241
yoʼl qoʼyib boʼlmaydi. Demak, εh≤Th shartni bajarilishini taʼminlaydigan choralarni
koʼrish zarur. Buning uchun birinchi navbatda konstruktor oldiga “h” oʼlcham
aniqligini kamaytirish masalasini qoʼyish mumkin, yaʼni Th qoʼyimni 0,12
qiymatgacha kengaytirishni. U holda T∑ = εh = (0,054 + 0,06)≤Th boʼladi.
Ikkinchidan, tugallovchi (yakuniy) ishlov berish sifatida
yupqa frezalash yoki toza
jilvirlash operatsiyasini qoʼllash mumkin. Ushbu jarayonlarning iqtisodiy aniqligi
yuqori va ularning yakunida TA
2
=0,025 mm (GOST 2110–72).
Shunda ishlov
berish aniqligi T∑ = (0,054 + 0,025) = 0,079 mm.ga teng boʼladi. T∑≤Th shartga
rioya qilingan boʼladi.
Uchinchidan, A = 85h8 tuzuvchi oʼlcham А va B yuzalarni koʼrib chiqilayotgan
operatsiyagacha ishlov berish natijasida olingan.
Аgar keyingi ishlov berish
operatsiyasi bitta kvalitetga aniqroq bajarilsa, u holda oʼlchamning joizligi 85h7