Kurs ishining himoyasi va baholash mezonlari




Download 462,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana04.01.2024
Hajmi462,23 Kb.
#130031
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Курс иши қўлланма

Kurs ishining himoyasi va baholash mezonlari 
Kurs ishining himoyasi ochiq ravishda о‘tkaziladi. Ish muallifi 10 min. 
davomida ish yuzasidan ma’ruza qiladi va о‘qituvchi-talabalarning savollariga 


javob beradi. Ma’ruzada muammoning о‘rganilish holati, tajriba-sinov ishlarining 
natijalari (agar о‘tkazilgan bо‘lsa), tadqiqotning istiqboli, xulosa va takliflar aks 
etgan bо‘lishi lozim. 
Kurs ishi kafedra tomonidan tayinlangan komissiyaga himoya qilinadi va 
qaydnomada ikki kishi imzo qо‘yadi. 
Kurs ishining himoya qilish natijalariga kо‘ra 
talabaning reyting daftarchasiga tegishli ball qо‘yiladi. 
Himoyada quyidagi 4-ilovadagi baholash mezonlariga e’tibor qilinadi. 
Kurs ishi talabaga kelgusi tadqiqotlarida asos bо‘lishida foydalanish mumkin. 
Juda yaxshi ball va e’tirofga ega bо‘lgan kurs ishlari boshqa talabalarga namuna 
sifatida metodik xonada saqlanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi 
tо‘g‘risida Namunaviy nizom 
I. Umumiy qoidalar 
1.1. 
Mazkur Nizom О‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 
yil 16 avgustdagi «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash 
tо‘g‘risida»gi 343-sonli qaroriga muvofiq kadrlar tayyorlash sifatini nazorat 
qilishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash 
tartibini belgilaydi. 
1.2. 
Talabaning mustaqil ishi о‘quv rejasida muayyan fanni о‘zlashtirish 
uchun belgilangan о‘quv ishlarining ajralmas qismi bо‘lib, u uslubiy va axborot 
resurslari jihatdan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida 
nazorat qilinadi. 


1.3. 
Oliy ta’lim muassasasida talabaniig haftalik mustaqil ishlarining umumiy 
hajmi bakalavriatning kunduzgi bо‘limida 22 soatni tashkil etadi. 
1.4. 
О‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi bо‘yicha tо‘plagan 
reyting ballari har bir fan bо‘yicha auditoriyadagi о‘quv ishlariga berilgan reyting 
ballari bilan birgalikda guruh reyting qaydnomasida, talabaning reyting 
daftarchasida va о‘qish yakunida bitiruvchiga taqdim etiladigan diplom ilovasida 
qayd etiladi. 

Download 462,23 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Download 462,23 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishining himoyasi va baholash mezonlari

Download 462,23 Kb.
Pdf ko'rish