• Talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash
  • VI. Talaba mustaqil ishining axborot ta’minoti




    Download 462,23 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet10/16
    Sana04.01.2024
    Hajmi462,23 Kb.
    #130031
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
    Bog'liq
    Курс иши қўлланма

    VI. Talaba mustaqil ishining axborot ta’minoti 
    4.1. 
    Talaba uchun muayyan fan bо‘yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli 
    kafedra professori (yoki yetakchi dosent) tomonidan о‘quv mashg‘ulotlarini 
    bevosita olib boruvchi о‘qituvchi bilan birgalikda tuziladi, hamda kafedra mudiri 
    tomonidan tasdiqlanadi. Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish 
    bо‘yicha dastlabki kо‘rsatma va tavsiyalar qayd etiladi. 
    4.2. 
    Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbaasi sifatida darslik 
    va о‘quv qо‘llanmalar, metodik qо‘llanma va kо‘rsatmalar, ma’lumotlar tо‘plami va 
    banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumot-
    lar, berilgan mavzu bо‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat 
    qiladi. 
    4.3. 
    Kafedra mudiri va tegishli fakultet dekani taqdimnomasi asosida oliy 
    ta’lim muassasasi raxbariyati talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy 
    axborot manbaa va vositalarini belgilaydi, talabalarga turli kutubxonalar, muzeylar, 
    tarmoq muassasalari va korxonalaridan mustaqil ish uchun zaruriy ma’lumotlar 
    tо‘plash yuzasidan sо‘rovnoma xatlarini rasmiylashtirib beradi, 
    4.4. 
    Oliy ta’lim muassasasi raxbariyati tomonidan talabalarga mustaqil 
    ishlarni о‘z vaqtida bajarish uchun kompyuter texnikasi va Internet tarmog‘idan 
    samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi. 
    V. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish va 
    baholash 
    5.1. 
    Har bir fan bо‘yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi 
    (ishchi о‘quv rejasiiing 10- ustunida keltirilgan) profsssor-о‘qituvchi shaxsiy ish 
    rejasining tashkiliy-uslubiy bо‘limida (1540 soat doirasida) qayd etiladi. 
    5.2. 
    Talaba kurs ishi (loyixasi)ni hamda malakaviy bitiruv ishi va magistrlik 
    dissertasiyasini tayyorlashga ajratilgan soatlar, professor-о‘qituvchi shaxsiy ish 
    rejasiniig о‘quv ishlari bо‘limida qayd etiladi. 
    5.3. 
    Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigai fakultet 
    dekani tomonidan tasdiqlanadigan konsultasiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi. 
    5.4. 
    Talabaning mustaqil ishi bо‘yicha konsultasiya soatlari guruh jurnalida 
    qayd etib boriladi. 
    5.5. 
    Talaba mustaqil ishini nazorat qilish о‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib 
    boruvchi о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. 


    5.6. 
    Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan 
    soatlarga mos reyting ballari bilan baholanadi va natijasi fan bо‘yicha talabaning 
    umumiy reytingiga kiritiladi. 
    5.7. 
    Talabaning - reyting kо‘rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi 
    bо‘yicha, an’anaviy guruh reyting oynasida va (yoki) fakultetning maxsus elektron 
    tarmog‘ida yoritib boriladi. 
    5.8. 
    Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash me’zonlari 
    tegishli kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi. 
    Mustaqil ishlarni baholash me’zonlari talabalarga о‘quv yili (semestri) boshlanishi 
    oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi. 
    5.9. 
    Mustaqil ish bо‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 55% dan 
    kam ball tо‘plagan talaba fan bо‘yicha yakuniy, nazoratga quyilmaydi. 
    5.10. 
    Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bо‘yicha о‘zlashtirishi 
    muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlari va fakultet ilmiy 
    kengashlarida muhokama etib boriladi. 
    5.11. 
    Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida rо‘yxatga olinadi va о‘quv 
    yili mobaynida saqlanadi. 
    Talabaning kurs ishi (loyixasi)ni xamda malakaviy bitiruv ishi yoki magistrlik 
    dissertasiyasini rо‘yxatga olish va saqlash tartibi tegishli meyoriy xujjatlar asosida 
    amalga oshiriladi. 
    5.12. 
    Oliy ta’lim muassasasida yuqori darajada baholangan talabalarning 
    mustaqil ishlari ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantiriladi. 

    Download 462,23 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




    Download 462,23 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VI. Talaba mustaqil ishining axborot ta’minoti

    Download 462,23 Kb.
    Pdf ko'rish