• II. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
  • Birinchi savol bo’yicha darsning maqsadi
  • Identiv o’quv maqsadlari.
  • Birinchi savolning bayoni. «
  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi




    Download 1,16 Mb.
    bet3/66
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,16 Mb.
    #121215
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR

    1- O’QUV MATERIALLARI


    Asosiy savollar.

    1. Texnologiya va texnologik jarayonlar haqida tushuncha.

    2. Pedagogik texnologiyalarning paydo bo’lishi, taraqqiyoti va asosiy tushunchalari.

    3. Ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishning istiqbollari.



    II. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
    Texnologiya, texnologik jarayon, pedagogik texnologiya, bixeviorizm, loyihalash, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, tizimli metod, innovatsion yondashuv, test, pedagogik-psixologik.
    III.Mavzuga oid muammolar:
    1. 1970-1980 yillarda AQShda pedagogik texnologiyalar oqimi paydo bo’ldi va tezda barcha ilg’or kapitalistik davlatlarni qamrab oldi. Bu harakat YuNESKO tomonidan qo’llab-quvvatlandi va bu sohada ilg’or pedagogik tajriba Bolgariya, Vengriya, Polsha, Rossiya kabi davlatlar pedagoglarini ham qiziqtirib qoldi.
    2.Zamonaviy ta’lim texnologiyasida tarixiy ta’lim metodlaridan foydalanishning qanday ahamiyati bor?
    3.Nima uchun chet el zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bevosita O’zbekistonga ko’chirib bo’lmaydi?
    4.Bixeviorizm yo’nalishiga pedagogik texnologiyalar qanday psixologiyaga asoslanishini tushuntiring.


    Birinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: texnologiya va texnologik jarayonlar haqida tushuncha berish, pedagogik texnologiya tushunchasining mohiyatini yoritib berish. O’qituvchilik kasbiga qiziqishni oshirish. Zamonaviy pedagogik kasb xususiyatlarini shakllantirish.


    Identiv o’quv maqsadlari.

    1. Texnologiya va texnologik jarayonlarning mohiyatini yoritadi.

    2. Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha beradi.

    3. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishning ahamiyatini tahlil qiladi.


    Birinchi savolning bayoni.
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ko’p karra takrorlanadi. Pedagogik texnologiyaning o’zi nima va u an’anaviy ta’lim metodlaridan nimasi bilan farqlanadi?
    Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg’or pedagogik texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo’llanilmokda. Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida o’qitishni boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta’lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baholashni o’zaro aloqada va bir-biri bilan bog’liqlikda loyihalash - ko’pincha an’anaviy o’quv jarayonida etishmaydigan narsalardir. Masalan, ko’p hollarda ta’lim, asosan, axborotni eslab qolishga yo’naltirilgan, ta’lim oluvchining bo’lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bog’liq bo’ladi. Boshqa misol: o’quv yurtlaridan birida ta’lim oluvchilar bilimlarini nazorat qilish metodini ma’muriyat barcha fanlar uchun bir xilda, ularni har birining xususiyatlarini hisobga olmay asossiz belgilangan. Afsuski, hozirgi kunda bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
    Pedagogik adabiyotda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar (V.Bespalko, V.Guzeev, V.Slastenin, B.Lixachev, I.Volkov, M.Choshanov, M.Klarin, I.Lerner, Ch.Yudin va boshqalar) ham keltiriladi, ammo ularning birortasi YuNESKO ta’rifi darajasiga ko’tarila olmaganlar. Aytib o’tilgan olimlar orasida pedagogik texnologiya to’g’risidagi axborotni MDX mamlakatlari, jumladan, O’zbekistonda tarqalishida V.P.Bespalko va M.V.Klarinlarning ta’siri kuchliroq. M.V.Klarin pedagogikadagi texnologik yondashuvning tarkibiy tuzilishi va mazmuni to’g’risida birmuncha to’laroq ma’lumotlarni e’lon qilgan.
    Pedagoglarning ish amaliyotida ba’zida texnologik kurilgan o’qitish metodlari emas, balki foydali bo’lsada allaqachon o’zlashtirilganlar "pedagogik texnologiya" tushunchasi bilan belgilanadi. Aslini olganda, pedagogik texnologiya - bu o’qitishga o’ziga xos bo’lgan yangicha (innovatsiya) yondashuvidir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.
    Pedagogik texnologiya ko’p jihatdan o’tmish mashhur pedagoglarining orzulariga mos keladi. Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy o’n ettinchi asrdayoq ta’limning "vaqt, fanlar va metodlarni mohirona taqsimlashdan" boshqa narsani talab qilmaydigan umumiy tartibini topishga harakat qilgandi.
    Komenskiy fikricha, idealda o’qitishning yagona mukammal metodi topilsa, "hamma narsa og’irliklari to’g’ri muvozanatlangan soatga nisbatan aniqrok, faqat ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bo’lgan bexatolik bilan ilgarilaydi".
    Jaxon pedagogika fani ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirini boshidan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar (sistema) nazariyasi, boshqaruv nazariyasi, boshqa fanlar muvaffaqiyatlarini birlashtirib, hozirda faol yangilanish (innovatsiya) jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermokda.
    Aytib o’tamiz, pedagogik texnologiya metodlari (o’zining boshlang’ich ma’nosida) dastlab o’qitishning harakatni tipik vaziyatdagi namuna (belgilangan qoida) bo’yicha o’zlashtirish talab etiladigan reproduktiv darajasi uchun ishlab chiqilgandi. Reproduktiv ta’lim har qanday ta’limning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi, u insoniyat jamg’argan tajribani aniq o’quv fani doirasida o’zlashtirish bilan bog’liq. Ta’lim uchun xuddi o’zlari singari mashg’ulotni yuqori darajada o’tkazishlariga imkon beradigan pedagogik yo’nalishni (tsiklni) ishlab chiqmagan. Sababi, balkim, o’tmishdagi mashhur pedagoglarning metodlari pedagog shaxsini ko’proq o’z ichiga olgan bo’lsa kerak. Izdoshlarda nimadir yaxshiroq chiqqan, ammo umuman olganda, asoschilarnikidek bo’lmagan.
    "Bizning pedagogik ishlab chiqarishimiz - yozgan edi A.S.Makarenko, - hech qachon texnologik mantiq asosida qurilmagan, u doimo axloqiy targ’ibga asoslangan. Aynan mana shuning uchun ham bizda ishlab chiqarishning barcha muhim bo’limlari: texnologiya jarayonini, ish bajarilishini hisobga olish, yaratuvchilik (konstruktorlik) ishi, moslamalarni qo’llash, nazorat, ishga tushirish, yaroqsizga chiqarish deganlar yo’q". (Ko’chirma V.Slastenin ishidan olindi, 1997 yil) .
    Sanoatda ijrochilar, agar ular texnik hujjatlar talablariga aniq rioya qilishsa, shakliga bog’liq bo’lmagan, natijasi kafolatli minglab texnologik jarayonlar ishlab chiqilgan. Sanoat texnologik jarayonining asosini detalning ishchi chizmasi va yig’uv birliklari chizmasi tashkil qiladi. Ular talablariga aniq rioya qilish detallarning o’zaro almashinuvchanligini ta’minlaydi, texnologik jarayonning takrorlanadigan operatsiyalari esa qayta tiklanadigan texnologik tuzilmani tashkil qiladi. Mana shuning uchun ham O’zbekistonda chet el texnologiyasi asosida ishlab chiqariladigan avtomobilning sifati Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan avtomobil sifatidan farq qilmaydi.
    Texnologiya - tushunchasi yunoncha «mahorat», «san’at», «tushuncha», «o’rganish» demakdir. Texnologiya tushunchasi ishlab chiqarish jarayonidagi texnologiya operatsiyalar va mahsulotni tayyorlash mazmuni (sirlari) bilan bog’langan. Texnologiya so’zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalar haqida bilimlar yig’indisi, shuningdek ob’ektda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlari tushuniladi.
    Ta’lim texnologiyasi ta’lim metodikasi tushunchasiga qaraganda kengroqdir.
    O’qituvchilar, talaba va o’quvchilar jamoasida o’zaro yordam, hamkorlik va ijodiy muhitni yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’rni beqiyos hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini har tomonlama mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qo’yish va ularga kafolatlangan holda erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi uzviy bog’langan komponentlar yig’indisi deb hisoblandi. Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda har bir o’qitiladigan mavzuga keng qamrovli loyiha ishlab chiqish bilan bir qatorda, o’quv-metodik majmua tayyorlash yo’lga qo’yildi. Majmuaning tarkibiga loyihaga qo’shimcha mavzuga dahldor bo’lgan barcha axborotlar, tarqatma materiallar, ma’lumotnomalar, manbalar, ulardan foydalanish metodikasi kiritildi.
    Pedagogik texnologiya deganda, texnologik (ishlab chiqarishdagi) yondashuvlarga aynan o’xshash bo’lgan ta’limda qo’yilgan maqsadlarga erishish kafolatlangan (yakuniy natijani olish) ta’lim jarayoni tushuniladi. Bunday ta’lim jarayoni texnologiyalashtirilgan deyiladi. Texnologiyalashtirilgan ta’lim jarayonida o’qituvchi shaxsiga bog’liq bo’lmagan faqat o’quvchi (talaba) ning shaxsi ehtyojlari, talablari va xislatlariga asoslangan ta’lim jarayonidir. O’quvchi (talaba) ta’lim jarayoni markazida turadi. Bunda darsni kim olib borayapti (tajribali o’qituvchimi yoki yosh o’qituvchimi) qat’iy nazar ko’zlangan yakuniy natija (maqsadga ko’ra) ga erishish kafolatlanishi lozim. Ta’limda o’qituvchi faqat ijrochi vazifasini bajaradi.
    Pedagogik texnologiya pedagogik (ijtimoiy) va texnologik (ishlab chiqarishdagi, muhandislik) yondashuvlar integratsiyasidir.
    Pedagogik texnologiyaga turli ta’riflar mavjud.
    YuNESKO ta’rifi: Pedagogik texnologiya – ta’lim berish va o’zlashtirish usullarini yaratish, qo’llash ularni yagona tizimga keltirish, yo’li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlar o’zlashtirilishining eng maqbo’l jarayonidir.
    Pedagogik texnologiyalardagi g’oya maktab faoliyati yoki har qanday ta’lim muassasi va ta’limning asosiy zvenosi bo’lgan ta’lim jarayonini boshqariluvchanligidir.
    T.Sakamoto (yapon mutaxasisi) ning fikricha pedagogik texnologiya bu pedagogikadagi fikrlashning tizimlash usulini qo’llash bo’lib, buni boshqacha qilib aytsak, ta’limni tizimlashtirish (sistemalashtirish) yoki «sinf ta’limini tizimlashtirish» dir.
    Ba’zida pedagogik ish tajribasida (avvalgi mavzularda keltirilgan) pedagogik texnologiyalarni allaqachon o’zlashtirilgan (ma’lum bo’lgan) hatto foydali bo’lgan ammo ta’lim metodikasi texnologik yaratilmagan (tuzilmagan) deb tushunishadi. Lekin pedagogik texnologiya o’ziga xos innovatsion yondashuvdir.
    Pedagogik texnologiya ta’riflarida asosiy tushunchalar, «tizimli metod» ekanligi qolgan barcha so’zlar pedagogik texnologiyaning tizim sifatidagi tarkibiy qismlarini ifodalaydi. Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyani o’qitishdagi boshqa yondashuvlardan farqlovchi bosh belgi hisoblanadi. An’anaviy o’qitish metodikasida bunday tizimli (sistemali) yondashuvga har doim ham rioya qilinavermaydi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta’lim berish metodlari nazorat va natijalarni baholashni o’zaro aloqada va bir –biri bilan aloqada loyihalash – ko’pincha an’anaviy (traditsion) o’quv jarayonidagi etishmaydigan holdir. Masalan, ko’p hollarda ta’lim asosan, axborotni eslab qolishga yo’naltirilgan, ta’lim oluvchining bo’lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bog’liq bo’ladi (oldingi mavzularimizdagi bilish faoliyati va bilish faoliyatini faollashtirish modeliga qarang). Yoki oliy o’quv yurtlarida ba’zan ma’muriyat tomonidan talabalar bilim olishi sifatini nazorat qilish metodini barcha fanlar uchun bir xil ya’ni har bir fanning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olmasdan asossiz belgilashadi. Demak, ta’lim o’quv jarayonida belgilangan maqsadlar, mazmun, metodlar, vositalar va shakl kabi metodik tizim elementlari orasida uzviylikka rioya qilinmaydi. Natija ta’limda uzluksizlik ta’minlanmasligiga olib keladi (ta’lim uzluksizligi haqidagi avvalgi mavzularimizdagi modelga qarang). Pedagogik texnologiyalarda bo’larga albatta rioya qilinishi nazarda tutiladi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra YuNESKOning ta’rifi ko’proq mos keladi.
    «Yangi pedagogik texnologiyalar» - psixologik va pedagogik bilimlar tarmog’ida mustaqil fan sifatida shakllanishi va bu fanning o’rni, mohiyati, fanning tarkibi, maqsadi hamda vazifalari respublikamizdagi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonuni asosida yuqori malakali oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga muvofiq belgilangan.
    Bu Yu.K.Babanskiyning 1990 yillargacha mavjud o’quv jarayonlarini ekstensiv (soddalashtirish) yo’nalishda o’quv mazmunini maydalashtirish, fanlar sonini ko’paytirish kabi yondashuvlarning samarasizligini ta’kidlab, o’zining o’quv jarayonini jadallashtirish (intensivlash) samarali natijaga (o’quv suratini oshirish) ya’ni ta’limdagi maqsadlarni kuchayishiga o’quvchilarning ta’limdagi faolligiga, ta’lim maqsadlarini amalga oshiruvi o’qituvchining qo’ygan maqsadlar kompleksi orqali olib kelishini asoslaydi. Ta’lim jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari: ta’lim maqsadlarini kuchaytirish, o’quv motivatsiya (qiziqtirish)ni kuchaytirish, ta’lim mazmunidagi axborot sig’imini kengaytirish, ta’limda faol metod va shakllarni qo’llash, o’quv amallarini bajarish suratini oshirish, o’quv mahoratini rivojlantirish, ta’limda kompyuter va boshqa texnika vositalarini qo’llash.
    Lekin bu an’anaviy ta’limdagi ishlar manzilga uzoq va notekis yo’l bilan gohida adashib ketayotgan yo’lovchining harakatiga o’xshaydi. Ilg’or davlatlardagi pedagogik texnologiya esa bu ko’zlangan manzilga tezroq borayotgan va qisqa yo’l tanlangan harakatga o’xshaydi.



    Download 1,16 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi

    Download 1,16 Mb.