89
B
u inqirozning nishonasi 1970–1980-yillardagi
neokonservativ toʻlqin boʻlib, u koʻplab mam-
lakatlarda soʻl siyosiy partiyalar va harakatlar oʻz
mavqeyini yoʻqotishi, oʻng va konservativ kuchlar
gʻalaba qozonishi bilan xarakterlanadi.
1980-yili AQSHda
Ronald Reyganning hokimi-
yatga kelishi va 1984-yili qayta saylanishi, Buyuk
Britaniyada
Margaret Tetcher boshchiligidagi kon-
servativ partiyaning qatorasiga uch marta gʻalaba
qozonishi, GFR, Italiya va Fransiyadagi mahalliy va parlament saylovlari natijalari
bu kuchlar tomonidan ilgari surilgan shiorlar aholining keng qatlami istaklari bilan
hamohang ekanligini koʻrsatdi.
I
lmiytexnik taraqqiyotning birinchi toʻlqini
(1940-yillar oxiri – 1950-yillar) iqtisodiy infratuzil-
maga inqilobiy oʻzgarishlarni olib keldi. Iqtisodiyotning
aviakosmik, radiotelevizion va robot texnikasi kabi
yangi, ilmtalab, mehnat va energiya sarfini tejovchi
sohalari paydo boʻldi. Butun urushdan keyingi davr
uchun xos boʻlgan jihat harbiysanoat kompleksining
keng miqyosda rivojlanishi edi.
1970-yillarning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik ta-
raqqiyotning
informatsion yoki
telekommunikatsion
inqilob nomini olgan yangi toʻlqini boshlanishi bilan