|
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiBog'liq elektronikaKirish va chiqish
boʻyicha 0 va 1 signal sathlarining mosligi.
Faqat bu shart bajarilganda zanjirning ishga layoqatligi sathlarni mos-
lashtirish uchun maxsus elementlar
qoʻllanmasdan amalga oshirilishi
mumkin.
2.
Kirish va chiqish
boʻyicha yetarli yuklama qobiliyati.
Bu shart,
ME signallarni bir necha kirishlardan olganda va bir vaqtning
oʻzida bir
necha MElarni boshqarishida lozim
boʻladi. MEning yuklama qobiliyati
odatda, chiqish
boʻyicha tarmoqlanish koeffitsiyenti
K
TARM
va kirish
boʻyicha birlashish koeffitsiyenti
K
BIRL
bilan ifodalanadi.
K
BIRL
ME
kirishiga ulanishi mumkin
boʻlgan bir turdagi MElar soniga,
K
TARM
esa
element chiqishiga ulanishi mumkin
boʻlgan bir turdagi MElar soniga
teng. Bu vaqtda signal shakli va amplitudasi ME bexato ishini kafo-
latlashi kerak.
3.
Signalni shakllantirish (kvantlash) qobiliyati.
RIS ishlashi
uchun, signal har bir MEdan
oʻtganda standart (asimptotik) amplituda va
davomiylikka ega
boʻlishi lozim.
4.
Xalaqitbardoshlik.
Xalaqitbardoshlik deganda MEning xalaqit-
larga ta’sirchan emasligi tushuniladi. Bu vaqtda xalaqitlar ma’lum belgi-
langan darajadan ortmasligi kerak. Aks holda ME bir holatdan ikkin-
chisiga
yolgʻon asosda oʻtishi mumkin.
MEni parametrlari va shakllantirish xossalari ularning statik va
dinamik xarakteristikalaridan aniqlanadi.
MEning asosiy statik xarakteristikasi
boʻlib chiqish kuchlanishi-
ning kirish kuchlanishiga
bogʻliqligi hisoblanadi. Bu xarakteristika
am-
plituda uzatish xarakteristikasi
(AUX) deb ataladi. AUX
koʻrinishi
MEda
qoʻllanilgan elektron kalit turiga bogʻliq boʻladi. Kichik qirish
signallariga yuqori chiqish signallari mos keladigan element,
|
| |