О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA KAFEDRASI
60540200-
AMALIY MATEMATIKA BAKALAVRIAT TA’LIM
YО‘NALISHLAR UCHUN FANLARDAN KURS ISHI VA MUSTAQIL
ISHLARNI TAYYORLASHGA DOIR USLUBIY QО‘LLANMA
2023 yil
I. Kurs ishi va unga qо‘yiladigan talablar
Kurs ishlarini bajarish va shakllantirish о‘rta va oliy pedagogika
muassasalaridagi eng muhim va istiqbolli ilmiy tadqiqot turi hisoblanadi. Talaba va
о‘qituvchining hamkorligida bо‘lg‘usi pedagogning shaxsi shakllanadi, dolzarb
pedagogik va metodik muommolarni hal qilish, ilmiy pedagogik va hisoblash
usullari faniga doir adabiyotlarni mustaqil tushunish, nazariy bilimlarni amaliyotda
qо‘llash kо‘nikmasi rivojlanadi hamda kurs loyihasining maqsadi talabalarni
mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish va olgan nazariy bilimlarini qо‘llashda
amaliy kо‘nikmalar hosil qilishdir.
Kurs ishi loyihasi mavzulari bevosita ma’lum amaliy masalalarga bog‘liq
holda, kafedra professor – о‘qituvchilari tomonidan belgilanadi va har bir talabaga
shaxsiy topshiriq sifatida beriladi. Kurs loyihasi kompyuter dasturi kо‘rinishida
bajariladi va CD diskda topshiriladi.
Kurs ishini bajarish о‘quv rejasida kо‘zda tutilgan va har bir talaba uchun
zaruriydir. Talaba kurs ishini bajarish natijasida о‘zining tadqiqot olib borish
imkoniyatini kо‘rsata bilishi kerak. Shu maqsadda bо‘lg‘usi о‘qituvchilar qо‘yidagi
malaka va kо‘nikmalarga ega bо‘lishi zarur:
|