|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 30/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Nazorat savollari.
1. Ta’lim jarayonida maqsad deb kimning faoliyati nazarda tutiladi?
2. Studentlar dars boshlanganda bilmay, so’nggida o’rgangan, agar shu darsda o’rgatilmaganda keyinchalik bu narsani qila olmagan ishlar nima deyiladi?
3. Vazifalarni aniqlashda nimalarga e’tibor qaratish muhimligini tushuntiring.
4. Maqsad va vazifalar haqida tushuncha bering va ularning farqini ayting.
Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi.
Test topshiriqlarini identiv o’quv maqsadlariga asoslangan holda ishlab chiqish yo’llarini ko’rsatib berish, ko’nikmasini hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari.
1. Identiv o’quv maqsadlarini test topshiriqlariga aylantirishning ahamiyatini tushunadi.
2. Identiv o’quv maqsadlarini test topshiriqlariga aylantirishning yo’llarini o’rganadi.
3. Identiv o’quv maqsadlarini test topshiriqlariga aylantirishda fe’llarning ahmiyatini anglab etadi.
4. Identiv o’quv maqsadlarini test topshiriqlariga aylantirishda fe’llarning mohiyatini asoslaydi.
Uchinchi savolning bayoni.
Avval aytganimizdek, o’quv maqsadlarini ro’yobga chiqarishda fe’l tanlash ham katta rol o’ynaydi. Masalan, og’zaki va yozma nutq jarayonidagi vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi fe’llardan foydalanish mumkin: so’z bilan ifodalab bermoq, yozib olmoq, natijasini chiqarmoq, ta’kidlamoq, aytmoq, o’qimoq, bo’g’inlarga bo’lmoq, hikoya qilmoq va xokazo.
"Bilmoq" fe’lining ma’nosini kengroq ko’rib chiqaylik: tasavvur qiling, siz o’quvchingizning Shaxrisabz shahri qaerda joylashganligini bilishini tekshirmoqchisiz. Bu bilimni aniqlash har xil yo’llar bilan o’tkazilishi mumkin. Shahrisabz shahri qashqadaryo viloyatida joylashganligini eslash, jug’rofiya xaritasidagi Shahrisabz nuqtasini ko’rsatish, uning kengligi va uzunligini aytish, Toshkentdan necha kilometr uzoqda joylashganligi va xokazo.
Misoldan shunisi ma’lum bo’ldiki, ushbu savolga har tomonlama yondashish mumkin. Shu sababli bir xil fe’llar umumiy ma’noni, ayrimlari esa konkret ma’noga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Agarda kutilgan o’quv natijalari vazifalar tarikasida berilgan bo’lsa, u holatda keyinchalik nazorat topshiriqlarga o’tkazilishi lozim. Bu topshiriqlar og’zaki, yozma yoki test holatida bo’lishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|