|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 22/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Nazorat savollari.
1."Taksanomiya" tushunchasining mohiyatini izohlang.
2. Dastlabki taksanomiya qachon va kim tomonidan yaratilgan?
3.Amerikalik olim Gilford va B.Blum taksanomiyasining farqini izohlang.
4.O’quv maqsadlari taksanomiyalarining ta’lim jarayonidagi ahamiyatini yoriting.
Ikkinchi asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi.
Talabalarga B.Blum taksanomiyasi haqida tushuncha berish, B.Blum taksanomiyasining ahamiyatini yoritish, taksanomiyaning tartibini o’rgatish, o’quv maqsadlari kategoriyasiga mos keladigan fe’llar bilan tanishtirish, B.Blum taksanomiyasi kategoriyalarini amalda qo’llashga o’rgatish, talabalarni dunyoqarashini kengaytirish..
Identiv o’quv maqsadlari.
1.B.Blum taksanomiyasini o’rganadi.
2.B.Blum taksanomiyasining ahamiyatini misollar bilan izohlaydi.
3.O’quv maqsadlari kategoriyalariga mos keladigan fe’llarni aniqlaydi.
4.B.Blum taksanomiyasini amalda qo’llaydi
Ikkinchi asosiy savol bayoni.
B.Blum bo’yicha ta’lim maqsadlari taksanomiyasi dunyoda eng ko’p tarqalgandir. Bu test topshiriklarini ishlab chikuvchi shaxsga o’quv materiali elementini ta’lim maqsadlarining ma’lum kategoriyasi bilan taqqoslash imkonini beradi. Bunday hollarda B.Blum texnologiyasiga asosan umumiy maqsadlardan foydalanish mumkin. "Taksanomiya" tushunchasi ob’ektlarni o’zlarining tabiiy bog’liqligi va xosiyatlariga kura ierarxik (ko’pbosqichli) tuzilishi asosida klassifikatsiyalash va sistematizatsiyalashni anglatadi.
Pedagogik texnologiyalarda o’quv maqsadlarini qo’yilishi katta ahamiyatga ega. Bunday holat an’anaviy o’qitish metodikasida yuzaki xarakterda edi. Pedagogik texnologiyalarning an’anaviy metodikadan yana bir farqi o’quvchi va talabalarni mustaqil bilim olishiga jiddiy e’tibor beriladi. Endi pedagogik texnologiyalarda maqsadlar va nazorat topshiriqlarni belgilashda asosiy rol bajaruvchi Blum taksanomiyalari haqida kengroq to’xtalamiz. Blum taksanomiyalari quyidagi kategoriyalarga ega: bilish, tushunish, foydalanish, analiz, sintez va baholash. Bu kategoriyalarning har biriga qisqacha to’xtaymiz.
1. Bilish - bu kategoriya o’quv materialini eslab qolish va esga tushirishni anglatadi. Gap har xil shakldagi mazmun haqida borishi mumkin, konkret faktlardan yaxlit nazariyagacha. Bu kategoriyaning umumiy xususiyatiga taalluqli ma’lumotlarni eslash.
2. Tushunish – o’rgangan narsaning ahamiyatini tushuna olish qobiliyatining ko’rsatkichi bo’lib, o’quv materialini bir shakldan boshqa shaklga o’tkazish, ko’chirishga xizmat qilishi mumkin (masalan og’zaki shakldagi o’quv materialini yozma matematik shaklga ko’chirish). Tushunish ko’rsatkichi bo’lib, o’quvchilar tomonidan materialni tushuntirish, qisqa izohlash yoki hodisalarni keyinchalik bo’lib o’tishi haqida faraz qilish xizmat qiladi. O’qitishning bunday natijalari materialning oddiy eslab qolishdan ustun turadi.
3. Umumiy tushunchalar, qoidalar uslublardan foydalanish. Bu erda tushunchalar, qoidalar, uslublar, tamoillar, nazariyalaridan foydalanish kiradi. O’qitish natijalari tushunishga nisbatan materialni chuqurroq bilishni talab qiladi.
4. Tahlil (analiz) – butun narsani bo’laklarga, elementlarga bo’lish, bo’laklar gradatsiyasini (bo’laklar orasidagi izchillik), bog’lanishlarini, o’rnatish. O’qitish natijalari bunda yuqori darajada intellektual xarakterga ega bo’ladi, chunki materialning ichki mazmunini va tuzilishini aniqlashni talab qiladi.
5. Sintez - yangi strukturaga (tuzilish) erishish maqsadida elementlar (bo’laklardan) butun narsani tuzish. Bunda o’qitish natijalari ijodiy faoliyatni talab qiladi.
6. Baholash. Tanlangan maqsadlar asosida materiallar va uslublarni baholash. Bu kategoriya yuqorida qayd etilgan barcha kategoriyalar bo’yicha o’qitish natijalariga erishishni va shuningdek, baholovchi hukm chiqarishni nazarda tutadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|