Talabalar mustaqil ishini shartli ikkiga ajratish mumkin:
a) auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. O‘tilgan mavzuni qayta ishlash,
kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi;
b) auditoriyadan tashqarida
amalga oshiriladigan TMIlari, o‘quv dasturidagi
ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish,
amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot
xarakteridagi ishlar va x.k.
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib
borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot,
laboratoriya, seminar darslari)
tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida
odatda, nazorat ishlari olish savol-javob, suhbat,
munozara, amaliy topshiriqlarni
bajartirib ko‘rish va x.k. Usul- lardan asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy nazo-
rat) qilinadi.
Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirishi va
uyga berilgan topshirikqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish
darajasi e’tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida
o‘zlashtirilishi belgilangan mavzu bo‘yicha ma’lumot
va axborotlarni mustaqil
ravishda ishlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki
referat tarzida
rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy
topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish
jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati
darsdan tashqari paytlarda, maxsus
belgilangan konsultasiya soatlarida amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ishini baholash. TMI natijalari amaldagi "Oliy ta’lim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilishi va baholashning reyting tizimi
to‘g‘risidagi Nizom" ga asosan baholab boriladi.
Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha konsul’tasiyalar tashkil etish tartibi:
Talabalar mustaqil ishi (TMI) bo‘yicha konsultasiya
darsi auditoriyadan
tashqarida amalga oshirishga mo‘ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan
tegishli yo‘llanmalar berish va uni bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida
tashkil qilinadi.
TMI bo‘yicha konsultasiya darsi fanning kalendar- tematik rejasiga muvofiq
o‘tkaziladi.
Konsultasiya darsi tegishli fan o‘qituvchisi tomonidan o‘tkaziladi.
Fan o‘qituvchisi konsultasiya darsida qo‘yidagi ishlarni amalga oshiradi:
TMI topshiriqlarini bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanma beradi;
topshiriqni bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi;
tegishli adabiyotlar va axborot manbalarini tavsiya qiladi;
TMI yuzasidan
tayyorlangan ishlanma, hisobot, referat, hisob-kitob va
topshiriq natijalarini qabul qiladi xamda baholaydi.
TMI bo‘yicha konsultasiyalar o‘quv jarayonining 1 yoki 2 semenada tashkil
etilishiga qarab talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida
kafedra professor-
o‘qituvchilari tuzgan dars jadvaliga kiritiladi.