• Klaster” metodi Jadval-8 RIVOJLANGAN “SAKKIZLIK” MAMLAKATL AR
  • 2-o’quvchi “Buyuk Britaniya”.
  • 5-o’quvchi. “Rossiya Federatsiyasi”.
  • 7-o’quvchi “Amerika Qo’shma Shtatlari”.
  • Rasmlarni to’g’ri joylashtirish ” metodi
  • 3.2. JAHON MAMLAKATLARI IJTIMOIY-IQTISODIY GEOGRAFIYASI (GFR) BO’YICHA DAR ISHLANMASI 1-soatlik dars ishlanmasi (9-sinf misolida) Da
  • Darsning tarbiyaviy ma q sadi
  • Darsda qo’llaniladigan texnologiya
  • 2. Evropadagi eng rivojlangan davlatlar. GFR xo‘jaligi mavzusi bo`yicha guruhlarga topshiriqlar
  • Darsning borishi: 1. Darsning tashkil etilishi
  • II-guruh- G‘arbiy Yevropaliklar III-guruh-Janubiy Yevropaliklar IV-guruh- Sharqiy Yevropaliklar
  • 3. Uy vazifa bo`yicha ishlash: 1)Diqqatni tortish.Kim ko`p davlat yozadi, poytaxtini toping.
  • I-guruh Shimoliy Yevropa
  • III-guruh Janubiy Yevropa
  • IV-guruh Sharqiy Yevropa
  • Mamlakat Nomi Poyta x ti
  • Iqtisodiyoti Sanoati Qishloq xo‘jaligi
  • «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi




    Download 2,73 Mb.
    bet8/62
    Sana25.03.2017
    Hajmi2,73 Mb.
    #2407
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62

    Test javoblari


    1

    2


    3


    4


    5


    6


    7


    8


    9


    10


    11


    12


    13


    14


    15


    B

    D

    B

    C

    D

    B

    C

    D

    A

    C

    C

    D

    D

    C

    A

    Klaster” metodi deganda biz ma’lumotlarni yig’ish emas, balki yoyishini tushunamiz. Klaster bilan tushuntirishda biz faqat bitta mavzu emas balki bir necha mavzularni qamrab oladi ya’ni buni rivojlangan mamlakatlar misolida ko’radigan bo’lsak: [13]

    Klaster” metodi

    Jadval-8

    RIVOJLANGAN “SAKKIZLIK” MAMLAKATLAR

    KANADA

    YAPONIYA

    AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI

    ITALIYA

    ROSSIYA FEDERATSIYASI

    GERMANIYA

    BUYUK BRITANIYA

    FRANSIYA

    Jahon mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy geografiyasini o’qitishda o’yinli texnologiyalardan foydlanib dars o’tilsa o’quvchilarning fikrlash doirasi kengayadi, nutqi ravshanlashadi va zukkoligi oshadi. O’yinli texnologiya natijasida har bir o’quvchi ongida o’sha mavzu haqida tasavvurlar hosil bo’ladi.Masalan rivojlangan mamlakatlar bo’yicha o’quvchilar davlatlar nomidan gapirishadi. O’quvchilarga davlatlar nomi beriladi va o’quvchilar o’sha davlat haqida gapirib beradi. [7]



    1-o’quvchi “Germaniya”

    Men Germaniya davlatiman.Men Markaziy Yevropada joylashganman. Quruqlikda Niderlandiya, Belgiya, Lyuksenburg, Fransiya, Shvetsariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya davlatlari bilan chegaradoshman. Mening rivojlanishimning asosiy sabablaridan biri dengiz yaqinida joylashganligim va qo’shni mamlakatlarning yirik port shaharlariga yaqinligim hisoblanadi.

    G’arbiy Yevropa davlatlari ichida men o’zimning toshko’mir va qo’ng’ir ko’mirim bilan ajralib turaman. Toshko’mir konlarim: Rur, Saar va Axen. Yirik daryolarim: Reyn, Elba, Vezer, Dunay.

    Aholim haqida aytadigan bo’lsam, hozirda 83 mln kishidan ortiq.Davlat tilim- nemis tili.Ustivor din-xristiyan dini.



    2-o’quvchi “Buyuk Britaniya”.

    Mening rasmiy nomim Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi. Poytaxtim- London. Bilasanmi Germaniya men sen haqingda sen aytmagan nimani bilaman. Maydoning 357 ming km2 ligini va poytaxting Berlin shahri ekanligini bilaman. Mening maydonim esa 244 ming km2.Iqlimim mo’tadil.Mening davlatimda tabiiy o’sish past, Urbanizatsiya darachasi 80%.Davlat tuzumim- parlamentlik monarxiya.Davlat tilim- ingliz tili.

    Irlandiya (irlandcha Eire, ing . lrelang) - Gʻarbiy Yevropada, Irlandiya o. da joylashgan davlat. Mayd. 70,3 ming km2. Aholisi 3,84 mln. kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 26 graflikka boʻlinadi, ular 4 tarixiy viloyat (province)ra birlashadi.
    Ingliz tili (ingl. English) - hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili.
    Sanoatda: energetika sanoati, ko’mir, neft, tabiiy gaz qazib olish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Qishloq xo’jaligimda dehqonchilikka nisbatan chorvachilik ustunlik qiladi.



    3-o’quvchi “Fransiya”.

    Mening maydonim -551 ming km2. Aholining soni-56mln.kishi. Poytaxtim- Parij shahri.Men juda qulay geografik o’rinda joylashganman.G’arbiy Yevropada maydonimning kattaligi jixatdan birinchi, iqtisodiy taraqqiyotda Germaniyadan so’ng ikkinchi o’rinda turaman.Davlat tuzilishim-prezidentlik respublika.Davlat tilim- fransuz tili, dinimiz esa katolik hisoblanadi.

    Fransuz tili - xindevropa tillari oilasining roman guruxiga mansub til; Fransiya, Fransiya Gvianasi, Gaiti, Monako, Benin, BurkinaFaso, Gabon, Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot d’Ivuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Kirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg , Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQShning belgili xududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Fransiyaning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.
    Sanoatda asosan еngil sanoat rivojlangan. Qora metallurgiya yaxshi rivojlangan ya’ni po’lat yiliga 30 mln. tonna eritiladi. Meni davlatimda rangli metallurgiya, mashinasozlik va kemasozlik tarmoqlari ham yaxshi yo’lga qo’yilgan.



    4-o’quvchi “Italiya”.

    Men Italiya Respublikasiman.Poytaxtim- Rim shahri.Maydonim 3011230 km2.Aholim-57985395 kishi.Tilim- italiyan tili.Men o’zimni geografik joylashishimni aytadigan bo’lsam, Janubiy Yevropada, Apenin yarim orolida joylashganman.Bilasizlarmi meni shaklimni nimaga o’xshatishadi. Germaniya: Xa, bilamiz qizlarning etikchasiga o’xwatishadi va shu bilan birga Sardiniya, Sitsiliya, Elba orollari va bir qancha kichik orollar ham menga qarashli. Hududimning 80% i tog’ va qirlardan iborat. Sanoatda asosiy tarmoqlar: avtomabilsozlik, kimyo sanoati, metallurgiya, oziq-ovqat va boshqa bir necha tarmoqalar rivojlangan.



    5-o’quvchi. “Rossiya Federatsiyasi”.

    Men dunyodagi maydoni jixatdan eng katta davlatman.Maydonim- 1707500 km 2.Aholim-141331073 kishi.Davlat tilim- rus tili. Yevropa va Osiyo qit’alarida joylashganman.

    Men dunyoda kosmik raketalar, atom dvigatellari, eng zamonaviy samalyotlar, programmalashgan stanoklar ishlab chiqarishda oldingi o’rinda turaman. Neft va gaz, temir rudasi, kaliy tuzi qazib chiqarishda, po’lat cho’yan eritishda dunyoda birinchi o’rinda turaman va shu bilan birga metallurgiya sohasida ham juda boyman ya’ni o’rmon hududim juda katta maydonni egallaydi. Umumiy o’rmon maydonlarim 766 mln.gektarni tashkil etadi. Qishloq xo’jaligimda ikki asosi-dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlaridan iborat. Meni davlatimda transportning barcha tarmoqlari rivojlangan. Asosiy transport turi- temir yo’l transportidir.

    6-o’quvchi.“Yaponiya”.

    Men Sharqiy Osiyoda joylashganman.Maydonim-377535 km2. Aholim-127,3 mln. kishi. Men to’rtta yirik va besh mingdan ortiq mayda orollardan tashkil topganman. Yirik orollarim: Xonsiyu, Xokkaydo, Kyusyu va Sikoku orollaridir. Mening davlatim bir millatli, aholimning 99 % i Yapon millatiga mansubdir.Sanoatda gidro, geotermal, quyosh, dengiz elektro stansiyalari o’z xissasini qo’shadi.Avtomabilsozlikda ko’pincha yutuqlarga erishganman. Hozirgi davrda mening iqtisodiyotimning farqi va ramzi elektronika sanoati ekanligini butun dunyo biladi. Qishloq xo’jaligimda dehqonchilik ustunlik qiladi.Men juda ko’p mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalar olib boraman. Ular orasida 1/3 va importning ¼ qismi AQSH xissasiga to’g’ri keladi.



    7-o’quvchi “Amerika Qo’shma Shtatlari”.

    Men еr maydonim jihatdan G’arbiy Yevropa mamlakatlaridan katta va dunyoda Rossiyadan keying ikkinchi o’rinda turaman. Men 50 ta shtat va Kolumbiya Federal okrugidan iborat Federativ respublikaman. Poytaxtim-Vashington shahri.Mening maydonim- 9363200 km2. Yirik neft konlarim Alyaska, Texas, Nyu-Meksika, Luiziana, Kaliforniya shtatlarida va Meksika ko’rfazida joylashgan.

    Kaliforniya - AQSH jan.gʻarbidagi shtat, Tinch okean sohilida. Mayd. 411 ming km2. Aholisi 34,5 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi - Sakramento sh. Shtat markazini keng Qirgʻoq boʻyi tizmalari b-n oʻralgan Kaliforniya vodiysi egallagan.
    Daryolarimdan Kolumbiya, Kalarado, Niagara gidroenergiya resurslariga boy bo’lib, undan samarali foydalanaman va kelajakdagi avlodlarimga ham yig’ib boraman. Avtomabilsozlikda- “Jeneral Motars”, “Ford Mator” bo’lsa, aviasozlikda- “Boing”, “Makdoland Dueglas”, “Lokxid”, elektronikada- “Jeneral elektroniks”, kompyuter ishlab kchiqarishda- “Internyushnil biznes Mashins” kompaniyalarim eng yiriklari hisoblanadi.



    8-o’quvchi “Kanada”

    Men Shimoliy Amerikada joylashganman.Jahonda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlarning biri hisoblanaman. Maydonim- 9976,1 ming km2, Aholimning soni- 31,6 mln kishi. Mening davlat tuzumim- parlamentar monarxiya va men Buyuk Britaniyaning dominioniman, lekin 1931-yilda menga to’liq mustaqillik berilgan. Men tabiiy resurslarga va suv, o’rmon resurslariga juda boy mamlakatman. Mening hududimda uran, temir, nikel, mis, qo’rg’oshin va rux, oltin va kumush, neft va tabiiy gazning yirik konlari mavjud. Qishloq xo’jaligimda dexqonchilik ham chorvachilik ham juda yaxshi rivojlangan.[10]



    O’qituvchi: “Bolalar mana juda yaxshi tayyorlanib kelibsizlar. Bilasizlarmi bu mamlakatlardan tashqari dunyoda rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlar ham bor. Bizning ona vatanimiz bo’lmish O’zbekiston ham rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida ko’rishimiz uchun yaxshi o’qishimiz va intizomli bo’lishimiz lozim”.

    O’qituvchi o’quvchilarni rag’batlantirib, baholab o’yinni tugatadi. Bu o’yin natijasida o’quvchilar rivojlangan mamlakatlar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi va o’zlari o’sha mamlakat nomidan gapirgani esda saqlab qolishga sabab bo’ladi.

    Interfaol metodlardan jahon mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy geografiyasini o’qitishda foydalanish. Zamonviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilargayеtkazib berish, ularda ma’lum mavzu yuzasida ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogic mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Interfaol metodda qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar:


    • Ta’lim- tarbiya jarayoning samaradorligini oshirish;

    • O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish;

    • O’quvchilar tomonidan geografiya fani bo’yicha puxta lbilimlarning egallanishini ta’minlash;

    • O’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish;

    • O’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish;

    • Pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlash zarur.

    Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogic texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi. [13]

    Rasmlarni to’g’ri joylashtirish ” metodi:

    9-“A” sinf.Sinfda 30 ta o’quvchi bor. Sinf o’quvchilarini oltitadan olti guruhga ajratib 5 daqiqa vaqt ichida aralashtirilgan kubiklarni tartib bilan joylashtirishlarini aytdim. Har bir guruh uchun bitta qit’aning shaklini to’g’ri joylashtirish topshirildi.

    Guruhlar.



    1. “Amerika” guruhi

    2. “Osiyo” guruhi

    3. “Afrika” guruhi

    4. “Yevropa” guruhi

    5. “Avstraliya” guruhi

    6. “Antarktida” guruhi

    ya’ni qit’alar nomi bilan nomlandi. Vazifani birinchi bo’lib, “Avstraliya” va “Osiyo” guruhlari va undan keyin esa “Afrika”, “Antarktida”, “Amerika” guruhlari, undan keyin esa “Afrika”, “Antarktida”, “Amerika” guruhlari eng oxiri bo’lib “Yevropa” guruhi bajarib bo’lishdi. Birinchi bo’lib bajargan guruhlarni ya’ni “Avstraliya” va “Osiyo” guruhlariga “5” baho qo’ydim va birinchi o’rinni berdim.

    “Afrika”, “Antarktida”, “Amerika” guruhlariga 2-o’rinni berib, “4” baho bilan baholadim. “Yevropa” guruhiga 3-o’rinni berdim. Vazifani to’g’ri va tartib bilan joylashtirganligi uchun bu kguruhga ham “4” baho qo’ydim. Bu metod natijasida men o’quvchilarning ziyrakligini, chaqqonligini, bilimdonligini sinab ko’rdim va samarali natijaga erishdim. [7]



    3.2. JAHON MAMLAKATLARI IJTIMOIY-IQTISODIY GEOGRAFIYASI (GFR) BO’YICHA DAR ISHLANMASI
    1-soatlik dars ishlanmasi

    (9-sinf misolida)

    Darsning mavzusi: Germaniya Fedaretiv Respublikasi xo‘jaligi

    Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga GFR xo‘jaliliga xos xususiyatlar, xo‘jaligining asosiy sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, transport tarmoqlari va ularning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati hamda tashqi iqtisodiy aloqalari to‘g‘risida ilmiy tushunchalar berish.

    Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga vatanparvarlik, baynalminal, ahloqiy, kasbiy, ekologik va mehnat tarbiyasini berish, tabiatni muhofaza qilishga o’rgatish, miliy g’urur-iftixor tuyg’usini shakllantirish.

    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

    O’quvchilarning GFR xo‘jaligi to’g’risidagi ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, darslik, karta va yozuvsiz karta ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini va nutq hamda muloqat madaniyatini rivojlantirish.



    Darsning jihozi: Globus, dunyoning siyosiy xaritasi, 9-sinf atlasi, GFR xo‘jaligi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi prezentatsion materiallar va slaydlar.

    Darsda qo’llaniladigan texnologiya: Interfaol usullar, debat,an’anaviy ta’lim texnologiyasining ma’ruza usuli.

    Dars rejasi:

    1. O`qituvchining kirish so`zi.

    2.Dunyo xabarlari (2 daqiqa);

    3. Guruhlarga bo`lish(2 daqiqa);

    4. Uy vazifa bo`yicha ishlash:

    1. Diqqatni tortish.( 3daqiqa);

    2. Evropadagi eng rivojlangan davlatlar. GFR xo‘jaligi mavzusi bo`yicha guruhlarga topshiriqlar.(7 daqiqa)

    3.Umumlashtirish.(2 daqiqa);

    5. Yangi mavzu bo`yicha o`qituvchining so`zi.(10 daqiqa);

    6.Mavzuni mustahkamlash.

    Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriq.(10 daqiqa)

    7.Darsni yakunlash.

    8. Guruhlarni rag’bat kartochkalarini hisoblash,o`quvchilarni baholash

    (2 daqiqa).



    Darsning borishi:

    1. Darsning tashkil etilishi:

    1. Salomlashish,davomatni aniqlash;(1 daqiqa)

    2. O`quvchilarni darsga hozirlab,jonli muhit yaratish(1 daqiqa).

    2. Gurihlarga bo`lish (2 daqiqa);

    Mavzuni o`rganish uchun o`quvchilar maqsadlariga ko`ra 4 guruhga bo`linib oladilar.



    I-guruh-Shimoliy Yevropaliklar

    II-guruh-G‘arbiy Yevropaliklar

    III-guruh-Janubiy Yevropaliklar

    IV-guruh- Sharqiy Yevropaliklar

    O’quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi:



    II. Oltin qoidalar:

    1. Faollik.

    2. Vaqtga rioya qilish.

    3. Fikrni takrorlamaslik.

    4. O`zaro hurmat.

    5. To`g`ri javob uchun rag`bat.

    6. O`ng qo`l qoidasi.

    7. Bir yoqadan bosh chiqarish.

    8. Intizom.

    3. Uy vazifa bo`yicha ishlash:

    1)Diqqatni tortish.Kim ko`p davlat yozadi, poytaxtini toping.( 3daqiqa);

    II. Yevropadagi rivojlangan davlatlar. GFRning geografik o‘rni, mamlakat haqida umumiy ma’lumotlar mavzusi bo`yicha guruhlarga topshiriqlar.(7 daqiqa)

    1-topshiriq:

    I-guruh Shimoliy Yevropa:

    1. Shimoliy Yevropa subregionining joylashgan geografik o‘rnidagi qulay va noqulayliklari haqida tushuncha bering.

    2. GFR ning geografik o‘rnini baholang.

    II-guruh G‘arbiy Yevropa:

    1.G‘arbiy Yevropa subregionining joylashgan geografik o‘rnidagi qulay va noqulayliklari haqida tushunchabering.

    2. GFR ning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligini baholang.

    III-guruh Janubiy Yevropa:

    1.Janubiy Yevropa subregionining joylashgan

    geografik o‘rnidagi qulay va noqulayliklari haqidatushuncha bering.


    1. GFR aholisi ta’riflang va mehnat resurslarining sifat ko‘rsatkichlari

    yuqori darajada ekanligi qanday omillarga bog‘liq ekanligini izohlang.

    IV-guruh Sharqiy Yevropa:

    Sharqiy Yevropa subregionining joylashgan geografik o‘rnidagi qulay va noqulayliklari haqida tushuncha bering.



    2. Germaniya Yevropadagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan ekanligini nimalar bilan baholaysiz?

    2-topshiriq: Yevropa davlatlaridan 5 tasi to‘g‘risidagi quyidagi jadvalni atlas ma’lumotlaridan foydalanib to‘ldiring.

    I-guruh Shimoliy Yevropa:



    Mamlakat

    Nomi

    Poytaxti

    Davlat tuzumi


    Tabiiy resurs-lari


    Iqtisodiyoti

    Sanoati

    Qishloq xo‘jaligi

    1



















    2



















    3



















    4



















    5




















    Download 2,73 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




    Download 2,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi

    Download 2,73 Mb.