80
G
ermaniya SSSRga hujum boshlashi bilan Buyuk
Britaniya bosh vaziri
U. Cherchill va AQSH pre-
zidenti
F. D. Ruzvelt sovetlar bilan birdamligini eʼlon qildi.
1941-yil avgustda AQSH va Buyuk Britaniya urush
payti va undan keyingi hamkorlik tamoyillari toʻgʻrisida
deklaratsiya –
Atlantik xartiyani imzoladilar. Bu hujjatni
imzolagan tomonlar hududiy va boshqa boyliklarni egal-
lab olishga intilmaslik, xalqlarning oʻz boshqaruv shaklini
erkin tanlash huquqini hurmat qilish, zoʻravonlik yoʻli bilan
suverenitetidan mahrum qilingan xalqlarning oʻz huquq-
larini tiklashga intilishini qoʻllabquvvatlash majburiyat-
larini oʻz zimmasiga oldilar.
1941-yil sentyabrda SSSR
Atlantik xartiyaning asosiy tamoyillarini qabul qildi.
Tinch okeanda Yaponiya boshlagan jangovar harakat-
lar AQSHning urushga qoʻshilishini va antigitler koalitsi-
yasining batamom shakllanishini tezlashtirdi.
A
QSH urushga qoʻshilishi bilan antigitler
koalitsiya davlatlari moddiy va insoniy
resurslarda soʻzsiz ustunlikka erishdi. Biroq
urushning borishida burilish birdaniga yuz ber-
madi.