62
XX
asrda modernizatsiya jarayonini
boshlagan koʻpchilik mamlakatlar-
da yangi tipdagi siyosiy rejimlar shakl landi va
ular
totalitarizm nomini oldi. Bu mamlakatlar
jamiyat hayotida davlatning roli juda yuqoriligi,
jamiyatda yagona qadriyatlar tizimi, mafkura,
siyosiy dasturlar mavjudligi bilan ajralib turadi.
XX asrda bir-biriga qarama-qarshi turgan
ikkita totalitar mafkuralar –
fashizm va
bol
shevizm asosida totalitar davlatlar vujudga
keldi.
1917-yili Fevral inqilobi natijasida Rossiyada monarxiya agʻdarildi, ammo
bu mamlakatda demokratik tartiblar oʻrnatilishiga olib kelmadi.
1917-yil 7-no
yabrda amalga oshirilgan davlat toʻntarishi natijasida sovet hokimiyati oʻrnatildi.
V. Lenin boshchiligida bolsheviklar hukumati –
Xalq komissarlari soveti tuzildi.
1917-yili bolsheviklar hokimiyatga kelishi bilan boshlangan fuqarolar urushi
1922yilgacha davom etdi va unda 1 milliongacha kishi halok boʻldi.
Turkistonda
sovetlarga qarshi qurolli kurash 1930yillarning oʻrtalarigacha davom etdi. Fuqarolar
urushi davrida Antanta davlatlarining Rossiyaga qarshi bosqinchilik harakatlari ham
boʻlib o‘tdi, u chet el intervensiyasi nomini oldi.
1918–1922-yillari Sovetlar respublikasida iqtisodni boshqarishning harbiy usuli –
“harbiy kommunizm” siyosati oʻrnatildi. U fuqarolar urushida gʻalaba
qozonish
uchun mamlakatdagi barcha resurslarni safarbar qilishning favqulodda tizimi edi.
Bu davrda amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri