37
4-bob
.
Mantiqiy elementlar
Xalq xo`jaligining hamma tarmoqlarida mehnat
unumdorligi bilan mos
ravishda avtomatlashtirish darajasining o`sishi elektr qurilmalari sxemalarining
murakkablashuviga olib keladi. Bu sxemalardagi asosiy boshqaruvchi qurilma rele
hisoblanadi.
U qoidaga binoan, elektr signallarining ko`payishi, kuchayishi va
bloklash uchun xizmat qiladi. Relelar ishining ishonchligi esa yuqori emas.
Relening qo`zg`aluvchan
elementlari yeyiladi, tebranishdan vintli birikmalarning
mexanik mustahkamligi buziladi, kontaktlar kuyadi va hokazo. Shuningdek, tashqi
omillar, ya‘ni haroratning ko`tarilishi, chang, agressiv muhit ta‘siri
metall
narsalarning oksidlanishiga, elektr ulanishning buzilishiga
olib keladi va u
ishlayetganda shovqin va tebranishlar tarqatadi. Ular katta hajmga va inersionlikka
ega. Zamonaviy elektronikada rele qurilmalari o`rniga ularning vazifasini to`la
bajara oladigan kontaktsiz elementlar qo`llanilmoqda. Mantiq algebrasi fikrlar
orasidagi turli mantiqiy bog`lanishlarni o`rganadi va faqat ikkita qiymat haqiqiy ―
I ‖ va soxta ― 0 ‖ bilan ish ko`radi. Mantiq algebrasida
uchta asosiy mantiqiy
funksiya bor: mantiqiy ko`paytiruv, ya‘ni kon‘yunksiya ―VA‖, mantiqiy qo`shuv,
ya‘ni diz‘yunksiya ―YoKI‖, mantiqiy inkor ―YO`Q‖.