|
-мавзу: Ўзлаштиришнинг турли даражалари
|
bet | 8/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR 2-мавзу: Ўзлаштиришнинг турли даражалари
Asosiy savollar.
O’quv materialini o’zlashtirishning asosiy darajalari hakida tushuncha.
Ta’limga uch xil yondashuv. O’quv jarayonini loyihalashtirish.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar.
O’zlashtirish darajalari, ma’lumotni esda saqlash, xotirada qayta tiklash, reproduktiv o’zlashtirish daraja, produktiv o’zlashtirish daraja, ijodiy–izlanishli daraja, ta’limga uch xil yondashuv
III.Mavzuga oid muammolar:
Pedagogik texnologiya asosida tashkil qilingan o’quv jarayonida o’quv materialini o’zlashtirish darajalariga erishish uchun bir necha metodlardan keng foydalaniladi. Mana shu metodlardan ta’limning barcha turlarida foydalansa bo’ladimi? Ushbu metodlar o’rtasida mutanosiblikni aniqlang.
2. Ma’lum bo’lishicha ta’lim jarayonida uch xil yondashuv bo’lib, mana shu yondashuvlarda keng qo’llaniladigan uslublarni aniqlang va solishtiring
1- savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarga o’quv materialini o’zlashtirish darajalari haqida tushuncha berish, o’quv materialini o’zlashtirish darajalarini tasniflash, metodlar haqida tushuncha berish, ta’limga yondashuvlarni ta’riflash.pedagogik yangilikka va ijodkorlikka intilishni shakllantirish
Identiv o’quv maqsadi:
1. O’quv materialini o’zlashtirish darajalarini tushuntiradi.
2. O’quv materialini o’zlashtirish darajalarini tasniflaydi.
3. O’quv materialini o’zlashtirish darajalarini ta’lim jarayonidagi ahamiyatini izohlaydi.
Birinchi savolning bayoni.
Ma’lumki, pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir necha o’qitish metodlari ishlab chiqilgan: muammoli o’qitish, ish faoliyatini ifodalovchi uyinlar, rollar bajarish, kontekst o’qitish va xokazo. Ammo ular oliy ta’lim tizimida keng qo’llaniladi, deb bo’lmaydi. Buning sababi shunda bo’lsa kerakki, bunday har bir mashg’ulotga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko’zda tutadi, yuksak kasbiy mahoratni, ijodiy yondashuv va ko’p vaqtni sarflashni talab etadi. qoidaga ko’ra, har bir bunday mashg’ulot stsenariysi o’ziga xos xususiyatga ega va qaytarilmasdir.
Tubdan farq qiluvchi ta’lim turlarini ko’rib chiqamiz: og’zaki-illyustrativ, texnologik va izlanuvchan-ijodiy. Avvalo ularning umumiy jihatlarini taqqoslaymiz, keyinchalik esa boshqa boblarda pedagogik texnologiya elementlari bilan chuqurroq tanishamiz.
Har qanday jarayon - harakatdir, moddiy dunyodagi narsalar yoki hodisalarning asta-syokin o’zgarishidir. O’qitish jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ahloqiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir.
O’qitish jarayoni o’qituvchining va u rahbarlik qiladigan o’quvchilarning - ularda aqliy qobiliyatlarni o’stirish, dialektik dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish va hayotga tayyogarlikni amalga oshirish maqsadida - bilim, ko’nikma, malakalar tizimini ongli hamda puxta o’zlashtirishga qaratilgan ilmiy asosdagi ishlarning majmuasidir.
O’qitish jarayoni bilish nazariyasi asosida tarkib topadi. Hozirgi ilg’or pedagogika inson shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirishga tarbiya, o’z-o’zini tarbiyalash va ijtimoiy tajribadan iborat tizim sifatida qaraydi.
O’quv jarayonining mohiyati o’quvchi bilish faoliyatining mantiqi bo’lib, u birinchidan, bilish bizdagi bilimlarning yagona manbai bo’lib amaliyotni o’rganishdan boshlanishi, mavhum fikrlash asosida nazariyani umumlashtirish kerakligidan: ikkinchidan bilish olingan bilimlarni, nazariy umumlashtirishlarni insondagi bilimlar haqiqiyligining yagona ob’ektiv mezonlari sifatida ham xizmat qiladigan amaliyotga taqqoslash zarurligidan kelib chiqadi. O’quv jarayonini bilish jarayonini inson faoliyati sifatida psixologik-pedagogik jihatdan loyihalashga asoslanishini va olingan bilimlarni amaliyotda qo’llashni ham o’z ichiga oladi.
Hozirgi dasturlar ma’lumotning nazariy saviyasiga talablarni oshirishga, maktabda o’qishning dastlabki kunlaridan boshlab, bolalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishga, ularda fanlarning nazariy tushunchalarini hosil qilishga, umumlashtirish va mantiqiy mulohaza yuritish malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchilarning aqliy kamol topishi va to’g’ri tarbiyalanishi o’z-o’zidan amalga oshmaydi. Buning uchun pedagoglarning ma’lum darajada ta’sir ko’rsatishi ham nihoyatda zarur.
Hozirgi kunning talabi- o’quv jarayonini o’quvchilarda faqat takrorlashga doir fikrlashni emas, ijodiy tafakkurni ham shakllantirishdan iborat.
O’qitishning boshlang’ich davrida ta’lim mazmuni o’quvchilar tomonidan umumiy qonuniyatlarga binoan o’zlashtiriladi:
Idrok- tushunish (anglash)-qabul qilish (reproduktiv faoliyatda-yodda tutish)- yangi sharoitlarda foydalanish.
Rivojlantiruvchi ta’lim sharoitida idrok etishning o’ziga xos tomoni o’quvchining o’zlashtirilmagan sohani- tenglashtirish, taqqoslash, qonuniyatlarni aniqlash, qo’yilgan muammoni hal etishning turli yo’llarini izlab topish, o’quvchi uchun optimal bo’lgan usulni amaliy tarzda o’zlashtirishdagi aktiv faoliyat paytidagi o’quvchining sub’ektiv holati hisoblanadi, faoliyat natijasi sifatida o’quvchi axborotni o’zlashtiribgina qolmay, jamoa izlanishga va natijalardan qoniqishga aloqadorlik hissini sezadi, anglaydi.
Ma’lum, o’qitish bilimlarni o’zlashtirish va bilish yo’llarini tushunishni o’z ichiga oladi. Ta’lim - o’qishga rahbarlik qilish, o’quvchilarning bilish ishlarini boshqarishdir.
Ta’lim jarayonida bir qancha metodlar mavjud bo’lib, bu metodlar o’quvchilarning o’zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yordam beradi. O’quv materialini o’zlashtirishning bir necha darajalari mavjud.
O’quv materialini o’zlashtirish darajalarini keltiramiz:
Esga olish, xotirada tiklash – o’zlashtirish darajasi
Reproduktiv – o’zlashtirish darajasi.
Produktiv (unumli) – o’zlashtirish darajasi.
Ijodiy – o’zlashtirish darajasi
|
| |