28
Katta quvvatli MDYA – tranzistor qayta ulovchi sxemalarda keng
qo
ʻllaniladi. Boshqaruvchi elektrodi metall – yarimoʻtkazgich oʻtishdan
tashkil topgan arsenid galliy asosida tayyorlangan tranzistorlar o
ʻta tez
ishlovchi raqamli IMSlarni va O
ʻYUCHli
qurilmalarni yaratish uchun
ishlatiladi. Kremniy asosidagi
p–n
o
ʻtish bilan boshqariluvchi MTlar
past chastotali diskret elektron asbob sifatida qo
ʻllaniladi.
1.3. Yuzaga montaj qilish texnologiyasi uchun elementlar
Turli maqsadlarga xizmat
qiluvchi zamonaviy elektron
qurilmalarda yuzaga montaj qilish uchun
Surface Mounting Details
(SMD) komponentalar qo
ʻllaniladi.
Bu texnologiya qator afzalliklarga ega bo
ʻlib:
- mahsulotlarni
avtomatik usulda yig
ʻish, yigʻmalarning yuqori
sifa
tliligini va ishonchliligini taʼminlaydi;
- yuqori texnologiyalikni;
- yig
ʻish jarayoniga ketadigan vaqtni kamaytirish imkonini beradi.
SMD texnologiyasi tufayli bosma platalar o
ʻlchamlari va mos
ravishda ularni tayyorlash narhi 1,5-3 marta kamaydi. Bu SMD
komponentalar narhining pastligi bilan birgalikda mahsulot tannarhining
arzonlashuviga olib keldi. Ishlab chiqaruvchilarda montajning
boshqa
usullari bilan o
ʻrnatilishi murakkab boʻlgan ixtiyoriy kelishilgan
o
ʻlchamlardagi (eng kichik oʻlchamlar bilan birgalikda kichik
qadamlarni eʼtiborga olgan holda) komponentlardan foydalanish
imkoniyati paydo bo
ʻldi. Qutbli elementlarni notoʻgʻri oʻrnatilishi va
yanglish nominaldagi komponentalar o
ʻrnatilishi bilan bogʻliq muammo
mutlaqo yo
ʻqoldi. Texnologik jarayonning moslashtiriluvchanligi va
ishlab chiqarish liniyasini boshqa mahsulot
ishlab chiqarishga qayta
qurish tezligining kattaligi, xatto kam miqdordagi platalarni liniyalarda
yig
ʻishni maqsadga muvofiq qilib qoʻydi.
SMD – komponentalar bosma platalar yo
ʻlakchalariga toʻgʻridan –
toʻgʻri kavsharlanadi (1.24-rasm).
Ko
ʻp platalarada elementlarnig pozitsiyalar boʻyicha belgilar
mavjud. Belgilar harf va qurilma yoki funktsional blok sxemasida
elementning shartli raqamini anglatuvchi
bir necha raqamdan iborat
bo
ʻladi: Q – harfi bilan odatda, analog tranzistorlar, D – harfi bilan kalit
tranzistorlar va diodlar, Z yoki ZD – stabilitronlar, R –
rezistorlar,
C - kondensatorlar, L – induktivliklar (ilovada keltirilgan).
29
1.24-rasm.
Yuzaga montaj qilish texnologiyasida tayyorlangan
bosma plata.
SMD - komponentlari o
ʻlchamlari ularning korpuslari standart
markalar yozilishi uchun juda kichiklik qiladi. Shuning
uchun bunday
komponentlarni markalash uchun maxsus tizim mavjud: asbob
korpusiga ikki yoki uch simvoldan iborat kod yoziladi (ilovada
keltirilgan).