8
Releyli elektron qurilmalar
(REQ) birlamchi analog signalni
zinasimon funksiyaga
oʻzgartiradi. Bunda
har bir zinaning balandligi,
oldindan berilgan ma’lum
h
kattalikka proporsional
boʻladi (1.1-a
rasm). REQlarda impulsli modulatorlar
boʻlmaganligi sababli, bunday
qurilmalar IEQlarga nisbatan soddaligi bilan ajralib turadi. REQlar
yuqori
tezkorlikka ega
boʻlib, asosan axborotni emas, balki quvvatni
oʻzgartirishda qoʻllaniladi. Bunday REQlarda
katta toklar kuchaytirgani
sababli
kuch elektronikasi
deb ataladi.
Raqamli elektron qurilmalar
(REQ)da birlamchi analog signal
ham vaqt
boʻyicha, ham kattaligi boʻyicha kvantlanadi. Kvantlanish
natijasida
signal yuqorida aytib
oʻtilgan parametrlarning biri boʻyicha
bir-biridan farq qiladigan impulslar ketma-ketligi
koʻrinishida
ifodalanadi.
Demak, ixtiyoriy kvantlangan signal bir necha elementar signal-
lardan tuzilgan shartli kombinatsiyalar
koʻrinishida (masalan, Morze
kodidagi nuqta, tire va pauza) ifodalanishi mumkin ekan. Kvantlangan
signalning
bunday ifodalanishi
kodlash
deb ataladi. Kodlash turli
ma’lumotlar (harflar, tovushlar, ranglar, komandalar va boshqalar)ni
ma’lum standart shaklda, masalan, ikkilik simvollari
koʻrinishida
ifodalash imkonini beradi.
Real qiymatlarga mos keluvchi fizik kattaliklarni – kodlarni
shakllantirish,
oʻzgartirish
va uzatish uchun