• Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi.
  • Identiv o’quv maqsadlari .
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi




    Download 1,16 Mb.
    bet33/66
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,16 Mb.
    #121215
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR

    Nazorat savollari.
    1. Bilish tushunchasining ta’rifini aniqlang.
    2. Bog’lanishlar qanday tashkil topadi?
    3.O’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish yo’llarini aniqlang va izog’lab bering.
    4.Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib olib borilgan darsni kuzating va o’quvchilarning bilim olish darajasini aniqlang.


    Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi.
    Bilim olishni kuchaytirishda qoidalarning ahamiyatini tushuntirish. Printsiplarga amal qilishning ijobiy tomonlarini o’quv maqsadiga erishishdagi o’rnini ko’rsatish. Talabalarda o’quv maqsadga erishishda printsiplarga amal qilish ko’nikmasini hosil qilishga o’rgatish.


    Identiv o’quv maqsadlari.
    1. Bilim olishni kuchaytiruvchi qoidalarni o’rganadi.
    2. Bilim olishni kuchaytirishda qoidalarning o’rnini ko’rsatadi.
    3. Bilim olishni kuchaytirishda har bir qoidani ta’riflaydi
    Ikkinchi savolning bayoni.
    Bog’lanishlar maksimal tashkil topishi uchun pedagogik texnologiyaning quyidagi qoidalari yo’naltirilgan:
    - Ekvivalent amaliyot qoidasi: o’qitish shart-sharoitlarida o’quvchilarning kutiladigan harakatlari test o’tkazish yoki imtihon vaqtida kutiladigan harakatlarga to’la mos keladi.
    - Analogik amaliyot qoidasi: o’quvchilar so’nggi fe’l-atvor bilan bir xil bo’lmagan, ammo o’xshash fe’l-atvor aktlarida mashq qilish imkoniyatiga ega.
    - "Natijalarni bilish" qoidasi: o’quvchiga har bir xizmatining natijasini zudlik bilan xabar qilish; bu printsip joriy baHolash asosida etadi (o’qitishda teskari bog’lanish printsipi).
    - Pedagog tomonidan ijobiy mustahkamlovchi reaktsiyalar qoidasi: o’quvchining Harakatiga reaktsiya ma’qul harakatlarni mustahkamlashi zarur; noto’g’ri harakatlar uchun tanbeh berilmaydi, balki konstruktiv, istakli tarzda sharhlanadi (masalan, "yana bir marta ifodalashga urinib ko’r" yoki "senga bo’lim mazmunini yana bir marta ishlab chiqish kerak"). Mazkur qoidalarning bir ma’noli tabiati o’qitishning reproduktiv tabiatini ifodalaydi.
    B.Skinner programmali o’qitish chegarasida o’quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida joriy etishda qo’llanilishi mumkin bo’lgan kator printsiplarni ilgari surdi. Ularning muhimlariga kuyidagilar kiradi:
    - kichik kadamlar. Bu printsipga kura o’quv materialini mumkin bo’lgan kichik kismlarga (kadamlarga) bo’lish maqsadga muvofiq;
    - javobni darrov tasdiqlash. O’quvchi to’g’ri javob berganligi (echganligi) haqidagi ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Buning uchun u o’zining javobini to’g’ri javob etalogi bilan takkoslashi kerak;
    - o’qitish sur’atini individuallashtirish;
    - murakkablikning asta-sekin ortishi;
    - bilimlarni differentsial mustahkamlash: o’qitish kadamini har bir umumlashtirishni turli mazmunli kontekstlarda takrorlash va etarli miqdorda puxta tanlangan misollar yordamida izohlash zarur.
    Sanab o’tilgan qoidalar va printsiplar maqsadlarga erishish usullari elementlaridan iboratdir.
    O’quv maqsadlariga erishish uchun o’qitishning turli modellari, shu jumladan, an’anaviy modellari ham qo’llanilishi mumkin. V.Guzeev (1998) ta’kidlaydiki, "konkret shart-sharoitlarning har bir tipi o’qitishning optimal modelini tanlashning qandaydir formal mezonlarning o’zi umuman mavjud emas, bugun bu to’la vakolatlilik, tajriba, sog’lom fikr, o’qituvchining sezgisi masalasidir...Pedagogik texnologiyalarning asosi - o’qitish natijalarini diagnostik va operatsional ifodalangan maqsadlar sifatida rejalashtirish va ta’lim jarayonining natijaliligini uzluksiz diagnostika qilish. Aniq va konkret qo’yilgan erishiladigan maqsadlar har bir momentda berilgani shart-sharoitlarda pedagogik xazinadan mos metodlarni, shakllarni, usullar va ularga erishish vositalarini tanlab olishga imkon beradi.
    O’zining taraqqiyotida pedagogik texnologiyalar jiddiy o’zgarishlarga uchradi. "Pedagogik texnologiya" so’z birikmasi - inglizcha an educational technology - "ta’limiy texnologiya"ning noaniq tarjimasidir. So’nggi termin pedagogik texnologiya termini o’rniga kirib kelmokda. Gap so’zning o’zgarishidagina emas, kontseptsiyada jiddiy o’zgarishlar yuz bermokda.
    Agar 60-80-yillar pedagogik texnologiyasida doimiy diagnostika zudlik bilan korrektsion choralar ko’rish uchun me’erdan og’ishni o’z vaqtida aniqlashni maqsad kilib kuygan bo’lsa, hozirgi ta’lim texnologiyasida diagnostika har bir o’quvchining rivojlanish tendentsiyasini erta aniqlash va bashorat qilishga karatilgan. Diagnostika natijalari bo’yicha har bir kadamdagi jarayon loyihalanadi.
    Shunday kilib, teskari boglanish ma’lumotini olish diagnostikani bashorat qilish bilan boglaydigan uzluksiz sintetik jarayon bula boradi. Bu jarayon inglizchadan tarjima qilganda "uzluksiz kuzatish" ma’nosini bildiradigan monitoring nomini oldi.
    Pedagogikada monitoring deganda "...o’quv jarayonini uzluksiz, uzok muddatli kuzatish va uni boshqarish tushuniladi. Pedagogik monitoring o’qituvchi va o’quvchini to’g’ri qarorlar chiqarishga imkon beradigan zarur axborot bilan ta’minlaydi. Ushbu holda tekshirish ob’ekti-o’quv-tarbiyaviy jarayonning natijalariga va kuyilgan maqsadiga erishishi uchun ishlatiladigan vositalardir. Pedagogik monitoring ular qanchalik ratsional va istiqbolli ekanligini aniqlaydi"



    Download 1,16 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi

    Download 1,16 Mb.