64
B
irinchi jahon urushidan keyingi umumiy inqiroz sharoitida
Benito Mussolini
bosh chiligida
1919-yili tuzilgan fashistlar partiyasi faollashib ketdi. 1921-yili
fashistlar harakati bir qadar rasmiy tus olib, davlatning siyosiy qudratini mustahkam-
lashga qaratilgan millatchilik tashviqotlari olib bordi. Fashistlar 1921-yilgi parlament
saylovlarida 30 ta oʻringa ega boʻldi. 1922yil oktyabrda fashistik guruhlarning mash-
hur Rimga yurishidan soʻng qirol
Viktor Emmanuel III Mussolinini hukumat boshligʻi
etib tayinladi.
Italyan fashizmi maxsus diktatura
sifatida totalitar va avtoritar belgilarga
ega edi. Uning mafkuraviy tizimi
katolit
sizm, anʼanaviylik, sotsializm gʻoyalari
bilan yo‘g‘rilgan millatchilik poydevori
ustiga qurilgandi.
Fashistlar barcha totalitar tuzumlar-
ga xos boʻlgan tajovuzkor siyosatni avj
oldirdi. 1935–1936yillarda Efiopiya,
Eritreya va Somalining bir qismi Italiya
mustamlakasiga aylantirildi.
1937-yili
Italiya Millatlar Ligasidan chiqdi va Ger-
maniya hamda Yaponiya bilan ittifoqqa
birlashib, oʻzining tajovuzkor siyosatini
davom ettirdi va Ikkinchi jahon urushi-
ning sababchilaridan biriga aylandi.
S
avodsizlikni tugatish, yangi tipdagi sovet maktablari
tizimini yaratish, xalq ziyoli kadrlarini tayyorlash, bol-
sheviklar nazorati ostida va markscha-lenincha mafkura aso-
sida fan, adabiyot va sanʼatni rivojlantirish, xalqning turmush
madaniyatini oshirish tarixda
madaniy inqilob nomini oldi.
Madaniy inqilob, oʻzining barcha ziddiyatlariga qaramas-
dan, koʻplab jiddiy muammolarni hal qildi. Aholining turmush
madaniyatini oshirish sari muhim qadam tashlandi. Savodsiz-
likka qarshi kurashda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Taʼlim
tizimi toʻliq isloh qilinib,
1930-yili majburiy boshlangʻich taʼlim
joriy qilindi. Biroq bu jarayonlar aholi ongiga kommunistik
mafkurani singdirish bilan qoʻshib olib borildi.