• ESGA OLING 88
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    O‘YLAB KO‘RING VA 
    MANTIQIY XULOSA 
    CHIQARING
    DEMOKRATIK ISLOHOTLAR
    “Umumiy farovonlik jamiyati”
    I
    kkinchi jahon urushidan keyin dunyoning eng 
    rivojlangan qismida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy 
    jarayonlar jamiyat hayotining muhim sohalarida 
    davlat rolining yanada ortib borishini belgilab berdi. 
    Markaziy va Gʻarbiy Yevropada parlament demokra-
    tiyasi tiklandi.
    G‘arb mamlakatlarida demokratiya deganda liberal 
    demokratiyani tushuna boshlashdi. Liberal demokra-
    tiya uchun erkin va tez-tez o‘tkaziladigan saylovlar, 
    qonun ustuvorligi, hokimiyatning bo‘linishi, shaxs 
    huquq va erkinliklarining (so‘z, vijdon, mulk erkinligi 
    kabilar) kafolatlanganligi xarakterli jihatlar bo‘lib qoldi.
    Tarix fanidagi 
    bilimlaringizga tayanib 
    demokratiya, fashizm, 
    parlament demokrati­
    yasi tushunchalariga 
    taʼrif bering.
    ESGA OLING


    88
    XX 
    asrning 60­yillari butun Gʻarb mamlakatlarini qamrab olgan shiddatli ev-
    rilishlar davri ayni paytda liberal islohotchilikning eng avj pallasi sifatida 
    tarixga kirdi. Bu davrda amalga oshirilgan yirik ijtimoiy oʻzgarishlar Gʻarb jamiyatining 
    qiyofasini oʻzgartirib yubordi, uning yangi bosqichga oʻtishi uchun imkoniyat yaratdi 
    va ayni paytda liberalizm imkoniyatlarining chegarasini ham belgilab berdi, radikalizm 
    faollashdi. 
    AQSHda 1960­yillari fuqarolar tengligi uchun harakat qizgʻin tus oldi. Koʻplab 
    joylarda qora tanlilarning namoyishlari boʻlib oʻtdi. Bunga qarshi oʻta oʻng harakat 
    vakillari siyosiy qotilliklarni amalga oshira boshladilar. 
    Fransiyada davlatning qatʼiy tartibga solish siyosati fransuz jamiyatining koʻplab 
    qatlamlarini norozi qildi. 1968-yil mayda Parij talabalarining namoyishi boshlandi. 
    Prezident tashabbusi bilan oʻtkazilgan referendumda saylovchilarning koʻp chiligi 
    prezidentni qoʻllamadi. Sharl de Goll isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi.

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish