|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 9/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Esga olish, xotiraga tiklash - o’zlashtirish darajasida har qanday o’rganilayotgan materialni izohlash yoki asoslash uchun zarur bo’lgan o’quv materiali (mazmuni) ni o’zlashtirilishidir. Bu materialdagi hodisalar yoki voqealar bir – biri bilan bog’lanishda va rivojlanishda bo’lib, albatta avvalgi o’rganilganlariga asoslanadi, hamda uni takrorlash va esga olish yoki xotiraga tiklash lozim bo’ladi. Buning uchun materialni bayon qilishda ko’rgazmalilikdan foydalaniladi.
Reproduktiv – o’zlashtirish darajasida bir turdagi masala yoki mashqlar (savollar) ni namunaga (tayyor echib ko’rsatilgan) qarab echa olishga mo’ljallangan o’quv materialiga aytiladi. Reproduktiv metod ham bor. Bu metod namunaga qarab o’quv materialini o’zlashtirish metodidir. Har qanday materialni bayon qilishda yoki bu materialni tezroq tushunish uchun (darsliklarda beriladi) tayyor echib ko’rsatilgan metodik nuqtai nazardan qulay mashqlar berilishi hozir odatga aylangan. Bunday mashqlar o’rganilgandan so’ng boshqa namunaga o’xshamagan lekin namunaga qarab echilishi mumkin bo’lgan mashqlar tushuniladi. Mashqlar (savollar) namunadagi ya’ni reproduktiv usuldagi o’zlashtirishga mo’ljallangan o’quv materiali bo’lsa, bo’larni namuna bilan bir xil turdagi o’quv materiali deyiladi. Bu metod bilan har qanday materialni o’rganish qulay va materialni o’zlashtirishdagi dastlabki qadamlar bo’ladi. Lekin bu usulda olingan bilim o’quvchining esida turmaydi, ya’ni olingan bilim mustahkam bo’lmaydi. Bu bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish va uni amaliyot bilan bog’lash uchun esa boshqa metod ya’ni produktiv metoddan foydalaniladi. Reproduktiv metodda bilimlarni o’zlashtirish darajalari bir xil bo’ladi.
Produktiv (unumli) o’zlashtirish darajasi deganda nostandart (standart bo’lmagan, namunasi bo’lmagan yoki namunaga o’xshash bo’lmagan) ya’ni berilgan turdagi mashq bilan bir xil turda bo’lmagan vazifalarni o’zlashtirishga aytiladi. Bunday materialni o’zlashtirish uchun o’quvchilarning ma’lum darajada o’ylashlari va fikrlashlari talab qilinadi. Lekin bu material ma’lum almashtirishlardan yoki operatsiyalardan so’ng fikrlash yordamida yana namunadagi (vazifaga, standartga, reproduktiv darajadagi materialga) kelish mumkin. Buning uchun o’quvchilar topshiriq ustida ma’lum darajada mustaqil ishlashlariga to’g’ri keladi. O’qituvchi esa o’quvchiga fursat beradi va kerak bo’lganda yordam beradi. Reproduktiv o’zlashtirish darajasidagi holga qaytish uncha murakkab bo’lmasligi kerak. Materialni o’rganishda produktiv metoddan reproduktiv metodga qaytilaganda o’quvchi mustaqil faoliyat ko’rsatadi, ammo bunda to’la ma’nodagi ijodiy faoliyat ko’rsatmaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|