69
“Islohotlarning bosh maqsadi – mamlakatni modernizatsiyalash”, deb eʼlon
qilindi. Bu Yevropa sivilizatsiyasining barcha taraqqiyparvar qadriyatlarini qabul
qilish va ularni Turkiya sharoitiga moslashtirishni anglatar edi. Mentalitet, aqi-
daparastlik va jaholat islohotlar uchun asosiy toʻsiq ekanligini M. Kamol yaxshi
tushunardi. U islohotlarni dindan boshladi.
1924yil Buyuk millat majlisi xalifalikni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Bu bilan dunyo musulmonlarini birlashtirib turuvchi tizim yoʻq qilindi, darveshlik
ordenlari va darveshxonalar tarqatib yuborildi. Din va vaqf ishlari boʻyicha vazirlik
tugatildi, vaqf mulklari davlat mulkiga aylantirildi. Shariat sudlari bekor qilindi.
Madrasalar yopilib, barcha maktablar Maorif vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi. Arab
alifbosidan
voz kechilib, lotin alifbosi joriy qilindi.
Yevropacha nasab kiritilib, Bu-
yuk millat majlisi M.
Kamolga rasman
“Otaturk” degan nasabni berdi.
Otaturk tashqi siyosatining asosiy vazifasi Turkiyaning xalqaro obroʻsini oshi-
rishga qaratildi.
1932-yili Millatlar Ligasiga aʼzo boʻlgan Turkiya barcha davlatlar
bilan doʻstona munosabatlar oʻrnatishga harakat qildi.
M. Kamol Germaniya bilan munosabatlarga alohida eʼtibor qaratdi.
Turkiya
tash qi savdosining yarmidan koʻprogʻi Germaniya hissasiga toʻgʻri kelardi.
1941-yili Germaniya bilan doʻstlik shartnomasi imzolandi. Turkiya Ikkinchi jahon
urushida rasman betaraf qolgan boʻlsada, hukmron
doiralarning katta qismi
Germaniyaga xayrixoh edi.
Prezident Mustafo Kamol (Otaturk)
Sizningcha, oʻrta asrlar davrida va
yangi davrda qudratli boʻlgan Usmo
niylar imperiyasining Birinchi jahon
urushida magʻlubiyatga uchrashiga
sabab boʻlgan asosiy omillar nimalar
dan iborat edi?