|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 10/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Ijodiy o’zlashtirish darajasi (yoki qisman ijodiy) o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini turli holatlarda tadbiq eta olish, masala echishning turli yo’llarini izlash (o’qituvchi ko’rsatmagan, aytmagan metodlar)ni qo’llashga asoslangan o’quv materialiga aytiladi. Bunda ijodiy metod qo’llaniladi. Ijodiy metod, muammoli metodlar sinfiga kiradi. Misol uchun ma’ruza bilan chiqish, munozara qilish, mustaqil ishlar tayyorlashda ijodiy metod qo’llaniladi, shu bilan birga yuqorida keltirilgan esga olish va xotirada tiklash, reproduktiv, produktiv va ijodiy o’zlashtirish ham biz yuqorida keltirilgan ta’lim maqsadlari (ta’limning umumiyligi, tarbiyaviyligi va rivojlantirishligi) birlashib kompleks holda keladi.
O’quv materialini o’zlashtirish darajalariga erishish uchun ta’lim jarayonida bir qancha metodlardan foydalaniladi.
Muammoli ta’lim metodlari
O’quvchilar fanning turli sohalaridan kengroq ma’lumot o’rganishi, o’zlashtirishi bilan birga hayotga ijodiy munosabat malakalarini tarkib toptirish kerak. Ana shu maqsadda o’qitishni o’quvchilarning u yoki bu shakldagi ta’limiy faoliyati tadqiqodni eslatadigan, o’quvchilar uchun "kashfiyotlar " bilan tugaydigan, ya’ni mustaqil holda xulosa chiqaradigan va qandydir amaliy vazifani hal qiladigan metodlarga asoslanish zarur. Muammoli ta’lim masalalari bo’yicha juda ko’p pedagoglar, didaktlar, olimlar tadqiqod ishlarini olib borishgan. Masalan, Babanskiy, Lerner, Matyushkin, Maxmutov va boshqa olimlar.
Tadqiqod metodi
Bu metod, birinchidan, bilimlarni ijodiy qo’llanishini ta’minlashga, ikkinchidan, ilmiy bilish metodlarini izlash jarayonida mazkur metodlarni va ularning qo’llanishini o’zlashtirishga qaratiladi. Uchinchidan, ijodkorlik faoliyati hislatlarni shakllantiradi, to’rtinchidan, ana shunday faoliyatga qiziqish hamda ehtiyojni tarkib toptirishning sharti hisoblanadi.
Izlanishli metod (evristika)
O’quvchilarni asta sekin muammolarni hal etishga yaqinlashtirish uchun avvalo tadqiqodning ayrim bosqichlarini bajarishga o’rgatish, ularda asta-sekin ko’nikma qosil qilish zarar. Ushbu metodning muqim tomoni shuki, unda o’qituvchi muammoli masalani kichiq muammolarga ajratadi, o’quvchilar esa ana shu muammoni birgalashib bajaradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|