d) umumiy о‘rta maktab, akademik litseylar va о‘rta mahsus kasb-xunar
ta’limi muassasalari о‘quvchilariga ta’lim va tarbiya berishning dolzarb
muammolarini ishlab chiqishi zarur.
Kurs ishi mavzulari turli usullar yordamida belgilanishi mumkin.
1.
О‘qituvchi talabaning kurs ishi mavzusini belgilaydi. Agar о‘qituvchi
muayyan bir muammo bо‘yicha tadqiqot ishni olib borayotgan bо‘lsa, u shu mavzu
yuzasidan talabaga kurs ishi mavzusini berishi mumkin.
2.
Talaba о‘z amaliy faoliyatida duch kelayotgan
qiyinchiliklarni bartaraf
qilish uchun yordam beruvchi mavzu bо‘yicha ishlashi ham mumkin. Bu
yо‘nalishdagi mavzularni, odatda, OTMga kirguniga qadar pedagogik faoliyat olib
borgan yoki ish bilan о‘qishni birgalikda olib borayotgan talabalar tanlab oladilar.
3. Talaba о‘z qiziqishlariga mos keluvchi mavzular bо‘yicha ish olib boradi.
Talabaga mustaqil ravishda tadqiqot mavzusini tanlashida qо‘yidagi usullar yordam
beradi: