239
6-15 rasm. Qirquvchi asbobning holatini diagnostika qilish qurilmalari
a-elektromexanik datchik
1-zagotovka; 2-asbob; 3-shup,4-richad; 5-elektr kontaktli datchik; 6-dastgoh; b-ko;p
maqsadli frezerlik-yo’nish dastgohidagi asbobni nazorat qilish –o’lchash kallagi: 1-
stol; 2-o;lchash kallagi; 3-asbob; 4-dastgoh
shpindeli; v-tok kuchini o’lchash
sxemasi; g-o’ bo;icha yuklanishlarni o’lchash datchigi: 1-vtulka; 2-tenzometrik
elementlar; 3-korpus.
16.1. Chizigʼiy texnologik oʼlchamlar zanjirini hisoblash.
Misol: Sozlangan gorizontal-frezerlik dastgohida chizmada koʼrsatilgan
yuzaga
yakuniy ishlov berilmoqda. Ishlov berish yakunida quyidagi
muvofiqlashtiruvchi
oʼlchamga rioya qilish talab etiladi: h =(70 ±0,05) mm. Oʼlchamning qoʼyimi
(joizligi) h = 0,1 mm.
Soʼralmoqda: ishlov berishda berilgan oʼlcham aniqligi taʼminlanadimi yoki
yoʼqmi?
240
Rasm. Texnologik oʼlcham zanjiri.
Yechish.
Misolning shartidan va operatsion eskizdan koʼrinib
turibdiki,
texnologik baza
sifatida xomashyoning pastki А-tekisligi qabul qilingan. “h” oʼlchamni
nazorat
qilish uchun konstruktorlik va texnologik baza boʼlib ustki “B”
tekislik xizmat
qiladi. Bazalar bir-biriga mos tushmaganligi sababli konstruktor oʼlchamini
texnologik oʼlchamga qaytadan hisoblash zarurati tugʼildi. “h” oʼlchamni bajarish
uchun mumkin boʼlgan xatolikni hisoblash va uni ushbu oʼlchamga qoʼyilgan “Th”
joizlik bilan taqqoslash zarur hamda ushbu holda quyidagi
shartga rioya qilinishi
shart:
ε