|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 35/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Mavzuga oid muammolar:
O’quv maqsadga erishishda har bir nazorat turlarini o’ziga xos xususiyati mavjudmi?
Ularning bir-biriga bog’liqligi va farqi nimada deb bilasiz?
Birinchi savol bo’yicha darsning maqsadi.
O’zlashtirishni nazorat qilishning ahamiyatini yoritib berish, har bir nazorat turining o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish, talabalarda o’quvchilar bilimlarini o’zlashtirishni nazorat qilish ko’nikmalarini hosil qilish .
Identiv o’quv maqsadlari.
O’zlashtirishni nazorat qilishining ahamiyatini o’rganadi.
O’zlashtirishni nazorat qilishining ahamiyatini tushunadi.
Nazorat turlarining afzalligi yoki kamchiligini aniqlaydi.
4. Har bir nazorat turlarini taqqoslaydi
Birinchi savolning bayoni.
O’zlashtirishni nazorat qilishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratni o’z ichiga oladi. Joriy nazorat uzluksiz teskari boglanishni ta’minlaydi, odatda baholashsiz o’tkaziladi, shunday qilib bilimlar shakllanishida ishtirok etadi. Shuni eslatamizki, pedagogik texnologiyada teskari boglanish nafaqat o’qitishning borishini korrektsiyalash uchun, balki o’quv maqsadlarini aniqlash uchun ham xizmat qiladi. Yakuniy nazoratda rejalashtirilgan o’quv maqsadlariga erishish baholanadi.
Nazorat og’zaki, yozma yoki test usulida bo’lishi mumkin. Bilimlarni nazorat qilishning bu turlarini qo’llashning xususiyatlarini qarab chiqaylik.
Og’zaki nazoratning afzalliklariga shaxsiy kontakt, o’qituvchining o’quvchi bilan tirik dialogi, uni aytadiganlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlarni yanada chuqurroq tekshirish uchun pedagog tomonidan qo’shimcha savollar berish imkoniyati kiradi. Pedagog tomonidan quyilgan savolga og’zaki javob berishga tayyorlanish doimo o’quvchining faol fikrlash faoliyati bilan bog’langan.
Yozma nazorat o’quv materialini o’zlashtirish darajasini hujjatli tarzda urgatish imkonini beradi, shuningdek o’quvchiga o’z fikrlarini qog’ozda baen qilish amaliyotini beradi. Ikki-uchta mustakil ekspertlarni ishlarni tekshirish uchun jalb qilish bilan o’tkaziladigan tashki yozma nazorat aniq mezonlar bo’lgan takdirda ob’ektiv bahoga yaqin baholashga imkon beradi. Ammo bilimlarni og’zaki va yozma nazorat qilishning an’anaviy usuli ma’lum kamchiliklarga ham ega:
- imtihonda o’quvchi imtihon biletining 3-4 ta savoliga javob beradi, baho esa hamma o’quv fanini bilish uchun qo’yiladi;
- farq qilish qobiliyati kuchsiz bo’lgan 5 ballik shkala ishlatilgan;
- og’zaki va yozma nazorat har doim ham bilimlarni baholashning ob’ektivligini, aniqligini va ishonchliligini ta’minlamaydi;
- og’zaki so’rov ko’p o’quv vaqti sarflanishini talab qiladi, yozma ishlar pedagoglarning ularni tekshirishga ko’p mehnat sarflashlari bilan bog’liq.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|