a) ensiklopediyalar (masalan, hisoblash usullarining turli sohasiga doir);
b) izohli lug‘atlar: umumiy (matematik terminlar )
v) tadqiqot mavzusiga doir asosiy darsliklar va monografiyalarning
mundarijasi hamda fani.
Tushunchalarning izohi topilganidan sо‘ng alohida varaqalarda qayd qilinadi va
tahlil, qiyoslash, tasniflash, umumlashtirish usullari
yordamida mazmunan qayta
ishlanadi.
Tadqiqot mavzu bо‘yicha tavsilot yozishda kamida 20 ta manbadan(adabiyot)
foydalanish zarurdir.
Keyingi bosqichda kompyuterda hisoblashi.
Kompyuterda hisoblash ishining natijalari jadval, grafik, diagramma ko‘rinishlarida
taqdim qilinadi. Jadval, rasmlar ostiga qisqa tarzda izohlar keltirilishi lozim. Barcha
kо‘rgazmalar tartib bilan beriladi. Shu joyda, shuningdek, og‘zaki hisobotlardan
ham namunalar berish mumkin.
Ishdagi eng muhim nuqtalardan yana biri
xulosalarni muhokama qilish
jarayoni hisoblanadi. Bunda quyidagi savollarga javob topish zarur: Nima uchun
shunday bо‘ldi? Buning sabablari nimada? U yoki bu dalilni nima bilan izohlash
mumkin? Ishning bu bosqichida boshqa mualliflar tomonidan olingan nazariy va
amaliy
xulosalarni jalb qilish, ya’ni ular bilan о‘z shaxsiy xulosalarini qiyoslab,
taqqoslab kо‘rish, olingan ma’lumotlarni tushuntirish, izoxlash zarur bо‘ladi.
Natijalar asosiy matnda qanday tartibda berilgan bо‘lsa, ularni shu tartibda
xulosalab kо‘rsatish lozim.
Kurs ishinig xajmi A4
formatdagi, 20-25 varog‘dan iborat bо‘ladi. Har bir
sahifada 30 ta satr, xar bir satrda 60 ta belgi (sо‘zlar orasidagi о‘tishlar va tinish
belgilarini hisoblagan holda) bо‘lishi kerak.
О‘ngdan - 3 sm, chapdan - 1 sm, yuqoridan - 2,5 sm, pastdan - 2,5 sm joy
qoldiriladi. Sarlavha va sarlavhachalar asosiy materialdan 3 interval hajmda
ajratiladi va bosma harflar bilan yoziladi.
Ish
mantiqiy izchillikda, adabiy til normalarida yoziladi. Unda murakkab
qо‘shma gaplardan, shuningdek, о‘ta jо‘n tuzilgan
sodda gaplarni ishlatish
maqsadga muvofiq emas.
Mening kuzatishimcha, men hisoblaymanki, mening fikrimcha tarzida
1-shaxs birlik nomidan gapirish о‘rniga
Bizning kuzatishimizcha, biz hisoblaymizki,
bizning fikrimizcha kabi iboralardan foydalanish ilmiy etiketga to‘g‘ri keladi.
Kurs ishini yozishda yagona uslub saqlanishi, hozirgi о‘zbek (rus) adabiy
tilining orfografik, sintaktik va stilistik meyorlariga amal qilinishi lozim.