funksional elektronika rivojlanmoqda. Elektronikaning bu yo
ʻnalishi
an’anaviy elementlar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar va kondensator-
lar)dan voz kechish va qattiq jismdagi turli fizik hodisa (optik, magnit,
akustik va h.k.)lardan foydalanish bilan
bogʻliq. Funkisonal elektronika
asboblariga akustoelektron, magnitoelektron, kriogen asboblar va
boshqalar kiradi.
5
I BOB RAQAMLI MANTIQIY QURILMALARNI LOYIHALASHTIRISH 1.1. Umumiy ma’lumotlar Elektron qurilmalar, jumladan, komputerlarda qayta ishlanayotgan
ma’lumotlar, natijalar va boshqa axborotlar
koʻp hollarda elektr signallar
koʻrinishida ifodalanadi.
Axborot (fizik kattaliklar) ni ikki usulda ifodalash mumkin: analog
(uzluksiz) va raqamli (diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik,
unga proporsional
boʻlgan
bir signal koʻrinishida , ikkinchi usulda esa,
har biri berilgan kattalikning bitta raqamiga mos keluvchi
bir nechta signallar ketma-ketligi koʻrinishida ifodalanadi.
Analog
koʻrinishdagi signallarni qabul qilish, oʻzgartirish va
uzatish uchun m
oʻljallangan elektron qurilmalar,
analog elektron qurilmalar (AEQ) deb ataladi. Signalning nazariy tomondan shaklla-
nishi va uzatilishi mumkin qadar aniqlik va tezkorlik bilan amalga
oshiriladi. AEQlar nisbatan sodda tuzilganiga qaramasdan, signalni
ixtiyoriy funksional
oʻzgartirishga qodirdir.
AEQlar quyidagi kamchiliklarga ega:
– xalaqitbardoshlikning kichikligi. Bunda signalga turli shovqinlar
qoʻshilishi, yoki temperatura va boshqa omillar ta’sirida qurilma
parametrlarining
oʻzgarishi natijasida signal boshligʻich koʻrinishidan
farqlanadi;
– uzoq masofalarga uzatilganda signalning kuchli buzilishi;
– axborotlarni uzoq muddat saqlashning murakkabligi;
– FIK qiymatining kichikligi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda kichik vaqt oraliqlarida katta
hajmdagi axborotlarni saqlash va qayta ishlash talab qilinganda
AEQlardan foydalaniladi. Bunda AEQda axborot differensial tengla-
malar tizimi bilan ifodalanishini alohida ta’kidlab
oʻtish joiz.
Hozirgi kunda axborotlarni raqamli usullarda qayta ishlash muhim
oʻrin egallamoqda. Buning uchun analog koʻrinishdagi birlamchi
axborot ustida ikkita muhim amal bajariladi: kvantlash va kodlash.
6
Uzluksiz signal
x (
t )ni ma’lum nuqtalardagi qiymatlari bilan
almashtirishga
kvantlash deyiladi. Kvantlash vaqt yoki sathlar
boʻyicha
amalga oshirilishi mumkin. Kvantlash natijasida elektron qurilmadagi
analog
koʻrinishdagi birlamchi signal turli shakldagi elektr