• Akkumulyator
  • Uzatish registri
  • Adres registri
  • O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi




    Download 6,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet170/258
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,22 Mb.
    #239912
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   258
    Bog'liq
    elektronika

    Saqlash registrlari
    ma’lumotlar, komandalar, adreslar va oraliq 
    natijalarni bevosita protsessorda saqlash uchun hizmat qiladi. 
    Protsessor va AMQlarning saqlash registrlarini ko
    ʻrib chiqamiz. 
    Ma’lumotlar registri
    (MR). U ma’lumotlarni xotira va protsessor 
    orasida almashinishida 16-razryadli so
    ʻzlarni vaqtincha saqlash uchun 
    qo
    ʻllaniladi. Komanda, son yoki simvolni xotiradan protsessorga oʻqish 
    jarayonida bu so
    ʻz avval ma’lumotlar registriga kelib tushadi, soʻngra 
    yoki komanda registriga, yoki protsessorning boshqa registrlariga 
    uzatiladi. Ma’lumotlar protsessordan xotiraga qayta uzatilayotganda ular 
    avval MRga joylashtiriladi va so
    ʻngra xotiraning tegishli yacheykalariga 
    yoziladi. 
    Ma’lumot so
    ʻzi MRda joylashgan vaqtda, u arifmetik va mantiqiy 
    amallar bajarish uchun qo
    ʻllanilishi mumkin. 
    Akkumulyator
    (A). A registri protsessorning asosiy elementlaridan 
    biri hisoblanadi. Mashina bir vaqtning o
    ʻzida faqat ikki operandlar 
    ustidan arifmetik va mantiqiy amallar bajarishi mumkin. Odatda,, 
    birinchi operand xotiradan MRga uzatiladi, bu vaqtda ikkinchi operand 
    Ada joylashadi. Komanda yordamida berilayotgan amal MR va A 
    ichidagi operandlar ustida bajariladi, va natija Aga joylashtiriladi, ya’ni 
    toʻplanib (akkumulyatsiyalanib) boradi. 
    Uzatish registri
    (
    S). Bu bir razryadli registr boʻlib, akkumulyator 
    toʻlib qolgan holda ma’lumotlarni saqlash uchun hizmat qiladi. U yana 
    siklik ravishda siljishlarni tashkil qilishda ham qo
    ʻllaniladi. 
    Komandalar registri
    (KR). Bu registr mashina tomonidan bevosita 
    amal bajarilish jarayonida amal kodini saqlab turadi. Komandaning amal 
    kodi KRdan boshqaruv qurilmasiga uzatiladi va deshifratsiyalanadi. 
    Soʻngra komandani amalga oshirish yuzasidan vazifalar bajariladi: 
    operandni oʻqish yoki komanda tomonidan belgilangan amalni bajarish. 
    Komanda soʻzining adres qismi adres registrida saqlanadi. 
    Adres registri
    (AR). U xotira yacheykasining bajarilish adresi 
    qiymatlarini saqlaydi. Agar mashina komandalar tanlovini amalga 


    261 
    oshirayotgan boʻlsa, u holda, komanda saqlanayotgan yacheyka adresini 
    koʻrsatish uchun komanda hisoblagichi (Kq)dagi ma’lumot ARga 
    uzatiladi. 

    Download 6,22 Mb.
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   258




    Download 6,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

    Download 6,22 Mb.
    Pdf ko'rish