O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi




Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/258
Sana17.05.2024
Hajmi6,22 Mb.
#239912
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   258
Bog'liq
elektronika

9.2-rasm.
Mikrodasturiy BQli MP tuzilma sxemasi. 
BQ quy
idagicha ishlaydi. Amal kodi boʻyicha mikrodasturlar 
XQsidan mikrodasturning mazkur amalni bajaruvchi birinchi MKsi 
tanlanadi va u soʻngra MKDShga uzatiladi. MKDSH MK kodini 
deshifratsiyalaydi va mos boshqaruv signallari ishlab chiharadi. Bu 
signallar MPning qayta ishlash qismiga kelib tushadi. BQsi MKning 
adres kodi boʻyicha navbatdagi MK adresini shakllantiradi va u XQsiga 
uzatiladi. Bu jarayon mazkur mikrodasturning barcha MKlari tanlanib 
va bajarib boʻlinmaguncha davom etadi. 


258 
BQning bunday tashkil 
etilishining afzalligi boʻlib MP 
komandalariga nisbatan universalligi hisoblanadi. Yangi amalni kiritish 
uchun XQdagi dasturni almashtirish kerak. Dasturlar ma’lumotlar 
saqlanadigan shu XQda yoki dasturning alohida XQsida joylashishi 
mumkin. Agar tizim u
niversal boʻlsa, u holda, navbatdagi dastur yoki 
uning bi
r qismi tashqi qurilmalardan qoʻshimcha qurilmalar orqali 
operativ XQ (OXQ)ga kiritiladi. Bu amal bajarilgach OXQga yangi 
dastur yuklanadi. Demak, MPning mikrodasturiy tashkil etilishining 
kamchiligi 
boʻlib, kichik tezkorlik hisoblanadi. Chunki har bir taktda 
tizim MP XQsiga murojaat qiladi. 
BQning tashkil etilishining 
apparat
prinsipi yoki aniq mantiq 
yordamida tashkil etili
shi cheklangan aniq algoritm boʻyicha ishlashi 
uchun qoʻllanadi. Barcha boshqaruv kirishlari maxsus mantiqiy 
sxemalarda bajarilgan alohida blokka keltiriladi. BQ elektr sxemasi 
shunday loyiqalashtiriladi-ki, faqat berilgan algoritmlarni bajarilishini 
ta’minlay-digan boshqaruv siganllari ketma-ketligi shakllanadi. Aniq 
mantiqli tizim maksimal tezkorlik va kam quvvat iste’moli bilan 
xarakterlanadi. Lekin bunday qurilmalarni operativ qayta qurish mumkin 
emas boʻlib, bu turdagi BQlarning kamchiligi hisoblanadi. 
MPlarda adres boʻyicha murojaat qiluvchi XQlar (UMR)dan 
tashqari xotira bloklari 
bilan ishlash imkoniyati ham koʻrib chiqilgan. 
Bu vaqtda xotira blo
kiga murojaat qilishda adres koʻrsatish talab 
etilmaydi va u 
stek
deb ataladi. Stek ishining prinsipi quyidagicha: 
«ohirgi boʻlib yozilgan - birinchi boʻlib oʻqiladi». Stek yordamida kam 
vaqt sarflab ichki registr holatlarini eslab qolish va tiklash amallari 
bajariladi. 
Yuqorida koʻrib oʻtilgan asosiy bloklardan tashkil topgan MP 
tuzilma sxemasi 9.3-rasmda keltirilgan. 
Turli MPlarda turlicha shinalar ishlatiladi. 
MP quyidagicha ishlayd
i. Odatga koʻra, amallarni bajarilish 
tartibini belgilovchi komanda kodlari (dastur) tashqi XQsida joylashadi. 
Shuning uchun komandani deshifratsiyalanish ketma-ketligidan kelib 
chiqqan holda komandalarni tanlash va amal kodini BQga uzatish kerak. 
MPda bu amallarni bajarish dastur hisoblagichi (DH), komanda registri 
(KR), adres shinasiga operandlar va DQdagi ma’lumotlarni uzatish 
sxemalari, tashqi ma’lumotlar shinasidan KRga ma’lumotlar va 
komandalarni qabul qilish sxemalari yordamida amalga oshiriladi. 


259 

Download 6,22 Mb.
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   258




Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish