|
Mikroprotsessorli tizimlar, ularning arxitekturasi Pdf ko'rish
|
bet | 174/258 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 6,22 Mb. | | #239912 |
Bog'liq elektronika9.3. Mikroprotsessorli tizimlar, ularning arxitekturasi,
asosiy tugunlari va bloklari
Mikroprotsessorli tizim
(MP-tizim) deb odatda, mikroprotsessorli
vositalar asosida tuzilgan ma’lumotli yoki boshqaruv tizimiga aytiladi.
Mikroprotsessorli vositalar
– boshqaruv
signallariga bogʻliq
ravishda turli amallarni bajaruvchi, cheklangan nomenklaturaga ega
boʻlgan KISlar majmuasi. Mikroprotsessorli vositalar turkumiga
kiruvchi barcha KISlarni, bu esa MP, operativ va doimiy xotira, kirish-
chiqishni boshqarish mikrosxemalari, takt signallari generatori va
boshqalarni, kuchlanish manbai qiymati, signallar va ma’lumotni
ifodalash turlari boʻyicha muvofiqlashtirish mumkin. Mikroprotsessorli
vositalar majmuiga ega
boʻlib, turli murakkablikdagi raqamli
apparaturlarni tuzish mumkin.
Ularni apparaturaga oʻrnatish, hizmat koʻrsatish va dasturlash
hozirgi kunda malakaga ega boʻlmagan, ya’ni mazkur darslikni
oʻrganayotganlar zimmasiga yuklatiladi. Shuning uchun, ular hozirgi
yoki kelajdakdagi faoliyatdan kelib chiqqan holda shunday texnik
q
urilmalarni yaratish bilan shugʻullanishi mumkin.
Mikroprotsessorli vositalarni
mantiqiy tashkil etilishi
yoki
arxitekturasi
a) universal qoʻllanishga; b) yuqori samaradorlikga;
c
) texnologiklikka erishishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Mikroprotsessorli vositalarning
universalligi
ularni turlicha
qoʻllanilishi imkoni bilan va MPni dasturiy boshqarish, tuzilishining
magistral-modulli prinsipi hamda maxsus apparatli-mantiqiy vositalar:
-
oʻta operativ registrli xotira;
-
koʻp bosqichli uzilish tizimi;
-
xotiraga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat;
- kirish-chiqish boshqaruvini dasturiy-sozlash sxemalari va bosh-
qalar bilan aniqlanadi.
MPning nisbatan yuqori samaradorligiga ularni tuzishda tezkorligi
yuqori boʻlgan KIS va OʻKISlarni qoʻllash yaʼni:
- stekli xotira;
- adreslashning turlicha usullari;
- komandalarning egiluvchan tizimi va ularning formatlari;
- adreslanuvchi xotiraning razryadligi va hajmi;
- registrlar tuzilmasi va ularning funksiyasi va boshqa maxsus
arxitektura yechimlari hisobiga erishiladi.
265
Mikroprotsessorli vositalarning
|
| |