|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 28/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Identiv o’quv maqsadlari.
1. Nazorat topshiriqlarining mohiyatini o’rganib chiqadi.
2. O’quv maqsadiga erishishda nazorat topshiriqlarining moh iyatini anglab etadi.
3. O’quv maqsadiga erishishda nazorat topshiriqlarining ahamiyatini tushunadi.
4. Nazorat topshiriqlari orqali o’quv maqsadiga erishish yo’llarini aniqlaydi.
Birinchi savolning bayoni.
Pedagogik texnologiyaga asoslangan o’quv jarayonini tashkil etishda nazorat topshiriklarini tuzish maqsad (o’quv maqsadi) bilan uzviy bog’liq holda o’tkazilishi lozim. Bunday paytda o’quv reja va dars konspektlari (nazorat topshiriklardan so’ng o’tkazilgan darslar ham) samaraliroq bo’lgan holda o’qitishning maqsad va vazifalari bilan bog’liq bo’ladi.
Respublikaning ayrim o’quv yurtlarida yakuniy testga kiritilishi kerak bo’lgan test topshiriqlarining soni aniqlangan.
Agar test savollarining sonini tuzuvchining o’zi aniqlashi lozim bo’lsa, unda quyidagicha bo’lishi mumkin:
- joriy nazorat - 10-15 topshiriq (O’tkazish vaqti 10-15 daqiqa).
- oraliq nazorat - 25-30 topshiriq. 30-40 daqiqa.
- yakuniy nazorat - 50 va undan ortiq 1 soatdan 1,5 soatgacha.
Test topshiriklarini ishlab chikishdan oldin testning spetsifikatsiyasi to’ziladi. Odatda, u jadval tarikasida ishlanib, katorlari esa o’quv materiallarining bulinmalarini aks ettiradi. Bo’linmalar B.Blum taksanomiyasiga asoslangan o’quv maqsadlarining kategoriyalarini bildiradi.
Agar o’quv maqsadlarining katalogi va test spetsifikatsiyasi mavjud bo’lsa, test topshiriklari ishlanmalari yanada aniqlashadi.
Har bir xususiy maqsad test topshiriqlariga o’tkaziladi. O’quvchi xaqiqatdan ham ushbu topshirikni bajarishi va bu B.Blum taksanomiyasida ko’rsatilgan kategoriyaga to’g’ri kelishi lozim.
Nazorat savollari.
1. Joriy nazorat uchun test savolarning miqdori qancha bo’lishi kerak?
2.Oraliq nazorat uchun test savollarning miqdori qancha bo’lishi kerak?
3. Yakuniy nazorat uchun test savolarning miqdori qancha bo’lishi kerak?
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|