|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 5/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Ikkinchi asosiy savolning bayoni:
Takrorlanadigan tuzilmani pedagogikada yaratish qiyin. Bunga o’quv (ta’lim-tarbiyaviy) vazifalarning xilma-xilligi, ta’lim mazmunining bo’laklari va o’quv materiali turlarining har xilligi, ularni bilish faoliyati uslubining bir xilda namoyon bo’lmasligi va ko’plab boshqa omillar to’sqinlik qiladi.
Shunday bo’lsada, AQShda taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerroll, J.Blok, L.Anderson va boshqalar harakati bilan rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlaydigan, takrorlanadigan pedagogik tuzilmani o’z ichiga olgan pedagogik texnologiya ishlab chiqilgandi.
T.S.Nazarova qayd etib o’tganidek (1997 y.), 70-yillar boshlarida rivojlangan mamlakatlar - AQSh, Yaponiyada pedagogik texnologiya masalalari bo’yicha jurnallar chiqarila boshlangan, keyinchalik bu muammo ustida ixtisoslashgan muassasalar (masalan, Buyuk Britaniya va AQShda pedagogik texnologiya bo’yicha milliy kengashlar) ish boshlagan .
Sanoatda "yuksak texnologiya" iborasi bor. Ular, odatda, juda murakkab bo’ladi, katta sarmoyalar sarflanishini talab qiladi, fanning so’nggi yutuqlariga asoslanadi, xodimlardan maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Shunday bo’lsada, ular mahsulotning yuqori sifati va raqobatbardoshligini, pirovard oqibatda salmoqli foydani ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyani o’qitishdagi "yuksak" metodologiya katoriga kiritish mumkin, ammo uning joriy qilinishi katta sarflarni talab qilmaydi. Ta’lim sifatining kaliti pirovard oqibatda alohida o’quv yurti va aniq o’qituvchi deydigan bo’lsak, pedagogik texnologiyani o’zlashtirish, asosan, pedagoglarni o’qitishni talab qiladi. Mazkur predmetning maqsadi ularga bunday ishda yordam berishdir.
70-80- yillarda AQShda yuzaga kelgan pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqaldi, YuNESKO kabi nufuzli tashkilot ham qiziqa boshladi. Texnologiya yordamida erishilgan muvaffaqiyatlar to’g’risida nafaqat AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya vaqillari, balki Kosta-Rika, Filippin, Turkiya, Malta vaqillari ham ma’ruza qildilar. YuNESKOning navbatdagi anjumani 1997 yilda Manila (Filippin Respublikasi)da, 1998 yilda Kanada (Nyufaundlend)da o’tkazilgan.
Yuqorida aytib o’tilganidek, ta’lim samaradorligini oshirishga texnologik yondashuv o’ttiz yillar mukaddam AQShda paydo bo’lgandi. Bu munosabatda bir qancha savollar yuzaga keladi. Nima uchun biz shu kungacha jahon pedagogika fanining bu sohadagi yutuqlari to’g’risida juda kam narsa bilamiz? Nima uchun pedagogika oliy o’quv yurtlarining talabalari pedagogik texnologiyani o’qimaydi? Nima uchun bu muammo bo’yicha adabiyotlar tanqis?
Sababi shundaki, pedagogik texnologiya (bu iborani birlamchi tushunishda) bixeviorizm g’oyalariga asoslanadi. Bu yo’nalishning psixologiyadagi eng muhim qoidasi organizmni qo’zg’atgich (stimulyatsiya) bilan uni bu ko’zgatgichga javobi o’rtasidagi aloqa bir ma’noliligining so’zsiz tan olinishidir. Bu ta’lim jarayonini tajriba-sinov tarzida o’rganishga ham, bu jarayonni boshqarishga ham bir xilda daxldordir. Biz organizmda sodir bo’layotgan ichki jarayonlar (shu jumladan, psixik jarayonlar to’g’risida ham) to’g’risida tashqi kuzatiladigan harakatlarni tahlil qilmay turib hech narsa bila olmasligimiz shubhasiz dalil ekanligidan kelib chiqsak, bixevioristlar ko’zgatgich bilan javob ta’sir o’rtasidagi aloqani o’rganish bilan cheklanadi. Bu cheklanish bixeviorizm ahamiyatini kamaytiradi, chunki har qanday nazariya bevosita kuzatishdan yashiringan u yoki bu qonuniyatlarni bilishni nazarda tutadi.
Yaqin o’tmishda bixeviorizm mafko’raviy sabablariga ko’ra burjuaziya faniga kiritilgan va shuning uchun inkor etilardi. Masalan, 1954 yilda M.Rozental va P.Yudin tahriri ostida chiqqan "qisqa falsafiy lug’at"da bunday deyiladi: "Bixeviorizm (ing. behaviour-xulk-atvor) - AQSh zamonaviy burjua psixologiyasida hukmronlik qiluvchi reaktsion oqimlardan biri".
Aytib o’tamiz, bu lug’atda quyidagi "durdona" ham bor: "Kibernetika (grekcha so’z bo’lib, "yo’naltiruvchi", "boshqaruvchi" degan ma’nolarni anglatadi) AQSh da ikkinchi jahon urushidan so’ng paydo bo’lgan, boshqa kapitalistik mamlakatlarda ham keng tarqalgan reaktsion qalbaki fan...". To’g’ri, yillar o’tishi bilan bixeviorizm to’g’risida aytilgan gaplar ohangi jiddiy o’zgardi. Masalan, A.V.Petrovskiy va M.G.Yaroshevskiy tahriri ostida chiqqan (1990) "Psixologiya" lug’atida "...Bixeviorizm g’oyalari tilshunoslik, antropologiya, sotsiologiya, semiotikaga ta’sir ko’rsatdi va kibernetika manbalaridan biriga aylandi. Bixevioristlar xulq-atvorni o’rganishning empirik va matematik metodlarini ishlab chiqishga, bir qator psixologik muammolarning qo’yilishiga muhim hissa qo’shdi. Bixeviorizmning psixologiya ilmiy iboralarini rivojlantirishdagi asosiy ahamiyati harakat (ta’sir) tushunchasining ishlab chiqilishidadir. Bu oldingi nuqtai nazarlarda faqat ichki harakat yoki jarayon deb qaralgan bo’lsa, bixeviorizm unga tashqi, tan (badan) reaktsiyalarini ham kiritib, psixologiya sohasini kengaytirdi".
AQShda "bixeviorist" (xulk-atvor bo’yicha mutaxasis, testolog) - juda nufo’zli, yuqori xak tulanadigan kasb hisoblanadi. J.Uotson, E.Torndayk, S.Pressi, B.Skinner pedagogik texnologiyaga zamin tayyorlagan. Ularni dasturlashtirilgan o’qitishning "otasi" deyishadi. Shu narsa e’tiborni o’ziga tortadiki, 1970 yilda bixeviorizm "burjuaziya" fani deb rasmiy bo’lganaetgan davrda N.D.Nikandrov o’zining "Dasturlashtirilgan o’qitish va kibernetika g’oyalari" asarida E.Rodkopf tadqiqotlarining natijalarini keltirdi, ular "bixeviorizm doirasida ham qizikarli va foydali ishlar paydo bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi, bixeviorizmning nazariy ta’limotiga umumiy salbiy munosabat, bixeviorizm namoyandalarining nazariy ishlanmalarini o’rganishning inkor etilishini anglatmasligi kerakligini ta’kidlagan edi.
Bixeviorizmni inkor etish Amerika va sobiq sovet pedagogikasi o’rtasida ta’lim nazariyasiga turlicha yondashuvlarning sababi bo’ldi. Rossiya Pedagogika Entsiklopediyasida (1993) aytib o’tilganidek "zamonaviy ingliz-amerika pedagogikasida "didaktika" atamasi ishlatilmaydi, ta’lim nazariyasi esa asosan pedagogik psixologiya bo’yicha asarlarda ishlab chiqiladi va bayon qilinadi".
Amerika pedagogik psixologiyasi didaktikaning ko’pgina akliy va onglilik qoidalaridan farq qilib, eksperimental psixologiyaning aniq metodlariga asoslanadi va shuning uchun amaliyotga keng yo’l beradi. Aytish lozimki, keyingi o’n yilliklarda o’qitishga bunday ikki nazariy yondashuvlarning bir-birini boyitishi kuzatilmokda. Bixevioristlar asarlari testologiyaning qaror topishiga olib keldi, amalda bo’lgan qattiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimida xuddi pedagogik texnologiya kabi kelib chiquvchi barcha oqibatlari bilan "burjuaziya" fani doirasiga kiritilgandi. Mustaqil O’zbekiston MDH mamlakatlarida birinchi bo’lib olimlar uchun chet el fanining amalda o’zini oqlagan natijalarini, tabiiyki, O’zbekiston an’analari va tajribasini nazarda tutib anglash, tanlab olish va foydalanish imkoniyatlarini yaratib, jahon pedagogika faniga "darcha" ochdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|