|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 19/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Nazorat savollari.
1. O’quv jarayonida identiv o’quv maqsadini qo’yish dastlab qaysi davlatlarda amalga oshirildi?
2. Identiv o’quv maqsadi haqida tushuncha bering.
3. Identiv o’quv maqsadini qo’yishda qanday fe’llardan foydalanamiz?
4. Identiv o’quv maqsadi qo’yishning ta’lim jarayonidagi ahamiyatini ifodalang.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. O’quv jarayonida maqsad qo’yishni o’rganadi.
2. Ta’lim tizimida maqsad qo’yishning ahamiyatini yoritadi.
3. An’anaviy maqsad qo’yishning turlarini taqqoslaydi.
Mavzu bo’yicha ilmiy xulosalar:
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalasi so’ngi yillarda keng qamrovda amalga oshmoqda hamda uning o’ziga xos metodikasi shakllanmoqda. Ammo uzluksiz tarbiya texnologiyasini yaratish va uning tarkibiy qismi aqliy, ahloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiya texnologiyalarining milliy va umuminsoniy tarbiya, milliy g’oya, milliy mafkura asosida shakllantirish dolzarb ilmiy muammo bo’lib uzluksiz talim tizimida o’z echimini kutmoqda. Qolaversa, uzluksiz tarbiya texnologiyasini yaratish dunyo miqyosida hal etilmagan, hozircha maqola ko’rinishidan nariga o’tmagan fundamental muammoligicha qolib kelmoqda. Milliy-mustaqillik, o’tish davriga xos muammolar, bozor
iqtisodiyoti munosabatlari va jumladan fan va texnikaning
jadal rivoji, axborot texnologiyasini ta’lim mazmuniga ta’siri,
tarbiya mazmuni va mohiyatiga xos uzluksizlikni tadqiq etish
talabini keltirib chiqarmoqda. Tarbiya mazmunidagi
uzluksizlikni ta’minlash uning tarkibiy qismlarini (aqliy,
axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, kasbiy tarbiya va h.) izchil
ravishda to’ldirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Ammo
bugungi kunda milliy va umuminsoniy tarbiyada muayyan uzilishlar
ko’zga tashlanib turmoqda. Tarbiya texnologiyasi mohiyat — e’tiboran
shu uzilishlarni bartaraf etish yo’l — yo’riqlarini ilmiy
asoslab berishi lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|