|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 13/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Texnologik yondashuv
Eng avvalo, ta’limga texnologik yondashuvning umumiy xarakteristikasi (qismlarga ajratmagan holda), ta’limning juda oddiy reproduktiv darajasi sifati misolida qaraymiz. Bunday variantning tanlanishi M.V.Klarinning "Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse" kitobida keltirilgan kontseptsiyaga mos keladi.
Ma’lumki, reproduktiv ta’lim o’quvchilarni yod olingan qoidalar asosida, bir xil vaziyatdagi namuna bo’yicha hatti-harakatlarini o’zlashtirish imkonini beradi. Shuni ta’kidlash joizki, hattoki o’quvchilardan bir xil vaziyatda bo’lmagan vazifalarni hal etish ko’nikmalarini talab etuvchi, ma’lum qoidalar kombinatsiyasi asosida echimning yangi sub’ektiv algoritmini ishlab chiqish zarur bo’lgan o’zlashtirishning produktiv darajasi ko’zda tutilgan taqdirda ham reproduktiv element ko’plab o’quv predmetlarining ichiga kirib borgan (ayrim hollardan tashqari).
Pedagogik texnologiya doirasida reproduktiv darajasidagi ta’lim aniq qayd etilgan va qismlari tavsiflanib, kutilgan natijalari bilan asl holicha qaytarish lozim bo’lgan konveyerli jarayon sifatida ko’riladi. O’quv materiali aniq qayd etilgan o’quv maqsadida mos holda ishlab chiqilgan, maxsus fragmentlarga (modullarga) ajratilgan, o’quv materialini tavsiya etishning alternativ yo’llarini ko’zda tutadi, har bir qismi test va qo’shimcha tuzatishlar kiritish bilan hamoxang bo’ladi. O’quv ishlari yuqori natijalarga erishishga qaratilgan. Bunday yo’naltirilganlik mashg’ul bo’lish, musobaqalashish va o’zaro yordamlashish elementlaridan halos emas. Shu bilan birga u butun ta’lim jarayonida reproduktiv xarakter beradi. Shuning uchun ham u minimum zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatishda ko’proq samara beradi. Texnologik yondashuvni qo’llash qo’yilgan o’quv maqsadlariga garovli erishish imkonini beradi. Bunday samara beruvchi mexanizmlar keyingi boblarda o’z aksini topgan.
Izlanishli yondashuv
Bundagi maqsad o’quvchilarda muammoni hal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani mustaqil o’zlashtirish, xatti-harakatning yangi yo’llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy ma’no kasb etishini rivojlantirishdan iboratdir.
Izlanuvchan ta’lim andozasining ta’lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o’zaro ta’siri shaxsni tadqiqotchilik yo’liga boshlash, uning jadal ijodiy faoliyati xarakteri bilan bog’liq.
Shu bilan birga pedagog ta’lim oluvchilar o’quv faoliyatini boshqarishda demokratik, rag’batlantiruvchi yo’l tutadi, ularning shaxsiy tugallanmagan tajribani mustaqil o’zlashtirish, hatti-harakatning yangi yo’llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy ma’no kasb etishini rivojlantirishdan iboratdir.
Izlanuvchan ta’lim andozasining ta’lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o’zaro ta’siri shaxsni tadkikotchilik yo’liga boshlash, uning jadal ijodiy faoliyati xarakteri bilan bog’liq.
Ta’kidlash lozimki, pedagogikada ham texnologik, ham izlanuvchan yondashuvlar zarur: ularning har birida qo’llaniladigan o’z o’rni bor va ularning optimal ravishda birga kushib olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Oldin eslatib o’tilganidek, bugungi kunga qadar rivojlangan davlatlarda ta’limning turli darajalari uchun pedagogik texnologiyaning andozalari ishlab chiqilgan, jumladan, produktiv va izlanuvchan - ijodiy ta’lim uchun, ular haqida keyinchalik so’z yuritiladi.
O’zbekiston pedagoglari pedagogik texnologiya bilan etarlicha tanish emaslar. Albatta, bu holatni tuzatish uchun jiddiy e’tibor ajratish zarur. Ko’p bosqichli ta’lim tizimida, yangi standartlar va dasturlar doirasida ta’lim eskirgan metodikalar bo’yicha olib borilishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ta’lim tizimi tuzilishidagi keng kamrovli islohotlarni Respublika pedagoglari ilgor pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va o’quv jarayonida qo’llash bilan mustahkamlashlari zarur. Avval ta’kidlanganidek, buning uchun pedagoglarni o’quv jarayoniga, texnologik yondashuvga o’rgatish talab etiladi, bu nafaqat foydalanish, balki uni O’zbekistonning tajribalari, an’analari, madaniyatini hisobga olgan holda rivojlantirish imkonini beradi.
Texnologik yondashuv doirasida yaratilgan didaktik loyihalash usullariga bo’lgan munosabatingiz o’quv jarayonini oqilona, ammo shu bilan birga ijodiy rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini baholashga yordam beradi.
Darsliklar yaratuvchi mualliflarning ham pedagogik texnologiya asosida o’qitishning xususiyatlarini hisobga olishlari juda muhimdir.
qayd etish joizki, an’anaviy o’quv jarayonida texnologik yondashuvni to’laligicha emas, balki elementlarini qo’llash (ularni o’zlashtirilgan va tegishli metodik ta’minotining tayyorgarlik darajasida) mumkin. Bu, eng avvalo, pedagogik texnologiyaning yadrosi, markaziy nuqtasi, deb joylash mumkin bo’lgan alohida o’quv maqsadlarini konkretlashtirish yo’llariga tegishlidir. Ular keyingi boblarda yoritilgan.
Pedagogik texnologiya paydo bo’lguncha qadar boshqa masalalar qatorida murakkab qurilma va jarayonlar o’rganiladigan ta’lim tizimi doirasida aynan ta’lim jarayonini etarlicha samarali proektlash (tuzish) qoidasi ishlab chiqilmadi. Bu bo’shliqni pedagogik texnologiya pedagogning loyihalashtirilgan o’quv jarayoniga ijodiy yondashuvi uchun keng o’rin qoldirgan holda to’ldiradi.
Pedagogik texnologiyaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o’quv maqsadlariga garovli erishish o’quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, yuzaqilikda emas, balki rejalashtirilgan natijani amalga oshirish imkonini beruvchi konstruktiv, ko’rsatmali sxemada o’z ifodasini topadi.
Maqsadga yo’naltirilganlik, jarayon natijalarini tashxisli tekshiruv, ta’limni alohida o’rgatuvchi epizodlarda bo’lib, tashlash - o’quv jarayonining barcha bunday qirralarini bugungi kunda ta’limni qayta ishlab chiqish tsikli g’oyasiga mujassamlashtirish imkoni tug’ildi.
U asosan o’z ichiga quyidagilarni oladi (bunda ular to’liq emas, tezis shaklida berilgan):
- ta’limda umumiy maqsadning qo’yilishi;
- tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga o’tish;
- o’quvchilarning bilim darajalarini dastlabki (tashxisli) baholash;
- bajariladigan o’quv ishlari majmuasi (bu bosqichda teskari bog’lanish
asosida zudlik bilan ta’limga tuzatish kiritish bo’lib o’tishi lozim);
- natijalarni baholash;
Bunday qayta ishlab chiqarilgan qurilma sharofati bilan o’quv jarayon "modulli" xarakterga ega bo’ladi, turli mazmun bilan to’ldirilgan, umumiy strukturaga mos holda ishlab chiqilgan bloklar, qismlardan iboratdir (1- rasmga qarang).
1-rasm. O’quv jarayonini loyihalash
Xaqiqatda ham bu butun o’quv jarayonida tulaligicha foydalaniladigan mazmunning (ta’limni nazorat qilish va tartibga solishning maqsadlari, aniq usullariga mos keluvchi variantlar bilan) yangidan-yangi qismlarida qayta-qayta takrorlanib qo’llaniladigan pedagogning tsiklik xatti-harakatlari algoritmidir.
O’quv maqsadlarining to’liq standartlashtirilishining me’eri qo’yidagicha bo’lishi mumkin:
a) yuqori, ammo mutloq emas; b) mutloq;
Birinchi holatda maqsadning murakkabligi tufayli uni to’liq kuzatuvchan xatti-harakatlar tipiga aylantirish imkonini bermaydi, tsikl tulaligicha qayta ishlab chiqilmaydi.
Ikkinchisida biz konveyerli jarayon bo’lgan ta’limning reproduktiv (ko’rsatmali) tipi bilan ish yuritamiz.
Shundan boshlaymiz:
O’quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning rejalashtirish bosqichida, etakchi pedagog-metodistlar guruhi pedagogik texnologiyaning qonun-qoida va printsiplari asosida uslubiy materiallarni ishlab chiqish paytlarida yuksak malaka talab etiladi. Materiallar tayyor bo’lgach, pedagog, asosan, tashkiliy va konsultativ (ijodiy qo’shimchalar kiritish imkonini saqlagan holda) vazifalarni bajaradi.
O’quv jarayonining barcha bosqichlarida butun sistemaning asosiy texnologik jihati - o’quv jarayonining so’nggi natijalariga yo’naltirilganligini kuzatish mumkin.
Umumiy ko’rinishda pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
- identifikatsiyalashgan o’quv maqsadlarini ishlab chiqish;
- o’quv maqsadlari (barchasini qamrab oluvchi tasnif) taksonomiyasi;
- o’quv maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga aylantirish;
- maqsadga erishish usullari (o’z ichiga bir necha qoida va printsiplarni oladi);
- erishilgan o’quv maqsadlarini baholash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|