• Demografik ko’rsatkichlari Foiz hisobida
  • Federal еrlarning maydoni va aholisiga oid ma’lumotlar Jadval-3
  • Federal еr nomi Maydoni kv.km Aholi soni (2012 yil)
  • II BOB. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI IQTISODIYOTI HUDUDIY RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • 2.1. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI TARMOQLAR TUZULMASI VA ULARNING HUDUDIY RIVOJLANISHI
  • Noan’anaviy resurslardan foydalanish rivojlangan mamlakatlarga xos xususiyatdir. Rasm-3 Gazsanoati
  • Qora metallurgiya sanoati
  • Rangli va qora metallurgiya korxonalari. Rasm-4 Mashinasozligi va metallni qayta ishlash sanoati
  • Mamlakatda mavjud xom-ashyo hisobida ishlab chiqarilgan mahsulot turlari Rasm-5
  • Avtomabil yo’llari Rasm-6
  • Suv transporti Rasm-7 Havo transporti.
  • Germaniya Federativ Respublikasining demografik ko’rsatkichlari




    Download 2,73 Mb.
    bet3/62
    Sana25.03.2017
    Hajmi2,73 Mb.
    #2407
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62

    Germaniya Federativ Respublikasining demografik ko’rsatkichlari

    Jadval-2



    Demografik ko’rsatkichlari

    Foiz hisobida

    1.

    Umumiy aholisi soni

    80.5

    2.

    Aholi zichligi

    229

    3.

    Tug’ilish koeffisenti

    8

    4.

    O’lim koeffisenti

    10

    5.

    Tabiiy o’sish darajasi

    -0.2

    6.

    Migratsion saldo

    2

    7.

    Yosh bolalar o’limi

    4

    8.

    15 yoshgacha bo’lgan aholi soni

    13

    9.

    65 yoshdan yuqori bo’lgan aholi soni

    21

    10.

    Umumiy o’rtacha umr ko’rish darajasi

    80

    11.

    Erkaklarning umr ko’rish darajasi

    77

    12.

    Ayollarning umr ko’rish darajasi

    83

    13.

    Urbanizatsiya darajasi

    73


    Federal еrlarning maydoni va aholisiga oid ma’lumotlar

    Jadval-3



    Federal еr nomi

    Maydoni kv.km

    Aholi soni (2012 yil)

    Aholi zichligi 1 kv.km



    Бavariya

    70549

    12397614

    176



    Baden-Vyurtemberg

    35752

    10486660

    293



    Berlin

    892

    3292365

    3691



    Brandenburg

    29478

    2455780

    83



    Bremen

    404

    650863

    1611



    Gamburg

    755

    1706696

    2261



    Gessen

    21115

    5971816

    283



    Meklenburg

    23179

    1609982

    69



    Quyi Saksoniya

    47620

    7777992

    163



    Reynland-Pfals

    19853

    3989808

    201



    Saar

    2569

    999623

    389



    Saksoniya

    18415

    4056799

    220



    Saksoniya-Anxalt

    20446

    2287040

    112



    Shimoliy Reyn-Vestfaliya

    34084

    17538251

    515



    Tyuringiya

    16172

    2188589

    135



    Shlezvig-Golshteyn

    15763

    2800119

    178


    II BOB. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI IQTISODIYOTI HUDUDIY RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    Germaniya Federativ Respublikasi Yevropadagi eng rivojlangan mamalakatlar ichida ulkan iqtisodiy salohiyati va rivojlanganlik darajasining o’ziga xos xususiyatlari bilan keskin ajralib turadi.

    YaIM va sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha AQSH va Yaponiyadan so’ng 3-o’rinda turadi. Tashqi savdo aylanmasining hajmi bo’yicha jahonda 2-o’rinda turadi. Germaniyaning Yevropa va jahon xo’jaligidagi muhim ahamiyatini buning yuqori sifatli mahsulot chiqarishiga qaratilgan sanoat belgilaydi. [12]

    2.1. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI TARMOQLAR TUZULMASI VA ULARNING HUDUDIY RIVOJLANISHI

    Germaniya dunyoda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan biridir. Germaniya iqtisodiyoti yaxshi rivojlanganligi infratuzilmasi va malakaliy ishchi kuchi ega ekanligi bilan xarkterlanadi. Hozirgi mamlakat sanoat ishlab chiqarishi va yalpi ichki mahsulot hajmi bo'yicha faqat AQSH, Yaponiya va Xitoydan keyinda turadi.

    Yalpi ichki mahsulot - umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan) davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YaIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi(angl. nominal and real GDP). YaIM ushbu yildagi narhlarning oʻsishini joriy narxlarga(nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi . YaIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YaIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YaIM darajasi yordamida aniqlanadi. YaIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YaIM imkoniyati - bu YaIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi. YaIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun " Bozor qiymati " deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.
    Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. GFR xo’jalik xususiyatiga ko’ra postindustrial davlat hisoblanadi. Germaniya sanoati Yevropa va jahon bozorida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida muhim ro’l o'ynaydi.

    Fantalab tarmoqlarning hissasi ortib bormoqda. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jixozlarini, avtomabil, organik kimyo mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha Germaniya dunyodagi oldingi o’rinlardan birini egallaydi. GFR ning barcha yirik sanoat kompaniyalari transmilliy koorparatsiyalardan iboratdir.(“Daimler-Benz”, “Wolswagen”, “Siemens”, “Hoechst”, “Bayer”).

    GFR da elektr-energiyaning asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. IES lar Rur va Saar havzalarida, port shaharlarida-ko’mir, neftni qayta ishlash markazlarida-mazutda ishlaydi, boshqa IES lar esa aralash yoqilg’ida ishlaydi. Keyingi vaqtda mahalliy ko’mirga nisbatan Avstraliyadan arzon bahoda olib kelinayotgan ko’mirning ahamiyati oshib bormoqda.AESlarda elektr quvvatining 30 foizi ishlab chiqariladi. GES lar asosan mamalkatning janubida joylashgan. [8]

    Hozirgi Germaniya xo'jaligining tarmoq va hududiy tarkibi rivojlanishida GFR va GDR davlatlarining qirq yillik bo'linishi salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mamlakat birlashuvidan keyin Sharqiyyеrlarda xo'jalikni rivojlantirish muammolari sezilarli kuchaydi, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish pasayishi ro'y berdi. Shuningdek ijtimoiy muammolar vujudga keldi. (shu jumladan ishsizlik). GFRda xo'jalikni rivojlantirish darajasiga ko'ra hududiy nomutanosibliklar kuchaydi.Shunday qilib 1994 yilda Germaniya aholisi 20 foiz aholisi yashovchi sharqiyyеrlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bor yo'g'i 4 foizni tashkil etdi.[11]

    GFR —xo’jaligi yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy qudratiga koʻra dunyoda uchinchi oʻrinda, jahon savdosida ikkinchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6 % ni, qishloq xoʻjaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi.



    Sanoati.Mamlakat sanoat tarmoqlar tarkibida qayta ishlash sanoati hissasi juda yuqori.(Qazib chiqarish sanoati xissasi g'arbiyyеrlarda 2 foiz, sharqiyyеrlarda esa 9 foizni tashkil etadi).Germaniyada bir qancha qazib chiqarish (temir rudasi, mis rudasi, uran rudasi) tarmoqlari o'z faoliyatini amalda to'xtatgan. So'nggi yillarda import asosida olib kelinadigan arzon xom-ashyo iste’molning o'sish hisobiga ko'mir sanoatida toshko'mir qazib chiqarish keskin qisqarmoqda.

    Keltirilgan hom-ashyolar mamlakat iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir ko’mir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmirnefttabiiy gazpolimetall rudalarkaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan.

    Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.
    Germaniya sanoati asosan mayda va kichik korxonalardan iborat. [12]

    Sanoatda band boʻlgan barcha xodimlarning 32 % dan koʻprogʻi (2,2 mln. kishi) yirik firmalarda ishlaydi. „Simens“ konserni, „Folksvagen“, BMV va „Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, „Xyoxst“, „Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, „Rurkole AG“ koʻmir qazish firmasi, „FEBA“ va „RVE“ elektr texnika konserni yoki „Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur boʻlib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar koʻpdan-koʻp mayda va oʻrta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Transport vositalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir. [16]

    Texnika taraqqiyoti sohasida Olmoniya sanoati dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Olmoniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va oʻlchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyodayеtakchi oʻrinda. Olmoniyada qadimdan va goʻzal anʼ-analarga ega boʻlgan hunarmandchilik rivoj topgan.

    Hunarmandchilik, hunarmandlik - milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi.



    Energetika sanoati o'zining yoqilg'iga bo'lgan ehtiyojining yarmidan ortig'ini import hisobiga ta'minlaydi. Germaniya yoqilg'i-energetika balansida neft va tabiiy gaz muhim ro’l o'ynaydi. Ko'mir hissasi esa 30 foizni tashkil etadi. Neft mamlakatga neft quvurlari va tankerlar orqali Shimoliy dengiz, Rossiyadan, Afrika mamlakatlari (Nigeriya, Liviya) va Fors qo'ltig'i mamlakatlaridan tashib keltiriladi. Neftni qayta ishlash zavodlari mamlakat bo'ylab bir tekis joylashgan bo'lib, uning Gamburg, Kyoln, Karlsrue, Ingolshtadt, Shvedt kabi yirik markazlari ishlab turibdi. Neft va gazni qayta ishlovchi markaz Gandove hisoblanadi. [4]


    Noan’anaviy resurslardan foydalanish rivojlangan mamlakatlarga xos xususiyatdir.

    Rasm-3
    GazsanoatiNiderlandiyadan, ShimoliydengizdagiNorvegiyagaqarashlikonlardan, Rossiyadanvamahalliykonlardanqazibolinadigantabiiygazlargatayanadi. 1950 yillarga kelib mamlakatda toshko'mir qazib chiqarish 152 mln tonnaga еtkazilgan edi.O'sha davrlarda toshko'mir sanoati energetik sanoatining asosini tashkil etgan edi.So'nggi yillarda ushbu sanoatda toshko'mir qazib olish qisqarib bormoqda. Natijada Germaniya eng ko'p ko'mirni eksport qiluvchi mamlakatlardan eng ko'p ko'mirni import qiluvchi mamlakatga aylandi. (Jahon bozorida ko'mir Germaniya ko'miriga nisbatan 3-4 marta arzon). 1994 yilda mamlakatda ko'mir qazib chiqarish 57,6 mln tonnagacha kamaydi. Germaniyaga ko'mirning katta qismi AQShdan, Polsha, JAR va hatto Avstraliyadan tashib keltiriladi. G'arbiy Germaniya birlashuviga qadar qo'ng'ir ko'mir qazib chiqarish bo'yicha G'arbiy Yevropada birinchi, Sharqiy Germaniyada esa dunyoda oldingi o'rinlarni egallagan.(Hozirgi vaqtda 2012-yilda 250 mln tonnadan ortiq ko'mir qazib chiqarilmoqda).GFRda asosan elektroenergiya issiqlik elektrstansiyalarda ishlab chiqariladi. Mamlakatda issiqlik elektrstansiyalar Rur va Saar hovzalari va port shaharlarida ko'mirga tayanib, ishlamoqda shimolda esa tabiiy gazga, neftni qayta ishlash markazlarida esa mazutga tayanib ishlaydi. AESlarda esa elektroenergiyaning 30 foizi ishlab chiqarilmoqda.GESlar asosan mamlakatning janubida qurilgan. (tog' daryolarida). Umumiy elektr-energiyaning 80 foizi IES larda ishlab chiqariladi.20 mln kilovat soat energiya ishlab chiqarish imkoniyati bo’lgan AESlar ham mavjud.[17]

    Qora metallurgiya sanoati- Germaniyaning eng muhim ixtisoslashgan tarmog'idir.Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra (46 mln tonna) jahonda 5-o’rinda turadi. Mamlakat cho'yan, po'lat quyish va prokat ishlab chiqarish bo'yicha G'arbiy Yevropada еtakchi o'rinda va dunyoda beshinchi o'rinda turadi. Quyiladigan po'latning deyarli hammasi kislorod-konvertor va elektrpo'lat quyish usuli orqali ishlab chiqariladi. Asosiy metallurgiya zavodlari Rur va Quyi Reynda joylashgan. Saar rayoni, Quyi Saksoniya va Bremenda to'liq siklda ishlovchi zavodlar ishlab turibdi.

    Rangli metallurgiya- asosan import va ikkilamchi xom-ashyo asosida ishlaydi. Rangli metallurgiya korxonalarining joylashuvida energiya resurslari bilanyеtarli ta'minlanganligi va xom-ashyoni tashib keltirishning qulayligi bosh omil hisoblanadi. Germaniya alyuminiy quyish bo'yicha G'arbiy Yevropada faqat Norvegiyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
    Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.).
    Sanoat mahsulotlarining taxminan 35 foizini beradi.Asosiy korxonalar Shimoliy Reyn-Vestfaliya. (Essen, Norf, Fyorde), shuningdek Gamburg va Bavariya (Tyoging)yеrlari hududlarda joylashgan. [18]

    Rangli va qora metallurgiya korxonalari.

    Rasm-4
    Mashinasozligi va metallni qayta ishlash sanoati- Germaniyadagi eng rivojlangan sanoat tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat mashinasozlik sanoatiga jami sanoat mahsulotlari va eksportning yarmiga yaqini to'g'ri keladi. Shu bilan birga jami mashinasozlik mahsuloti eksport hajmida 40 foizni tashkil etadi. Mamlakatda mashinasozlikning Myunxen, Nyurnberg, Erlangen bilan Mangeym, Berlin, Leypsig, Gamburg kabi yirik markazlari shakllangan. Mamlakat federalyеrlar orasida Baden-Vyurtenberg va Shimoliy Reyn-Vestfaliyada umumiy mashinasozlik ishlab chiqarishi rivojlangan. Elektrotexnika tarmoqlarining rivojlanishida Bavariyayеtakchilik qiladi.Shuningdek mamlakatda mashinasozlikning Myunxen (Siemens konserni), Berlin, Shtutgard, Kyoln, Gamburg, Frankfurt-Mayn kabi yirik markazlari ishlab turibdi. Germaniya avtomobil ishlab chiqarish bo'yicha jahonda Yaponiya va AQShdan keyinda turadi. Avtomobillarni «Folksvagen», «Mersedes Bens», «BMV», «Ford Verke», «Opel» firmalari ishlab chiqaradi. Mamlakatda mashinasozlikning Volfsburg, Shtutggart, Kyoln, Ryusselsxaym, Myunxen kabi yirik markazlari shakllangan. [15]

    Mamlakatda dengiz kemasozligining asosiy markazlari Kil, Gamburg, Bremen, Emden, Rostok daryo kemasozligining markazi Duysburg hisoblanadi.Asosiy dengiz portlari: Gamburg, Bre-menBremerxafen, Vilgelmsxafen.Suv yoʻllari uzunligi — 7467 km..



    ICE tez yurar poezdi, temir yoʻl uzunligi — 91,4 ming km,

    Mamlakatda mavjud xom-ashyo hisobida ishlab chiqarilgan mahsulot turlari

    Rasm-5
    Germaniya transporti yo'llarining zichligi bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Yevropa kengashi bo’yicha sheriklari bilan bo’lgan iqtisodiy aloqalarning jadalligi va Yevropaning markazida joylashganligi bilan bog’liq holda transportning barcha turi rivojlangan. Mamlakatning asosiy transport turini temir yo'llar tashkil etadi. Temir yo'llarning umumiy uzunligi 44 ming km atrofida bo'lib, shundan jami temir yo'llarning qismi elektrlashtirilgan.

    Jami tashiladigan yuk aylanmasida avtomobil transportining hissasi 60 foizni, temir yo'l transportiga20 foiz, daryo transportiga 15 foiz to'g'ri keladi. Yo'lovchi tashish aylanmasida esa avtomobil transportining hissasi yanada yuqori ya'ni 90 foizni tashkil etadi.Umumiy avtomobil yoʻllari uzunligi — 496,6 ming km.

    Oliy darajadagi avtomabil yo’llarining umumiy uzunligi 12 ming km dan ortiq.

    Avtomabil yo’llari

    Rasm-6
    Germaniyada ichki suv yo'llarining uzunligi 7 ming km atrofida. Mamlakatning Reyn daryosidagi xalqaro magistral suv yo'lida ko'plab yirik portlar joylashgan bo'lib, unda yillik yuk aylanmasi 50 mln tonna bo'lgan dunyodagi eng yirik daryo porti-Duysburg joylashgan.[18]

    Germaniya kemalarda konteynerlarda yuk tashish tonnasi bo'yicha dunyoda AQSH, Panama va Tayvandan so'ng 4-chi o'rinda turadi. Germaniya dengiz portlari yuk aylanmasi hajmiga ko'raYеvropa mamlakatlarining yirik portlaridan keyinda turadi. Mamlakatda Gamburg, Vilgelmsxafen, shuningdek Bremen, Emden, Rostok kabi yirik portlar ishlab turibdi. [15]


    Suv transporti

    Rasm-7
    Havo transporti.Mamlakat tashqi aloqalarida dengiz transporti qatorida havo transporti ham muhum ahamiyatga ega.Barcha yirik yarmarkalar markazida aeroportlar mavjud. Germaniyada jami 16 ta xalqaro aeraportlar bo'lib, shu bilan birgalikda Frankfurt aeroporti yuk aylanmasi bo'yicha Yevropada birinchi, yo'lovchitashish hajmi bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi.
    Aeroport (aero... va port) - yo‘lovchilar, kj, pochtani havo trans-porta vositalarida muntazam tashishni ta’minlovchi binolar, inshootlar (aero-drom bilan birga) va jihozlar majmui. Xalqaro va mahalliy A.
    Eng katta aeroporti — Frankfurtmayn shahrida. Boshqa yirik aeroportlari:Berlin — Tegel, Berlin — ShenefeldBremen,GamburgGannoverDrezdenDyusseldorf, Kyoln Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Saarbryukken va Shtutgart.[15]


    Download 2,73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




    Download 2,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Germaniya Federativ Respublikasining demografik ko’rsatkichlari

    Download 2,73 Mb.