65
1932-yili boʻlib oʻtgan saylovlarda natsionalsotsialistlar gʻolib chiqib, eng yirik par-
lament partiyasiga aylandi.
1933-yil 30-yanvarda prezident
Paul fon Gindenburg
reyxstag (parlament)da eng katta fraksiyaga ega boʻlgan natsionalsotsialistlar
yoʻlboshchisi – Adolf Gitlerni
reyxskansler (hukumat boshligʻi) lavozimiga tayinladi.
Veymar konstitutsiyasi bekor qilindi.
1934-yili prezident Gindenburg vafot etgandan
soʻng Gitler Germaniyaning
fyureri (dohiysi) boʻlib oldi.
Gitler totalitar rejimining asosiy maqsadi “noraso irqlarni” boʻysundirish, katta hudud-
larni egallash uchun Germaniyani urushga tayyorlashdan iborat edi. 1936–1939-yillari
Germaniya iqtisodiyoti toʻliq urush maqsadlariga boʻysundirildi, harbiy xarajatlar 10
barobar oshirildi, qoʻshinlar soni 1914yil darajasiga yetkazildi, harbiydengiz floti isloh
qilindi.
1935-yili umumiy harbiy majburiyat toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirdi. Germaniya
katta urushga tayyorlana boshladi. Germaniya totalitar rejimiga Italiya va Yaponiyadagi
shunday rejimlar ittifoqchi boʻldi.
G
ermaniya Birinchi jahon urushida magʻlubiyatga uchradi. Urushdan keyin bu
yerda inqilobiy voqealar sodir boʻldi.
1918-yil noyabrga kelib gʻalayonlar Ger-
maniyaning barcha yirik shaharlarini qamrab oldi. Germaniya respublika deb eʼlon qilin-
di.
1919-yil 31-iyul kuni
Veymar shahrida Taʼsis majlisi inqilobiy ommaning demokratik
talablarini qondiruvchi konstitutsiyani qabul qildi. Germaniya tarixida yangi –
Veymar
respublikasi davri boshlandi.
1919-yili Anton Dreksler Germaniya natsional-sotsialistik ishchi partiyasiga asos
soldi va shu yildan unga