• 3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
  • Identiv o’quv maqsadi
  • Uchinchi asosiy savolning bayoni
  • 2- ASOSIY SAVOL UChUN
  • - asosiy savol uchun nazorat topshiriqlari




    Download 1,16 Mb.
    bet6/66
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,16 Mb.
    #121215
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR

    2- asosiy savol uchun nazorat topshiriqlari:

    1. Pedagogik texnologiyalar dastlab qaerda joriy qilindi.

    A) AQShda
    B) Yaponiyada
    V) Singapurda
    G) Kanadada

    1. Pedagogik texnologiyalar qachondan boshlab joriy etildi.

    A) 60 yillarda
    B) 70 yillarda
    V) 80 yillarda
    G) 90 yillarda

    1. Pedagogik texnologiyaga bag’ishlangan dastlabki anjuman qaerda o’tkazildi.

    A) AQShda
    B) Yaponiyada
    V) Singapurda
    G) Maltada
    D) Ierusalimda

    1. Pedagogik texnologiyalarning taraqqiyotiga hissa qo’shgan olimlarni aniqlang

    A) B.Blum, D.Kratvol, M.Klarin, V.Bespalko, V.Slastenin.
    B) B.Blum, D.Ushinskiy, M.Klarin, G.Chernishevskiy
    V) B.Blum, D.Kratvol, M.Klarin, V.Bespalko, A.Makarenko G.Chernishevskiy
    G) G.Chernishevskiy, M.Maxmudov, A.Munavvarov, B.Farberman.
    Pedagogik texnologiyalarning asosiy tushunchalarini tushuntirib
    3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
    Yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalarini tushuntirish, pedagogik texnologiyalardan ta’lim tizimida foydalanishning ahamiyatini yoritish, ilg’or pedagogik texnologiyalarning istiqbollari haqida tushuncha berish, talabalarni fanga bo’lgan qiziqishini oshirish.
    Identiv o’quv maqsadi:

    1. Yangi pedagogik texnologiyalarning istiqbollarini o’rganadi.

    2. Ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning natijalarini taqqoslaydi.

    3. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarning isloh qilinishi izohlaydi.



    Uchinchi asosiy savolning bayoni:
    Ko’pgina mamlakatlar o’qitishda texnologik yondashuvdan foydalanib, o’quvchilar o’zlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiya bo’yicha sinov-tajriba tarzida o’qiyotgan 50 ming boladan 75% da an’anaviy o’qitishda faqat eng yaxshi o’quvchilar erishadigan natijalar qo’lga kiritilgan. Bir qator boshqa mamlakatlarda o’tkazilgan tajribalar o’qitishning bu tizimini qo’llash o’rtacha o’quvchiga odatiy o’qitishda 80-85 % o’quvchilar erishadigan natijadan yuqorirok natijaga erishish imkonini berishini ko’rsatdi.
    Pedagogik texnologiyani o’zlashtirish Singapur, Koreya va Yaponiyaga 9,13 yoshlik va oxirgi o’qitish yilidagi bolalar o’rtasida matematika bo’yicha dastlabki uchta o’rinni egallash imkonini berdi (TIMSS uchinchi halkaro matematika va ilmiy tadqiqotlar ma’lumotiga ko’ra). Bu dalil-isbotlar ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini oshirish uchun maktab o’qituvchilari va o’rta maxsus, kasb-hunar hamda Oliy ta’lim o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari pedagogik texnologiya metodlarini o’zlashtirib olishlari va amaliyotga joriy qilishlari lozimligidan dalolat beradi. Bu kadrlar tayyorlash milliy dasturining "yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib talabalarni o’qitishni jadallashtirish" talabiga munosib javob bo’ladi.
    1992 yil martida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoni bilan Oliy o’quv yurtlariga qabulni test asosida o’tkazish joriy qilindi. Bu ilgarilari foydalanish takiklangan yoki cheklangan pedagogik test sinovlarining ta’lim tizimiga keng joriy qilinishiga asos soldi. Hozirgi kunda Oliy va O’rta maxsus maktab muammolari institutida oliy o’quv yurtlari o’qituvchilariga pedagogik texnologiyani o’zlashtirishlarida yordam berishga da’vat etilgan o’quv sifati va pedagogik texnologiyalar bo’limi ishlab turibdi. Mazkur kitob uning faoliyatining dastlabki natijalaridan biridir.
    Hozirgi kunda pedagogika muxitida pedagogik texnologiyaga qiziqish kuchayganligi kuzatilmokda. Biz pedagogik texnologiyaning yaxlit tizimi nazariyasini bayon qilishni maqsad qilib qo’ymaganmiz. Vazifa maktablar, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy o’quv yurtlari o’qituvchilariga ta’limga texnologik yondashuv (mazkur nashrning cheklangan hajmi doirasida) to’g’risida minimal zarur axborotni berishdan iborat. Bunda pedagogik texnologiyaning mushtariyga texnologik yondashuv elementlarini o’zi maqsadga muvofiq, deb hisoblaydigan holatlarda o’z ish amaliyotiga joriy qilish imkoniyatini beradigan keng tarqalgan variantlarini baen qilishga ko’proq e’tibor beriladi.
    2- ASOSIY SAVOL UChUN NAZORAT TOPShIRIQLARI:

    1. Pedagogik texnologiyalarning bugungi kundagi istiqbollarini bayon eting.

    2. O’zbekiston Respublikasida oliy o’quv yurtlariga qabul qilishning test usuli qachon qo’llanila boshladi.

    A) 1990 yilda
    B) 1989 yilda
    V) 1992 yilda
    G) 1994 yilda

    1. Janubiy Koreyada pedagogik texnologiyalarga asoslanib o’tkazilgan tajriba-sinov natijalarini aniqlang

    A) 50-60%
    B) 85 %
    V) 75 %
    G) 80 %

    1. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan pedagogik texnologiyalarning yana qanday shakllari mavjud?




    Download 1,16 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - asosiy savol uchun nazorat topshiriqlari

    Download 1,16 Mb.