83
G
ermaniyaning
Nyurnberg shahrida
1945-yil noyabrdan 1946-yil oktyabr
gacha fashist hokimiyati rahbarlari ustidan sud jarayoni boʻlib oʻtdi. Unda
Germaniyaning asosiy siyosiy va harbiy rahbarlari jazoga hukm qilindi. Tribunal
natsistlar partiyasining rahbariyatini, SS, SD kabi hujumkor otryadlarni va
gestaponi
(siyosiy politsiya) jinoyatchi tashkilotlar deb eʼlon qildi.
1946-yil maydan 1948-yil noyabrgacha Yaponiya poytaxti
Tokio shahrida yapon
agressiyasidan aziyat chekkan davlatlar vakillaridan tashkil topgan Xalqaro harbiy tri-
bunal urushda aybdor deb topilgan yapon harbiy jinoyatchilari ustidan hukm chiqardi.
Nyurnberg va Tokio sud jarayonlari
1. Oʻtkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asaridan olingan quyidagi
satrlarni oʻqing hamda mavzu bilan bogʻlagan holda esse yozing: “Urushda
gʻolib va baxtli podshoh, gʻolib va baxtli qoʻshin, gʻolib va baxtli davlat, gʻolib va
baxtli tuzum boʻlishi mumkin. Ammo gʻolib va baxtli odam boʻlmaydi. Negaki
urush odamni odam oʻldirishga majbur qiladi. Odam oʻldirgan odam esa hech
qachon baxtli boʻlmaydi”.
2. O‘zingiz istiqomat qilayotgan hudud (shahar, qishloq, mahalla)dagi Ikkin chi
jahon urushi qatnashchilari va faxriylari haqida taqdimot tayyorlang.