Termistor
– harorat ortishi bilan qarishiligi kamayadi, harorat kamayishi
bilan qarshiligi ortadi.
Pozistor
– harorat ortishi bilan qarshiligi ortadi, harorat kamayishi bilan
43
qarshiligi ham kamayaadi.
Termistorlarni yasashda elektronli elektr o`tkazishga ega bo`lgan yarim
o`tkazgichlar qo`llaniladi. Masalan, metallar, oksidlar va oksidlar aralashmalari.
Ba‘zi holatlarda termistorlarni oynali ballonlarga joylashtiriladi va maxsus
chulg‘am yordamida qizdiriladi. Bunday termistorlarni bilvosita qizdirishli
termistor deyiladi.
Termorezistorlar haroratni rostlash tizimlarida, issiqlikdan himoyalanishda,
yong‘indan saqlanishda qo`llaniladi.
5.2. Yarim o`tkazgichli diodlar
Yarim o`tkazgichli diodlar deb, bitta p-n o`tishga va ikkita chiqishiga ega
bo`lgan yarim o`tkazgichli asbobga aytiladi. Barcha yarim o`tkazgichli diodlar
ikkita sinfga bo`linadi: nuqtali va yassi diodlar.
Nuqtali diodda germaniy yoki kremniyning plastinkali elektr o`tkazuvchanligi
qo`llaniladi. Uning qalinligi 0,1-0,6
mm
va yuzasi esa 0,5-1,5
mm
2
gacha bo`ladi.
Nuqtali diod yuqori chastotali toklarni to`g‘rilashda qo`llaniladi. Boshqa
hamma sohada nuqtali diodlar o`rniga yassi diodlar ishlatiladi, chunki bularning
konstruksiyasi mustahkam, ko`rsatgichlari yuqori, ishlashi ishonchli. Bu diodlarda
o`tkazuvchanligi turlicha bo`lgan yarim o`tkazgichlardan
p-n
o`tish hosil qilinadi.
Yassi diodlarning o`tish maydoni yarim o`tkazgichlarning turiga qarab 0,01
mkm
2
dan (mikroyuzali yassi diodlar) 10
sm
2
gacha (kuch diodlari) bo`ladi.
Nuqtali diodning har xil haroratlardagi Volt-Amper tavsifnomasi (VAT)
quyida keltirilgan:
5
.3-rasm. Yarim o`tkazgichli diodlarning tavsifnomalari
44
Nuqtali diodlarning konstruksiyasi unchalik ishonchli emas, elektr kontakti
ingichka prujina bo`lib uning bosimi katta bo`la olmaydi.
Yassi diodlar elektr tavsifnomalari orqali aniqlanadi. Diodlarni qo`llanishiga
qarab p-n o`tishning kerakli tavsifnomalari qo`llaniladi. Quyidagi yassi diodlarni
tafsifnomalarini ko`rib o`tamiz.
To`g‘rilagichli yarim o`tkazgichli diodlar – o`zgaruvchan tokni to`g‘rilash
uchun qo`llaniladigan diodlarga aytiladi.
Diodlarning klassifikatsiyasi va shartli belgilari quyida keltirilgan:
5.4-rasm. Yarim o`tkazgichli diodlarning turlari va shartli belgilanishi
Yuqori chastotali va impuls zanjirlarida ishlatiladigan kichik quvvatli
to`g‘rilagich diodlarini tuzilishi (konstruksiyasi) nuqtali diodlarning tuzilishiga
o`xshab ketadi. O`tish maydoning kattaligi sababli diodning to`g‘ri toki 1-1000
ampergacha bo`lishi mumkin. Umuman diodga 1V dan katta bo`lmagan to`g‘ri
kuchlanish beriladi, bunda yarim o`tkazgichli diodning tok zichligi 1-
10A/mm
2
gacha ortib ketadi va yarim o`tkazgichli diodlarda harorat ortib ketishi kuzatiladi.
Ish qobiliyatini saqlab turish uchun germaniyli diodning harorati 85
0
S dan,
kremniyli diodlarniki esa 150
0
C dan oshmasligi kerak.
To`g’rilagichli diodlarning asosiy kattaliklari:
1.
Diodni maksimal ruxsat etilgan teskari kuchlanishi. Diodni uzoq vaqt
davomida ish qobiliyati buzilmasdan chiday oladigan teskari kuchlanish qiymati
45
(10 – 1000 V).
2.
Diodning o`rtacha to`g‘rilangan toki I
o`rtacha
to`g‘rilangan dioddan oqib
o`tuvchi to`g‘rilangan doimiy tokning biror davridagi o`rtacha qiymati (100 mA-10
A).
3.
Diodning impuls to`g‘ri toki I
to`g‘.im
– tok impulsining eng yuqori qiymati.
4.
Diodning o`rtacha teskari toki I
o`rt.tes.
– teskari tokning biror davridagi
o`rtacha qiymati (0,1 mkA – 5 mA).
5.
To`g‘ri tokning berilgan o`rtacha qiymatidagi diodning o`rtacha to`g‘ri
kuchlanishi U
o`r.to`g‘.
(0,1 V).
Katta quvvatli diodlarni to`g‘ri tok bilan qizishini oldini olish maqsadida
ularni sovo`tish uchun maxsus choralar ko`riladi: diodlarni radiatorlarga montaj
qilish, havo bilan sovutish va boshqalar.
Agar diodga bir necha 10 V to`g‘ri kuchlanish berilsa, juda katta to`g‘ri tok
hosil bo`ladi va diod bir necha sekundlar ichida 800-1000
0
S gacha qizib ketishi
mumkin. Lekin ana shunday kuchlanishni juda qisqa vaqtga berilsa diod qizib
ulgurmaydi va ishdan chiqmaydi. Qoida bo`yicha yarim o`tkazgich diodlarga tok
bo`yicha 50-100 marotaba ketgan ortiqcha yuklamani 0,1 sekundgacha berish
mumkin.
5.1-jadval
To`g‘rilagich diodlarning kattalik qiymatlari
Diod turi
Kattaliklari
Maksimal
ruxsat etilgan
to`g‘ri tok
I
to`g‘ max
, A
Maksimal ruxsat
etilgan teskari
kuchlanish, U
tes.max
,
V
I
tes. ,
mkA
Elektrodlar
orasidagi
sig‘im, pF
Nuqtali diod
0,01-0,1
25-150
0,1-100
0,5-1,0
Kichik quvvatli
tug‘rilagichli diod
0,1-1,0
200-1000
10-200
100-10000
Quvvatli
to`g‘rilagich
1-2000
200-4000
1000-
5000
–
Impulsli diod
0,01-0,5
10-100
0,1-50
1,0-20
Diodga teskari kuchlanish berilsa,
p-n
o`tishdan asosiy bo`lmagan zaryad
tashuvchilar harakatlanishidan kichik qiymatdagi teskari tok hosil bo`ladi. Demak
46
o`tishning harakati oshsa, asosiy bo`lmagan zaryad tashuvchilar soni ko`payadi va
diodning teskari toki ortadi. Diodga katta teskari kuchlanish berilsa
p-n
o`tishni
ko`chqili teshilishiga va teskari tokini keskin ortib ketishiga olib keladi, bu esa
diodning qizishiga, agar tok yana oshaversa, issiqlikdan teshilishiga olib keladi,
p-
n
o`tishning buzilishi mumkin. Ko`pchilik diodlar 0,7-0,8 teshilish kuchlanish
qiymatlaridan oshmagan teskari kuchlanishda mustahkam ishlashi mumkin. Bu
qiymatdan qisqa vaqtga oshishi ham
p-n
o`tishning teshilishiga olib keladi va
diodni ishdan chiqishiga olib keladi.
5.5-rasm. O`rta quvvatli yarim o`tkazgich diodning VATi.
Yarim o`tkazgichli stabilitron – diodni teskari ulaganda uning kuchlanishi
tokning oshishiga juda kam bog‘liq bo`lish qismidan foydalanib, kuchlanishni
stabillashtirishda qo`llangan yarim o`tkazgichga aytiladi. U tayanch diod ham deb
ataladi. Stabilitronning VATsi 5.6- rasmda keltirilgan.
Asosiy kattaliklari: Stabillash qismidagi kuchlanish U
st
; stabillash qismidagi
dinamik qarshilik R
g
=dU
st
/dI
st
; minimal stabillash toki I
st.min
; maksimal stabillash
toki I
st.max
; stabillash qismidagi kuchlanishning harorat koeffitsiyenti
100
dT
dU
ТКИ
ст
( 5.1)
Zamonaviy stabilitronlarning stabillash kuchlanishi 1-1000 V oralig‘ida yotadi
va
p-n
o`tishning yopuvchi qatlamining qalinligiga bog‘liqdir.
Ом
R
мА
I
мА
I
д
мах
ст
ст
200
5
,
0
,
2000
50
,
10
1
47
5.6-rasm. Stabilitronning VAT
Doimiy kuchlanshni stabillashishi diodni to`g‘ri yo`nalishda ulash yordamida
olish mumkin. Bu maqsadda qo`llaniladigan kremniyli diodlar stabilitron deb
ataladi. Stabilitronlarni tayyorlashda kuchli legirlangan kremniy qo`llaniladi,
sababi to`g‘ri ulanganda kamroq dinamik qarshilik hosil qilinishi kerak.
Stabilitronlarni ketma-ket ulash mumkin, bunda stabillashtirish umumiy
kuchlanishi stabilitronlar kuchlanishlar yigindisiga teng.
U
st
= U
st1
+ U
st2
+ U
st3
+ … + U
st.n
(4.3)
Stabilitronlarni parallel ulashga ruxsat etilmaydi, chunki barcha parallel
ulangan stabilitronlardan faqatgina bitta eng kichik stabillash kuchlanishiga ega
bo`lgan stabilitronda tok mavjud bo`ladi. Hozirgi paytda qiyidagi stabilitronlardan
foydalanilmoqda: KD214A, GD412A, 2D504A, KV104A.
|