• Nevill Chemberlen
  • Uinston Cherchill
  • -yil noyabr – 1922-yil fevral




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    1921-yil noyabr – 1922-yil fevral oylarida Vashington 
    konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
    YODDA TUTING


    59
    Versal-Vashington 
    tizimi bu – ...
    1929-yil 24-oktyabrda ...
    1932-yil noyabrda ...
    1933-yili ...
    BILIB OLING
    Parij tinchlik 
    konferensiyasi
    Tashqi siyosatda AQSH 
    1933-yili SSSR bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi; 
    1935–1936-yillari neytralitet haqida hamda urushayotgan davlatlarga qurol yetkazib 
    berish va kredit ajratishni taqiqlash toʻgʻrisida qonunlar qabul qilindi. Ikkinchi jahon urushi 
    boshlanguncha 
    izolyatsionizm AQSH hukumatining ustuvor siyosati boʻlib qoldi.
    BUYUK BRITANIYA
    B
    irinchi jahon urushidagi gʻalaba Buyuk Britaniya uchun juda qimmatga tushdi. 
    Urushdan oldin kreditor boʻlgan Buyuk Britaniya AQSHdan va oʻz dominionlaridan 
    qarzdor boʻlib qoldi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari juda past boʻlib, inqiroz va turgʻunlik odatiy 
    holga aylandi. Ishtashlash harakati jiddiy tus oldi. Ishchilar ish haqining oshirilishi va ish 
    kunining qisqartirilishini talab qildilar.
    Shunday sharoitda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga 
    unchalik katta taʼsir qilmadi. 1934­yildan boshlab mamlakat inqirozdan chiqa boshladi. 
    1937–1940-yillari hukumatga konservatorlar yetakchisi 
    Nevill Chemberlen keldi. 
    1938-yili Myunxen kelishuvining imzolanishi natijasida Nevill Chemberlen 1940­yili 
    hukumat boshligʻi lavozimidan isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Hukumatni XX asr Buyuk 
    Britaniya tarixida juda katta rol oʻynagan siyosatchi 
    Uinston Cherchill boshqardi.
    FRANSIYA
    B
    irinchi jahon urushida erishilgan gʻalaba Fransiyaga ham qimmatga tushdi. 
    Bevosita urush harakatlari boʻlib oʻtgan Fransiya hududining uchdan bir qis-
    midagi sanoat korxonalari vayron boʻldi. Pul keskin qadrsizlandi, Fransiya AQSHdan 
    qarzdor boʻlib qoldi.


    60
    Mustaqil tarzda AQSH, 
    Buyuk Britaniya va 
    Fransiyaning oʻrta asrlar 
    tarixi bilan tanishing. Har 
    bir davlatning taraqqiyo­
    tiga xos boʻlgan jihatlarni 
    tahliliy qamrab oling. 
    Fikri ngizni kichik esse 
    tarzida yozing.

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish