68
B
irinchi jahon urushidan soʻng Osi-
yoning Turkiya, Eron, Xitoy, Hin-
diston, Afgʻoniston
kabi mamlakatlarida
milliy-ozodlik harakatlari kuchaydi. Bu
davrda Turkistonda ham milliy-ozodlik
harakati davom etdi. Milliy kuchlarning
gʻalabasi Osiyo
geosiyosiy xaritasining
jiddiy oʻzgarishiga olib keldi.
Yarim
mustamlakachilik tizimi bekor qilindi,
Usmoniylar imperiyasi parchalanib ketdi,
oʻrnida yangi davlatlar, jumladan, Turki-
ya Respublikasi paydo boʻldi.
Bir qator
Osiyo mamlakatlarida Gʻarb
andozasi-
dagi modernizatsiya jarayonlari amalga
oshirildi.
U
smoniylar imperiyasi Birinchi
jahon urushida magʻlubiyatga
uchradi. Imperiya hududi
okkupatsiya
qilindi. Antanta mamlakatlari Usmoniylar
imperiyasiga qarashli yerlarni boʻlib olish
rejasini tuza boshladilar. Imperiyaning
oʻz hududidan tashqaridagi barcha yerla-
ri
anneksiya qilindi va Millatlar Ligasining
mandati ostiga oʻtdi. Mamlakatda qarshi-
lik harakati boshlandi. Harakatga general
Mustafo Kamol posho rahbarlik qildi.
Uzoq davom etgan janglardan soʻng
1922-yil oktyabrda M. Kamol qoʻshinlari
butun Turkiya hududini ozod qildi.
1922-
yil 1-noyabr kuni
Turkiya Buyuk Millat
majlisi monarxiyani bekor qildi.
Sulton
Mehmed VI taxtdan agʻdarildi va mamla-
katni tark etdi.
1923-yili Lozannada Bu-
Yangi davrda Gʻarbiy Yevropada Fransiya va Germaniya munosabatlari kes
kinlashuviga sabab boʻlgan jihatlarni toping.