asosiy hamkorlik Polsha bilan olib boriladi. Turli sohalarda o`zaro hamkorlik o`rnatish va hamkolkdagi loyihalarni tashkil etish maqsadida yеvrohududlar shakllantirilgan.[18]

    QUYI SAKSONIYA.











    Poytaxti:Gannover

    Maydoni: 47612 kv. km

    Aholisi:7777

    Aholizichligi:163,36

    Bu GFR va sobiq GDR o`rtasidagi 550 km. uzunlikdagi hudud bo`lib, uning poytaxti Gannover shahri. Unda eng yirik xususiy kompaniyalardan biri «Folksvagеn AG» joylashgan. Huduning katta qismini Elba Emson daryolari, Garts va Shimoliy dengiz oralig`idagi landshtaflar egallagan. Quyi Saksoniyada ilmiy tadqiqotlar uzoq an`anviy bo`lib, ular katta tarixga ega Braunshveyg, Klaustalе-Tsеllеrfеldе va Gyottingеn universitetlari hamda quyosh energiyasini o`rganuvchi zamonaviy muassasalardir.[10]



    SAKSONIYA










    Poytaxti:Drezden

    Maydoni: 18419kv. km

    Aholisi:4056

    Aholizichligi:220,24

    Nafaqat harbiy quvvati, balki rivojlangan savdo va xo`jalik, madaniy boyliklari bilan mashhurdir. Poytaxti Drеzdеn, Lеyptsig va Xеmnits shaharlari go`zalligi sizni maftun etadi. XIX va XX asrlarda Saksoniya sanoat korxonalari Germaniyada birinchilardan bo`lib industrlashtishga qadam qo`ydi. Bugungi kunda Saksoniya rivojlangan iqtisodiyot va eng aholi zich joylashgan hududdir.



    BREMEN.










    Poytaxti:Drezden

    Maydoni: 419,24 kv. km

    Aholisi:650

    Aholizichligi:1552,48

    Dengiz kemasozlik, savdo va portlar asosida birlashgan, Bremen va Bremerxafendan tashkil topgan hududiy birlik. Bremen – nemis dengiz portining eng janubiysi bo`lsa, Bremerxafen Yevropada eng yirik konteyner kompleks terminaliga ega. Bremen portlari eng zamonaviy texnikaga ega bo`lib, xizmat ko`rsatish tezligi bo`yicha dunyoda oldingi o`rinlarda turadi. Bremenda avtomobilsozlik, aviatsiya va kosmos sanoat, elektronika va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda turli boshqa sohalardagi innovatsion korxonalar mavjud. Bremen shimoliy-g`arbiy Germaniyada ilmiy tadqiqotlar va konstruktorlik ishlari bo`yicha ilg`or texnologiyalarning markazi hisoblanadi. Bu borada universitet, boshqa oily ta`lim muassasalari va Alfred Vegener nomidagi dengiz tatqiqotlari instituti o`z faoliyatlarini olib boradi. Bremernda madaniyat va san`at ko`p sonli muzeylar va institutlar hisobiga rivojlanmoqda.



    GAMBURG.










    Poytaxti:Gamburg

    Maydoni: 755,16 kv. km

    Aholisi:1706

    Aholizichligi:2260,05

    Germaniyaning dunyoga chiqish darvozasi hisoblanadi. U mamlakatdagi eng katta port va eng muhim tashqi savdo maydonidir. Gamburg OAV markazi bo`lib, unda nemis press agentligi shtab kvartirasi, G`abiy Germaniyaning radiosi, ko`p sonli xususiy teleradiokompaniyalar, nufuzli gazeta va jurnallarning nashriyotlari joylashgan. Bundan tashqari shahar xalqaro yarmarkalar va kongreslar vatani hamdir. Shaharda dunyoda eng ko`p, 92 ta konsullik joylashgan. Myuzikxollar, ko`p sonli muzeylar, ko`gazmalar, konsertlar va 35 ta teatr Gamburgni madaniy markazga aylantiradi va uzoq o`lkalarni o`ziga jalb etadi.

    Konsert (lot. concerto - musobaqalashaman) - 1) oldindan eʼlon qilingan dastur asosida sanʼatkorlarning maxsus joy (zal, sahna)da chiqishi; musiqa, adabiy, estrada asarlarini ommaviy ijro etish. K. dastlab mumtoz (simfonik, kamer, yakkaxon vokal hamda yakkanavoz cholgʻu va boshqalar) musiqa asarlarini ijro etilishi hamda tinglanishi uchun tashqil etilgan jamoa tadbiri sifatida namoyon boʻlgan.
    Gamburgning o`rtasiga oqib kiruvchi Alster daryosi va ko`p sonli hiyobonlar shaharni dam olish imkoniyatlariga boy yashil hududga aylantiradi. Gamburg shahar davlat bo`lib, uning parlamenti Shahar majlisi deb ataladi. Burgomistr boshchiligidagi Senat hudud hukumatini hisoblanadi. [17]



    GESSEN.










    Poytaxti:Viesbaden

    Maydoni: 21114kv. km

    Aholisi:5971

    Aholizichligi:282,82

    Mamlakatning yirik iqtisodiyot hududlaridan hisoblanadi. Uning xo`jaligi yadrosi Reyn-Mayn hududi va eng yirik shahri Mayn bo`yida Frankfurt. Taraqqiyotiga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatuvchi Reyn-Mayn aeroporti aviotashishlar bo`yicha mintaqada lider markazlardan biridir. Frankfurtda mamlakatning federal banki shtab kvartirasi va 400 ga yaqin boshqa moliyaviy institutlar joylashgan bo`lib, bu uni Yevropa mintaqasida bank tarmoqlariningyеtakchi markaziga aylantirdi. Gessenda 12 ta oliy ta`lim muassasalari va 3 ta davlat teatri joylashgan. Poytaxti Viesbaden kongresslar va kurortlar shahridir. Gessen eng o`rmonli hudud bo`lib, uningyеr maydonlarining yarmisi o`rmonzorlardan tashkil topgan va bu turistlarni o`ziga jalb qoladi. Gessenning shimolida joylashgan Kassel shahri davlat badiiy kolleksiyalari bilan butun dunyoga mashhur.[13]


    MEKLENBURG.










    Poytaxti:Shverin

    Maydoni: 23190 kv. km

    Aholisi:1609

    Aholizichligi:69,42

    Boltiq dengizi bo`yida joylashgan, iqtisodiyotining asosini qashloq xo`jaligi tashkil etadi. Rostokda kemasozlik rivojlangan bo`sa, Lyubeksdan to Ryugen orollarigacha dam olish joylari cho`zilgan. Ular Gemaniyaning yirik dam olish hududlariga kiradi. 650ta ko`l va ko`plab daryolarni o`z ichiga olgan bu hududda qushlar uchun tahminan 40 km. kenglikdagi maydon yastanib yotibdi. Yirik shaharlari poytaxti Shverin, Noybranderburg va Rostok.



    RЕYNLAND-PFALTS










    Poytaxti:Maynts

    Maydoni: 19854 kv. km

    Aholisi:3989

    Aholizichligi: 200,96

    II jahon urushidan keying taraqqiyot natijasida GFRning eng rivojlangan to`trt hududining biriga aylandi. Unda Germaniya tashqi savdosining dinamik markazi shakllangan. Bunday rivojlanishga ishlab chiqarish, transport, maktab va oliy ta`limning rivojlantirilishi hamda yangi texnologiyalarning ishlab chiqilishi va amaliyotga tadbiq etilishi sabab bo`ldi. Rеynland-Pfalts vinochilikka asoslangan rayonlari va 2000 yillik boy madaniy tarixga ega.Poytaxti Maynts , shaharlari Vorms, Shpеyеr, Koblеnts va Trir.[8]



    SHIMOLIY REYN – VESTFALIYA











    Download 2,73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




    Download 2,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi

    Download 2,73 Mb.