233
oshirilgan aniqlikdagi – P;
yuqori aniqlikdagi – V
V- juda yuqori aniqlikdagi – A klasslarga boʻlinadi.
P, V va A klass stanoklarida ishlov berilganda norma aniqlikdagi stanoklarda
xosil qilinadigan chetlashishlar (belgilangan oʻlchamdan chetlashishlar) ning mos
xolda 0,6 , 0,4 va 0,25 qismiga teng chetlashishlarni taʼminlaydi. Odatda
stanoklarning aniqlik normalarini (meʼyorlarini)
tekshirishda quyidagilar
aniqlanadi: - zagatovkalar va asboblar oʻrnatiladigan baza yuzalar geometrik
shakllarining va nisbiy holatlarining aniqligi;
- dastgohning zagotovka asbob oʻrnatilgan ish organlarining bir-biriga va
zaminlovchi yuzalarga nisbatan yunaltirgichlar
buylab aniq xarakatlanishi,
trayektoriyasi va siljish miqdori;
- shpindelning aylanish aniqligi va uning aylanish oʻqining aniq joylashishi;
- namunaning ishlov berib qurilgan yuzalarining aniqligi va gʻadir –
budurligi. RDB – stanoklarida qoʻshimcha ravishda quyidagilar tekshiriladi: - ish
organlarini pozitsiyalariga chiziqli siljitib oʻrnatish aniqligi;
- sezmaslik zonasining qiymati, yaʼni xarakat yunalishini almashtirishda ish
organlarining kechikib siljishi;
- ish organlarining dastlabki xolatiga qaytish aniqligi;
- ish organlarining belgilangan nuqtaga oʻrnashish aniqligi barqarorligi; -
aloxida
impulslarini bajarish aniqligi;
- doiraviy interpolyatsiya rejimida dasturni bajarish aniqligi;
- asboblar avtomatik almashtirilgach, ularning barqaror holatda boʻlishi.
P va V aniqlik klassidagi RDB stanoklar ish organlarini pozitsiyalariga
chiziqli siljitib oʻrnatish aniqligi meʼyorlari 21.1 – jadvalda ifodalangan.
21.1-jadvalda bdi, bsh va bzi – chiziqli siljitib pozitsiyaga oʻrnatish aniqligi
(joiz chetlashishi), pozitsiyaga oʻrnashishning barqarorlikdan
joiz chetlashishi va
sezmaslik zonasining belgilangandan joiz chetlashishi. Joiz chetlashishlar qiymati X
234
va U uqlari boʻyicha berilgan. Z oʻqi uchun joiz chetlashishlar qiymati X va U uqlari
uchun berilgan qiymatlarga nisbatan 1,6-marta kattalashtiriladi. Boshqarish
sistemasining aniqligi. RDBQ ning interpolyatori ishlov berish jarayoniga maʼlum
xatolik kiritiladi. Bu qurilma dasturlangan nuqtaning xarakat-trayektoriyasini
xisoblaydi va stanokdagi surishlar yuritmasini boshqaruvchi oʻzaro bogʻlangan
signallarni beradi. Interpolyator odatdan konturli boshqaradigan RDBQ da boʻladi.
RDB stanoklarda chiziqli va chiziq doiraviy interpolyatorlar ishlatiladi. Chiziqli
interpolyator boshqaruvchi dasturning bir kadrida: - ish organlari ikki –uchta
koordinatalar buylab
umumiy chiziqli siljishi; stolning aylanma xarakati va ish
organining tekis toʻgʻri chiziqli xarakati bilan bir vaqtda Arximed spirali yoki
vintsimon chiziq boʻylab siljishni taʼminlaydi. Doiraviy interpolyator bir kadrda
koordinata oʻqlarining istalgan tekisligida doira boʻlagini oʻtishga imkon beradi.
RDB stanoklarda ish organlarining siljish qadami 0,001-0,002 mm boʻlib,
interpolyatsiyalardagi xatolik yuzalarining aniqligiga deyarli taʼsir koʻrsatmaydi. Bu
bilan bir vaqtda interpolyatsiyalashdagi xatolik ishlov berilgan yuzaning gʻadir-
budurlik darajasiga jiddiy taʼsir etadi. Interpolyatsiyalash rejimida ish organlaridan
TBD gacha boʻlgan kinematik zanjirlarning davriy takrorlanuvchi xatoliklari ishlov
berish aniqligiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Chiziqli TBD dan foydalanishda xatoliklar
boʻlmaydi. Bu xolda interpolyatsiyalash rejimida
TBD ning tayyorlanishidagi
xatoligi ishlov berish aniqligiga taʼsir etadi. Murakkab konturga ishlov berishda
egri chiziqlarni toʻgʻri chiziq boʻlaklari bilan yoki doira yoylari bilan almashtirishga
toʻgʻri keladi. Natijada aproksimotsiyalashdagi xatolik paydo boʻladi.
Aproksimatsiyalash (bir chiziqni ikkinchi xil chiziq bilan ifodalash) dagi xatolik
miqdori aproksimatsiyalanadigan egri chiziqning nechta boʻlakka ajratilganligiga
bogliq. Boʻlaklar soni qancha koʻp boʻlsa, aproksimatsiyalashdagi xatolik shuncha
kam boʻladi. Lekin bu dasturlashdagi mexnat sarfini oshirib yuboradi.