13
Yarim o
ʻtkazgichli IMS monokristalida kondensatorlar hosil qilish
uchun p-n o
ʻtishlar sigʻimidan foydalaniladi. Ammo bunday
kondensatorlar sig
ʻimlari cheklangan diapazonga (20 – 200 pF), past
temperatura barqarorlikka (10
-3
1/
0
C) va parametrlarning texnologik
tarqoqligiga (yo30 %) ega.
IMSlarning yupqa pardali kondensatori (1.5-rasm) bundan
yuqoriroq xossalarga ega: sig
ʻimlari diapazoni 1 dan 10000
pF gacha
bo
ʻlgan oraliqda yotadi, temperatura barqarorligi
±
2,10
-4
1/
0
S ni tashkil
etadi, parametrlarning texnologik tarqoqligi
±
10 % ga teng. Bunday
kondensatorlar dielektrik ko
ʻrinishdagi uch qatlamli strukturadan va
unga purkash yo
ʻli bilan kichik omli metall qoplangan ikkita yupqa
pardali qoplamadan iborat.
1.5-rasm.
Yupqa pardali kondensatorlar:
1,3 – yuqori
va pastki qoplamalar; 2 – dielektrik; 4 – asos.
Qoplamalar sifatida ko
ʻpincha alyuminiy ishlatiladi. Chunki
boshqa metallar (masalan, oltin)ga nisbatan uning atomlari sustroq
harakatlanadi. Bu xol metallning yupqa dielektrik qatlami orqali
diffuziyasi yuz beruvchi qoplamalar orasidagi qisqa tutashuvlar sonini
kamaytiradi. Bundan
tashqari, alyuminiy nisbatan texnologiyabop va
arzondir.
Yupqa pardali kondensatorning dielektrigi sifatida olinadigan
materialning elektrga nisbatan chidamliligi yuqori
va sarfi kam bo
ʻlishi
kerak. Bundan tashqari u yuqori adgeziya va iloji boricha katta
dielektrik singdiruvchanlikka ega bo
ʻlishi lozim.