87
A
tlantika okeanining ikki qirgʻogʻi – Gʻarbiy Yevropa
va Shimoliy Amerikada
shakllangan sivilizatsiya XX asrda
“Yevroatlantik sivilizatsiya” nomini oldi.
Bu sivilizatsiya uchun liberal-demo kratik qadriyatlar, jadal iqtisodiy rivojlanish va
xalq farovonligini doimiy yuksaltirib borish kabi jihatlar xosdir. 1950-yillarda G‘arb
davlatlaridagi iqtisodiy yuksalish tufayli Italiya, Germaniya Federativ Respublikasi,
Shvetsiya kabi mamlakatlar o‘z “iqtisodiy mo‘jiza”sini namoyish qildi. Ilmiy-texnik
inqilob ta’sirida iqtisodiyotda ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ular G‘arbiy Yevropa
mamlakatlarida integratsion jarayonlarni tezlashtirib yubordi. 1960yillarda Gʻarbning
rivojlangan mamlakatlarida xalq farovonligini oshirishning davlat kafolatlari tizimi ya-
ratildi, “umumiy farovonlik jamiyati”ni qurish gʻoyasi
paydo boʻldi, uni amalga oshirish boshlandi. Iqtisodiy
sohadagi muvaffaqiyatlar farovonlik davlati institutla-
ri va mexanizmlarining uzil-kesil shakllanishi uchun
sharoit yaratdi. Unda markaziy o‘rinni aholining kam
ta’minlangan qismiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish das-
turlari, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ta’lim va sog‘liqni
saqlash sohalarini qo‘llab-quvvatlash, pensiya ta’mi-
noti egalladi. Davlat barcha ijtimoiy qatlamlar uchun
teng imkoniyatlar yaratishning kafolatiga aylandi.
Davlat siyosati aholi keng qatlamlarining turmush
darajasini yuqori ta’minlangan qatlamning yashash
“Umumiy farovonlik
jamiyati”ning asosiy
yoʻnalishlari nimalar
dan iborat edi?