• Farhod Abbos, Tunisda Habib Burgʻiba
  • Livi­ ya
  • ESGA OLING SHIMOLIY AFRIKA Birinchi va Ikkinchi jahon urushi Afrika qitʼasi uchun qanday yakunlandi O‘YLAB KO‘RING VA
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    -yil fevralda Buyuk Britaniya oʻz protektoratini bekor qilib, Misrning 
    toʻliq mustaqilligini tan oldi. 
    1923-yili qabul qilingan konstitutsiyaga 
    koʻra, Misr monarxiya deb eʼlon qilindi.
    1941-yili Misr hududiga Germaniya va Italiya qoʻshinlari kiritildi.
    Jazoir, Tunis va Marokash Fransiyaning mustamlakalari boʻlib, Birinchi jahon 
    urushidan keyin ham shu holat saqlanib qoldi. Jahon urushlari oraligʻida Jazoirda
    Farhod Abbos, Tunisda Habib Burgʻiba, Marokashda Abdul Karim boshchiligida 
    milliy­ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar gʻalaba qozonmagan boʻlsa­da, min-
    taqa xalqlari milliy va siyosiy ongining oʻsishida katta rol oʻynadi. 
    Ikkinchi jahon urushi yillarida koʻplab musul-
    monlar Fransiyani qoʻllab­quvvatladi, fransuz 
    armiyasi safiga kirdi. 1940­yili Fransiya magʻ-
    lubiyatga uchragandan soʻng Jazoir va Tunis 
    Germaniya va Italiyaning xomashyo bazasiga 
    aylantirildi.
    Birinchi jahon urushidan keyin Italiya 
    Livi­
    yaga koʻp ming kishilik qoʻshin kiritdi. Liviya 
    qarshilik harakati otryadlari Italiya qoʻshinlariga 
    qarshi kurash olib bordi. 
    1931-yili qarshilik 
    harakati bostirilib, uning rahbarlari qatl qilindi. 
    Liviya Italiyaning mustamlakasiga aylantirildi.
    Shimoliy, Janubiy va Markaziy 
    Afrika tushunchalariga izoh bering.
    ESGA OLING
    SHIMOLIY AFRIKA
    Birinchi va Ikkinchi jahon 
    urushi Afrika qitʼasi uchun 
    qanday yakunlandi?
    O‘YLAB KO‘RING VA 
    MANTIQIY XULOSA 
    CHIQARING
    Farhod Abbos


    75
    B
    irinchi jahon urushidan soʻng Afrikada infratuzilma obyektlari: temiryoʻllar, 
    bandargohlar, aloqa tizimi, shuningdek, Yevropa tipidagi maʼmuriy tashkilot-
    lar, maktablar, kasalxonalar qurildi. Missionerlik faoliyati orqali xristian dini tarqaldi.
    Afrikani modernizatsiyalash uchun intilishlar paydo boʻldi, Afrika anʼanaviy jamiyatiga 
    yevropacha unsurlar kirib keldi. 
    Iqtisodda aholining katta qismi avvalgiday anʼanaviy usulda kun kechirish bilan 
    band edi, qishloq xoʻjaligi ibtidoiy usulda olib borilardi, bir qism aholi hunarmandchi-
    lik, ovchilik bilan shugʻullanib, muntazam mehnat qilish malakasiga ega emasdi.
    Ijtimoiy sohada eski tuzum (katta oila, urugʻ, jamoa, qabila), qabila va jamoa bosh-
    liqlarining avvalgi iyerarxiyasi, urugʻlar va qabilalar oʻrtasidagi munosabatlarning 
    murakkab tizimi, qulchilik saqlanib qoldi; mahalliy tabib va kohinlarning obroʻsi hali 
    ham juda yuqori edi.
    Siyosiy sohada hatto yangi siyosiy institutlar paydo boʻlgan joylarda ham ular eski 
    siyosiy tizim asosiga qurildi, ularda qabila boshliqlari, kohinlar va shu kabilar asosiy 
    rol oʻynadi.
    Madaniy sohadagi muvaffaqiyatlar koʻpincha faqat tashqi koʻrinish edi xolos: xris-
    tianlik rasmiyat uchun qabul qilindi, mahalliy aholining ongi va xulqida avvalgiday 
    anʼanaviy madaniyat va ibtidoiy tasavvurlar hukmron boʻlib qolaverdi.
    Shu yillari ozodlik harakati mafkurasining shakllanishida, uning faollashuvida 

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish