|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 16/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Nazorat savollar:
1.O’quv jarayonida maqsad qo’yishning qanday turlari mavjud?
2. Ta’limiy jarayonning harakatlantiruvchi kuchi nima?
3. Maktabda o’qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadi haqida tushuncha bering.
4. Ta’lim jarayonida maqsad qo’yishning ahamiyatini izohlab bering
Ikkinchi asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi.
An’anaviy maqsad qo’yishning turlari bilan tanishtirish, M.Klarin bo’yicha maqsad qo’yishni o’rgatish. Pedagogik mahoratini oshirish, bo’lajak kasbiga bo’lgan muhabbatini oshirish.
Identiv o’quv maqsadlari.
1. M.Klarin bo’yicha maqsad qo’yishni o’rganadi.
2. An’anaviy maqsad qo’yish turlarini solishtiradi, farqini topadi.
3. Maqsad qo’yishning turlaridan foydalanib, bir soatlik dars maqsadini aniqlaydi.
3. Ta’lim jarayonida maqsad qo’yishning turlarini tushuntiradi.
Ikkinchi asosiy savol bayoni.
O’qitish jarayonida ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ajratish, bilimlarni o’zlashtirish hamda zarur shaxsiy sifatlarni shakllantirish uchun yaxshi sharoitlarni vujudga keltiradi. Darsda bilimlarni o’zlashtirish jarayonida qarashlar va ma’naviy sifatlar ham shakllanadi, ya’ni mazkur funktsiyalarning birligi va o’zaro bog’liqligi kuzatiladi.
O’qitishning ta’limiy funktsiyasi mazmunining boshqa bir jiati dalili o’quv materialini o’zlashtirishdir. O’qitishning ta’limiy maqsadini amalga oshirish o’quvchilarga beriladigan bilimlarning xarakteriga bog’liq. Ta’limiy maqsad qanchalik aniq belgilansa va u darsda olingan o’quv materialiga qanchalik muvofiq bo’lsa, darsda o’qitish metodini tanlash shunchalik oson bo’ladi.
O’qitishning ta’limiy maqsadi majmui ham berilgan bilimlar asosida shakllanadigan ko’nikmadan iborat bo’lib, bilimlarning xarakteri tegishli ko’nikmalar bilan belgilanadi.
O’qitishning tarbiyaviy maqsadi o’quvchilarda ijobiy qarash va e’tiqodlarni, ahloqiylik, irodalilik va hissiyotlarni shakllantirishdan iboratdir. O’qituvchi har bir darsda o’quv materialini o’rgatish jarayonida tarbiyaviy vazifaning ma’lum tomonini amalga oshiradi. Dunyoqarash, shaxsning axloqiy fazilatlari, hissiyotlar, irodalilik va boshqalarni tarkib toptirish uzluksiz jarayon bo’lib, uni aniq cheklangan qismlarga ajratish mumkin emas. Tarbiyaviy maqsadning natijalari ta’limiy maqsadning natijalari kabi muayyan va aniq bo’lmaydi. Tarbiyaviy maqsad turli o’quvchida turlicha amalga oshadi. Darsning tarbiyaviy maqsadi o’quvchi shaxsida muayyon axloqiy, estetik, emotsional va irodaviy sifatlarni shakllantiradi.
Har qanday o’quv materialini o’rganish o’quvchining kamol topishiga, undagi fikrlash mantiqining, bilish kuchlari va o’qish motivining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. O’qitishning rivojlantiruvchi maqsadini amlga oshirish tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish bilan o’xshaydi. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishdagi singari kamol toptirish vazifasini amalga oshirishda eng muhimi o’quvchining kamol topishga intilishini shakllantirishdir. Bitta darsda analiz, sintezning mantiqiy usullarini, mavhum fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, faol va mustaqil fikrlarni shakllantirish vazifasini qo’yish va amalga oshirish mumkin emas. Darsning kamol toptirish maqsadini amalga oshirish doimiy ravishda ma’lum g’oyalarni rejalashtirish va fikrlash mantiqini, faollik va bilishga qiziqishni rivojlantirishdan iboratdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|